Bruney
Bruney Dorussalam Negara Brunei Darussalam نڬارا بروني دارالسلام | |
---|---|
Shior: الدائمون المحسنون بالهدى Sentiasa membuat kebajikan dengan petunjuk Allah Hizmat hamisha Allohning yordami bilan | |
Madhiya: Allah Peliharakan Sultan | |
Poytaxt | Bandar-Seri-Begavan |
Rasmiy til(lar) | Malay, Ingliz |
Hukumat | Absolyut Rohiblik |
Ser Xassanal Bolkiax | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
1-yanvar 1984 |
Maydon | |
• Butun |
5 765 km2 (163-oʻrin) |
• Suv (%) |
8.6 |
Aholi | |
• 2011-yilgi roʻyxat |
401 890 (174-oʻrin) |
• Zichlik | 67,3/km2 |
YIM (XQT) | 2010-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$21,237 mil. (122-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$49,791 |
Pul birligi | Bruney dollari (BND) |
Vaqt mintaqasi | UTC+8 |
• Yoz (DST) |
UTC+8 |
Qisqartma | BX |
Telefon prefiksi | 673 |
Internet domeni | .bn |
|
Bruney, Bruney Dorussalom (نڬارا بروني دارالسلام, Brunei Darussalam) — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan orolining shimolda joylashgan. Maydoni 5,765 km2, aholisi 436,786 kishi (2011). Poytaxti —Bandar-Seri-Begavan shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Pul birligi — Bruney dollari.Sultonini esa 2000ga yaqin super car bor.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-yil 29-sentabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat toʻlatoʻkis uning qoʻlida. Sulton Bruney musulmonlarining diniy boshligʻi ham hisoblanadi. Sulton huzurida bir necha maslahat organlari bor. 1962-yildan buyen amal qilayotgan favqulodda holat sababli mamlakatni boshqarish faqat sulton dekretlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ijroiya hokimiyat ham sultonga va hukumatga qarashli. Sulton ayni vaqtda bosh vazir hamdir.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bruney hududining koʻp qismi tekislikdan iborat boʻlib, janubda uning balandligi 300 m gacha boradi. Bruneyning eng baland nuqtasi 1841 m boʻlib, u mamlakat sharqidagi Bukit Pagon togʻidir. Iqlimi — ekvatorial. Butun yil davomida havo harorati 26 °C atrofida. Yiliga 2000–4000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining 75 % dan koʻprogʻi doimiy yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, xil maxil daraxtlar oʻsadi. Hududining 20 % botqoqlik va butazorlardan iborat. Daryolari: Temburon, Belayt, Tutong va Bruney.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi asosan malayyalar (66,5 %), shuningdek indonez tillarida soʻzlashuvchi kedayan, dusun, melanav, iban kabi mahalliy guruhlardan, xitoylar, hindlardan iborat. Bir necha ming ingliz ham yashaydi. Aholining yarmidan koʻprogʻi — musulmonlar. Shaharlarda aholining 90 % yashaydi. Rasmiy tili — malayya va ingliz tili.
Ma'muriy hududiy bo'linishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bruney toʻrtta okrugka boʻlinadi, nomlanishi daera:
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bruney 14-asrda, chamasi, hozorgi Indoneziyada hukm surgan Majapaxit imperiyasiga tobe boʻlgan. 15-asrda Bruney hukmdori Alakber Tata ismli shaxs Muhammad nomini olib, Bruneyning birinchi sultoni boʻldi. 16-asrning 1-yarmida sultonlik gʻoyat ravnaq topdi, Kalimantanning butun shimoliy sohili va bir qancha qoʻshni orollarni buysundirdi. 1580-yilda Bruneyni ispan mustamlakachilari bosib oldi. Garchi ular haydab chiqarilgan boʻlsa ham, Bruney qudratiga putur yetgan va u faqat Shimoliy Kalimantannigina saqlab qolgan edi. 19-asr boshlarida Bruney qaroqchilarning eng yirik markazlaridan va qul savdosi bozorlaridan biri boʻlib qoldi. Biroq Angliya borabora Bruneyni oʻziga qaram qilib oldi. 1888-yil Bruney Angliya protektoratiga aylandi. 1906-yilda neft konlari ochilishi munosabati bilan ingliz noibi tayinlandi. 1941—45 yillarda Bruney Yaponiya tomonidan bosib olindi. 1948—59 yillarda uni ingliz gubernatori idora qildi. 1984-yil 1-yanvarda Bruney mustaqillikka erishdi. Bruney 1984-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1996-yil 23-iyunda oʻrnatilgan. Milliy bayrami: 23-fevral — Milliy kun (1984)[1].
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy tarmoqlari — neft qazib olish (yiliga 10 mln. tdan ortiq) va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish (yiliga 12 mlrd. m3), kauchuk yetishtirish va oʻrmonchilik. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 41,6 %, qishloq xoʻjalik ulushi 2,1 %. Gaz suyultirish zavodi, taxta tilish, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik (toʻquvchilik, yogʻoch va kumushdan buyumlar, yogʻoch kemalar yasash va hokazo) rivojlangan. Asosiy ekini sholi; kauchukli oʻsimliklar, palma daraxtlari oʻstiriladi. Qoʻtos, echki, choʻchqa boqiladi; ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullaniladi.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Transportning asosiy turi — kema qatnovi. Avtomobil yoʻllarining uznligi — 2200 km, temir yoʻli uzunligi — 19 km. Asosiy dengiz porti — Bandar-Seri-Begavan va Muara. Chetga neft va neft mahsulotlari, kauchuk, suyultirilgan tabiiy gaz, yogʻoch sotadi. Chetdan sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbob uskunalar va boshqalar oladi. Savdo-sotiq sohasidagi mijozlari: Janubiy Koreya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Singapur va boshqalar.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tibbiy xizmat va maorif ishlari mustaqillikdan keyin rivojlana boshladi. Bruneydagi 967 oʻrinli 10 gospital, 5 dispanserda 197 shifokor va 27 tibbiy hamshira xizmat koʻrsatadi. Mamlakatda malayya, ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan maktablar bor. Diniy maktablar ham mavjud. Maktablarda taʼlim bepul, 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy. Boshlangʻich maktablarda oʻqish 6 yil, oʻrta maktablarda 7 yil 1994-yil Bruneyda 151 bolalar bogʻchasi (11698 tarbiyalanuvchi), 47 maktab (69242 oʻquvchi), 2 institut (320 talaba) va 1 universitet (1138 talaba) bor edi. Bruney milliy birlashgan partiyasi (1986-yilda tuzilgan) mavjud[2]. Bruneyda yagona kasaba uyushma birlashmasi yoʻq. Faqat tarmoq kasaba uyushmalari ish olib boradi.
Matbuoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bruneydagi asosiy gazeta va jurnallar: „Pelita Bruney“ („Bruneyningbesh yillik rejasi“, malayya tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1956-yilda asos solingan), „Salom“ (malayya va ingliz tilida 2 haftada 1-marta chiqadigan gazeta, 1953-yilda tashkil etilgan), „Borneo bulletin“ („Borneo byulleteni“, ingliz tilida chiqadigan haftalik byulleten, 1953-yilda asos solingan), „BruneyDorussalom nyus letter“ („BruneyDorussalom axborot byulleteni“, ingliz tilida chiqadigan jurnali). Bruney davlat radio va telekoʻrsatuvi 1957-yilda tashkil etilgan.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ .В. Погадаев. Бруней: маленький, да удаленький — Азия и Африка сегодня, 2001, № 9, c. 56-59
- ↑ Виктор Погадаев. Большой саммит в маленькой стране. — «Вечерняя Москва», 13 ноября 2000
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |