Kontent qismiga oʻtish

Zufar ibn al-Horis al-Kilobiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zufar ibn al-Horis al-Kilobiy
Jund Qinnasrin hokimi
Oʻtmishdoshi Said ibn Malik ibn Bahdal
Vorisi Abon ibn al-Volid ibn Uqba
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti tax. 694–695
Munosabatlari
Bolalari
  • Huzayl (o'g'li)
  • Kavsar (o'g'li)
  • Rabob (qizi)
Otasi al-Horis ibn Yazid al-Amiriy
Janglari Tuya jangi (656)
Siffin jangi (657)
Harra jangi (683)
Qays–Yaman urushlari (686–691)

Abu al-Huzayl Zufar ibn al-Horis al-Kilobiy (arabcha: أبو الهذيل زفر بن الحارث الكلابي) (tax. 694–695-yilda vafot etgan) – musulmon qoʻmondon, Banu Amir arab qabilasi boshligʻi. VII asr oxirida Qays qabilaviy guruhi yetakchi rahbari. Birinchi fitna paytida, 656-yilda Basra yaqinidagi Tuya jangida xalifa Ali qoʻshinlariga qarshi Oysha tararafida turib oʻz qabilasini boshqargan. Keyingi yili Iroqdan Jaziraga (Yuqori Mesopotamiya) koʻchib oʻtgan va Umaviylar xalifaligining boʻlajak asoschisi Muoviya ibn Abu Sufyon qoʻl ostida Siffin jangida Aliga qarshi kurash olib borgan. Ikkinchi fitna davomida, 683-yilda boʻlib oʻtgan al-Harra jangida Muoviyaning oʻgʻli xalifa Yazid I (h. 680–683) qoʻl ostida isyonchilarga qarshi Jund Qinnasrin (Shimoliy Suriya harbiy okrugi) qoʻshinlarini boshqargan.

Zufar Banu Kilob qabilasining Amr boʻlimiga mansub boʻlgan[1]. Amr boʻlimining oʻzi ham Banu Amir deb nomlanuvchi yirik arab qabilasining asosiy tarmogʻi boʻlib, ular, asosan, janubi-gʻarbiy Najdda (markaziy Arabiston) istiqomat qilgan[2]. Amr boʻlimi Banu Kilobning eng jangovar boʻlinmalaridan biri edi[1]. VI asr oxirlarida islomdan oldingi Amr boʻlimidan boʻlgan Banu Amir qabilasining boshligʻi Yazid ibn as-Soiq Zufarning ota tomondan ajdodi edi[3]. Zufarning otasi Horis ibn Yazid al-Amiriy 637 yoki 638-yillarda Furot daryosi boʻyida joylashgan Hit va Qarqisiya (Circesium) shaharlarining musulmonlar tomonidan bosib olinishi chogʻida musulmon qoʻshinining oldingi saf qoʻmondoni boʻlib xizmat qilgan[4].

Zufar ibn al-Horis al-Kilobiyning shajarasi
Amr ibn Kilob
Nufayl
Xuvaylid as-Soiq
Amr
YazidZurʼa
xalifa Marvon I (h. 684–685)Al-HarithAslam
xalifa Abdulmalik (h. 685–705)ZufarAvsSaid
MaslamaRabobHuzaylKavsarVakiyMuslim
VosiqMajzoʼa (Abu al-Vard)