Kontent qismiga oʻtish

Maslama ibn Abdulmalik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Maslama ibn Abdulmalik
Jazira, Armaniston va Eron Ozarbayjoni hokimi
Mansab davri
709 – 721
Hukmdor Al-Volid I (h. 705–715)
Sulaymon (h.  715 – 717)
Umar II (h. 717–720)
Yazid II (h. 720–724)
Oʻtmishdoshi Muhammad ibn Marvon
Vorisi Al-Jarroh ibn Abdulloh al-Hakamiy
Jazira, Armaniston va Eron Ozarbayjoni hokimi
Mansab davri
725 – 729
Hukmdor Yazid II (h. 720–724)
Hishom (h. 724–743)
Oʻtmishdoshi Al-Jarroh ibn Abdulloh al-Hakamiy
Vorisi Al-Jarroh ibn Abdulloh al-Hakamiy
Jazira, Armaniston va Eron Ozarbayjoni hokimi
Mansab davri
730 – 732
Hukmdor Hishom
Oʻtmishdoshi Al-Jarroh ibn Abdulloh al-Hakamiy
Vorisi Marvon ibn Muhammad
Iroq hokimi
Mansab davri
720 – 721
Hukmdor Yazid II
Oʻtmishdoshi hech kim[lower-alpha 1]
Vorisi Umar ibn Hubayra
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 738-yil 24-dekabr
Bilod ash-Shom, Umaviylar xalifaligi
Turmush oʻrtogʻi Ar-Rabob binti Zufar ibn al-Horis al-Kilobiy
Onasi ismi nomaʼlum ummu al-valad
Otasi Abdulmalik
Qarindoshlari Muhammad (amakisi)
Al-Volid ibn Abdulmalik (akasi)
Sulaymon (akasi)
Yazid II (akasi)
Hishom (akasi)
Al-Abbos ibn al-Volid (jiyani)
Umar II (amakivachchasi)
Marvon ibn Muhammad (amakivachchasi)
Istiqomat joy(lar)i Balis
Hisn Maslama

Maslama ibn Abd al-Malik (arabcha: مسلمة بن عبد الملكyunon manbalarida Μασαλμᾶς nomi bilan keltirilgan) – Umaviylar shahzodasi, VIII asr boshlarida Vizantiya imperiyasi va Xazar xoqonligiga qarshi bir nechta yurishlarni boshqargan eng koʻzga koʻringan arab generallaridan biri. Ayniqsa, Vizantiya poytaxti Konstantinopolning ikkinchi marotaba arablar tomonidan qamal qilish harakatlariga rahbarlik qilgani uchun katta shuhrat qozongan.

Maslama ibn Abdulmalik harbiy faoliyatini Onadoʻlida Vizantiyaga qarshi yozgi yurishlarni boshqarishdan boshlagan. 709-yilga kelib, Qinnasrin (Shimoliy Suriya), Jazira (Yuqori Mesopotamiya), Armaniston va Eron Ozarbayjoni viloyatlarida hokim sifatida xizmat qilgan va uning zimmasiga xalifalikning shimoliy chegaralarini nazorat qilish topshirish. Ushbu lavozimda Maslama Kavkaz boʻylab xazarlarga qarshi birinchi arab yurishlarini boshlab bergan. Ukasi xalifa Sulaymon uni 715-yilda Konstantinopolni egallash uchun qilingan yurishlarga rahbar etib tayinlagan, ammo bu yurish arablar uchun falokatli yakun topgan. 718-yilga kelib, Sulaymonning vorisi Umar II qoʻshinga ortga chekinishga buyruq bergan.

Yazid II (h. 720–724) hokimiyat tepasiga kelganida Yazid ibn al-Muhallab tomonidan uyushtirilgan qoʻzgʻolonni bostirish uchun Maslamani Iroqqa yuborgan. Ushbu qoʻzgʻolon muvaffaqiyatli bostirilganiga qaramay, xalifa Yazid II Maslamaning Iroq hokimi sifatida kuchayib borayotganidan xavotir olgan va shu tufayli uni yoniga chaqirib olgan. Onasi ummu al-valad boʻlganligi bois Maslama merosxoʻrlikdan chetlashtirilgan, biroq u ukasi Hishomning (h. 724–743) xalifalik taxtiga oʻtirishini taʼminlagan. Hishom hukmronligi davrida Vizantiya va xazarlarga qarshi yurishlarini davom ettirgan. 732-yilda uning oʻrnini amakivachchasi, boʻlajak xalifa Marvon II (h. 744–750) egallagan.

Aka-ukalari tomonidan Maslamaga Balis, Balix vodiysi va janubiy Iroqning botqoqliklarida qishloq xoʻjaligi yerlarini qayta tiklash va rivojlantirishi uchun katta mulk va mablagʻ ajratilgan. Mulklari keyinchalik uning avlodlariga meros boʻlib oʻtgan, biroq Abbosiylar sulolasi 750-yilda Umaviylar xalifaligini agʻdarganidan keyin musodara qilingan. Shunga qaramay, Maslamaning janglarda koʻrsatgan qahramonliklariga boʻlgan hurmat tufayli uning avlodlari Abbosiylar tomonidan Umaviylar oilasiga qarshi amalga oshirilgan keng qamrovli taʼqiblardan omon qolgan.

Maslama Umaviylar xalifasi Abdulmalik ibn Marvonning (h. 685–705) oʻgʻli, xalifalar al-Volid (h. 705–715), Sulaymon (h. 715–717), Yazid II (h. 720–724) va Hishomning (h. 724–743) oʻgay ukasi boʻlgan[3][4]. Onasi ummu al-valad boʻlgani bois merosxoʻrlikdan chetlashtirilgan[5]. Taxminan 691-yilda xalifa Abdulmalik Zufar ibn al-Horisning Umaviylarga qarshi qoʻzgʻoloniga barham berish maqsadida Maslamani Qaysiy qabilasi boshligʻi Zufarning qizi al-Rabobga uylantirgan[6].

Tarixchi Patricia Cronening soʻzlariga koʻra, Maslama ibn Abdulmalik Umaviylarning eng mashhur generallari qatorida boʻlgan[7]. Yana bir tarixchi Douglas M. Dunlop uning VIII asr boshlarida Konstantinopolga qilingan yirik hujumga qoʻmondonlik qilgani, yigirma yildan ortiq vaqt davomida Umaviylar hokimiyatining asosiy tayanchlaridan biri boʻlganini taʼkidlagan[8]. Islom dunyosida Maslama yuksak shon-shuhratga ega shaxs hisoblanadi[8].

Maslama ibn Abdulmalikning shajarasi
Marvon I (h. 684–685)
Abdulmalik (h. 685–705)AbdulazizMuhammad
Al-Volid I (h. 705–715)Sulaymon (h. 715–717)MaslamaSaidYazid II (h. 720–724)Hishom (h. 724–743)Umar II (h. 717–720)Marvon II (h. 744–750)
Al-AbbosMuhammadYazidSaidSharohil[lower-alpha 2]Al-Volid II (h. 743–744)Maslama
Muhammad al-HisniyMuhammad
Ali
Yaʼqub
Ibn al-AzroqMaslama
  1. Iroq 717–720-yillarda Basra hamda Kufa alohida-alohida boshqariladigan qismlarga boʻlingan.[1] Bu davrgacha 715–717-yillarda Iroq yagona viloyat sifatida boshqarilgan boʻlib, harbiy masalalar Yazid ibn al-Muhallab, moliyaviy masalalar esa Solih ibn Abdurahmon tomonidan boshqarilgan.[2]
  2. Sharohil ibn Maslama ibn Abdulmalik xalifa Marvon II tomonidan Harronda qamoqqa tashlangan va 750-yilda boshqa Umaviylar bilan birga qamoqdan qochishga urinish chog‘ida o‘ldirilgan.[9]
  1. Powers 1989, ss. 75, 88, 126.
  2. Powers 1989, ss. 29–30.
  3. ODB.
  4. Lilie et al. 2000, ss. 190–191.
  5. Rotter 1991.
  6. Dixon 1971.
  7. Crone 1980.
  8. 8,0 8,1 Dunlop 1954.
  9. Williams 1985, ss. 167–168.

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Borrut, Antoine „La fabrique des héros omeyyades: Maslama b. ʿAbd al-Malik, le héros combattant“, . Entre mémoire et pouvoir: L'espace syrien sous les derniers Omeyyades et les premiers Abbassides (v. 72–193/692–809) (French). Leiden and Boston: Brill, 2011 — 229–282-bet. ISBN 978-90-04-18561-6.