Kontent qismiga oʻtish

As-Sariy ibn al-Hakam

Vikipediya, erkin ensiklopediya
As-Sariy ibn al-Hakam ibn Yusuf az-Zuttiy
السري بن الحكم الزطی
Misr noibi
Mansab davri
815 – 820
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi nomaʼlum
Vafoti 820-yil noyabr
Misr
Bolalari Abu Nasr ibn as-Sariy
Ubaydulloh ibn as-Sariy

As-Sariy ibn al-Hakam ibn Yusuf az-Zutti (arabcha: السري بن الحكم الزطی) (820-yil noyabrda vafot etgan; As-Sariy ibn al-Hakam al-Balxiy nomi bilan ham tanilgan) – Abbosiylar xalifaligining Misrnoibi sifatida ikki bor xizmat qilgan shaxs.

As-Sariy ibn al-Hakam zutt xalqidan boʻlgan[1][2]. Al-Kindiyning soʻzlariga koʻra, u dastlab Abbosiylar rejimining tayanchi boʻlgan Xurosoniy qoʻshinlarning abnaʼ al-davla deb atalmish muhim boʻlmagan aʼzosi boʻlgan. 799-yilda al-Lays ibn al-Fadl hamrohligida Misrga kelib, tez orada mahalliy abna' ichida nufuzli mavqega erishdi[3]. 9-asrning dastlabki yillari Misr notinch davrni boshdan kechirdi. Bu paytda Fustatning asl arab koʻchmanchilaridan iborat eski elitasi oʻz hokimiyatini abnaʼ va ularning raqiblari boʻlmish – Abdulaziz ibn al-Vazir al-Jaraviy atrofida birlashgan Shimoliy Misrdagi yaman qabilalarga boy bera boshladi. Al-Amin va al-Maʼmun oʻrtasidagi fuqarolar urushi tufayli Abbosiylar markaziy hokimiyati qulashi natijasida, Abdulaziz va as-Sariy oʻz guruhlari bilan viloyatni nazorat qilish uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. Bu kurash 813-yilga kelib Misrni ular oʻrtasida boʻlib tashladi: yamanliklar shimolni, as-Sariy esa Fustat va janubni egallab oldi[3].

Uning Misr noibi sifatidagi birinchi muddati qisqa boʻlib, 816-yil apreldan sentyabrgacha davom etdi. Biroq, 817-yil mart oyida bu lavozimga qayta tayinlandi va 820-yil noyabr oyidagi vafotigacha shu vazifada qoldi. Undan keyin oʻgʻillari viloyatning rasmiy noiblari boʻlishdi. Shimoliy qism Abdulazizning oʻgʻli Ali ibn Abdulaziz al-Jaraviy qoʻl ostida qoldi (Abdulaziz ham 820-yilda vafot etgan). Abbosiylarning 822-yilda Xolid ibn Yazid al-Shayboniyni yuborib, viloyat ustidan nazoratni qayta oʻrnatishga boʻlgan birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. As-Sariyning oʻgʻli Ubaydulloh 826-yil oʻrtalarigacha noib boʻlib turdi. Shundan soʻng Abdulloh ibn Tohir Misr noibi etib tayinlandi va u Abbosiylar hokimiyatini qayta tikladi[3].

Arabshunos Thierry Bianquisning soʻzlariga koʻra, as-Sariyning oʻgʻillari vorislik qilishi Misrda mustaqil sulola barpo etishga boʻlgan ilk urinishdan dalolat beradi. Bu esa keyinchalik yanada muvaffaqiyatli boʻlgan Tuluniylar va Ixshidiylar sulolalari paydo boʻlishidan darak beradi[4].

  1. Walker (1995).
  2. Beg, Muhammad Abdul Jabbar. Social Mobility in Islamic Civilization: The Classical Period (en). University of Malaya Press, 1981 — 71-bet. ISBN 978-96-79-99006-5. „However, the people of Zuṭṭ origin were not totally obscure in the social life. Some of them climbed in the social scale during the 'Abbāsid period in 'Iraq. For instance, "al-Sari b. al-Hakam b. Yusuf al-Zutti" was a governor of Egypt in 200–205 H./815–820 A.D.“ 
  3. 3,0 3,1 3,2 Kennedy (1998).
  4. Bianquis (1998).