Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Petrov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Petrov
ruscha: Петров, Юрий Борисович
Tavalludi 1915-yil 12-may
Vafoti 1984-yil 14-avgust
Yoshkar-ola, shahri
Mukofotlari Qizil Bayroq Ordeni
Qizil Yulduz Ordeni
"Jahon xizmatlari uchun medali
"Leningradni mudofaa qilganlik uchun"medali
"Konigsbergni qoʻlga kiritgani uchun" medali
Medal 1941 — 1945 -yillardagi Buyuk Vatan urushida Germaniya ustidan gʻalaba qozonganligi uchun"

Yuriy Borisovich Petrov (1915-yil 12-may, Andijon, Andijon viloyati, Fargʻona viloyati, – 14-avgust 1984-yil Yoshkar-ola, SSSR) – sovet harbiy uchuvchisi. Ikkinchi jahon urushi yillari Leningrad fronti 14-gvardiya qiruvchi aviatsiya polki eskadrilla komandiri va 1956-yil gvardiya podpolkovnigi.

1915-yil 12-mayda SSSR Andijon viloyati (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi)da tavallud topgan[1].

1938-yil oktyabr oyida RKKga chaqirildi. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Baltiya floti aviapilotlarining harbiy maktabini tugatgandan soʻng, uchuvchi-qiruvchi, boʻlinma komandiri, Leningrad fronti 14-gvardiya qiruvchi aviatsiya polkining komandir oʻrinbosari va eskadrilla komandiri, gvardiya kapitani boʻlgan. 635 ta jangovar parvozlarni, 54 ta havo janglarini amalga oshirgan, 6 ta samolyotni urib tushirgan, shuningdek, koʻplab texnika va askarlarni yoʻq qilgan. Urush yillarida qizil bayroq ordeni (1941-yil, 1942-yil, 1944-yil) va jangovar medallar, shu jumladan, „Leningradni mudofaa qilganligi uchun“ va „Konigsbergni qoʻlga kiritganligi uchun“ medallari bilan mukofotlangan.

1951-yilda – harbiy dengiz floti aviatsiyasining oliy ofitserlik parvoz-taktik kurslarini tamomlagan.

1956-yilda podpolkovnik unvoni bilan taqdirlangan.

1960-yil avgust oyida isteʼfoga chiqadi.

Janglarda koʻrsatgan jasorati va qahramonliklari uchun Yuriy Petrov Qizil bayroq (1956-yil), qizil Yulduz (1953-yil) ordenlari va medallar, shu jumladan, 1949-yili buyuk xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.

Urushdan keyin Petrov ASSRning Yoshkar-Ola shahrida kadrlar boʻlimi boshligʻi, 1311-avtokolonna partiya kotibi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

1984-yilning 14-avgust oyida Yoshkar-ola shahrida vafot etadi[1].

1977-yilda rassom Boris Tarelkin Petrovga atab, uning portretini ishlagan[1].

Fayl:Мемориальная доска И. А. Невзорову и Ю. Б. Петрову (Йошкар-Ола).jpg
Gvardiya podpolkovnigi Y. B. Petrova (Yoshkar-Ola)

2023-yil may oyida gvardiya podpolkovnigi Petrov xotirasiga bagʻishlab, u yashagan Yoshkar-Oladagi uyga (Leninskiy prospekti, 49) yodgorlik lavhi oʻrnatilgan[2].

Jangovar mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyati davomida bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan:

Qizil Bayroq Ordeni (24.11.1941, 14.08.1942, 20.07.1944, 28.12.1944, 30.12.1956);

Qizil Yulduz Ordeni (21.08.1953);

"Harbiy xizmatlari uchun medali" (20.06.1949);

"Leningradni mudofaa qilganlik uchun" medali;

"Konigsbergni qoʻlga kiritgani uchun" medali;

Medal 1941 – 1945 -yillardagi Buyuk Vatan urushida Germaniya ustidan gʻalaba qozonganligi uchun"[3].

  • Grebnev A. P. Vatan mukofotlanganlar: insholar toʻplami. Yoshkar-ola: Mariy kitob nashriyoti, 1976. 319 s.: il.
  • Petrov Yuriy Borisovich// Mari biografik ensiklopediyasi / avt.- komp. V. A. Mochayev Tomonidan. Yoshkar-ola: Mariy Biografiya markazi, 2007. 279-sahifa. 2032 nusxa ISBN 5-87898-357-0. * Grebnev A. P., Mochaev V. A. Petrov Yuriy Borisovich// Mari biografik ensiklopediyasi / avt.- komp. V. A. Mochayev Tomonidan.  2-nashr. — Yoshkar-ola: Mari biografik markazi, 2017 yil.  337-sahifa.  606 s. 1500 nusxada <nowiki>ISBN 978-5-905314-35-3.
  1. 1,0 1,1 1,2 Мочаев 2017.
  2. „Марий Эл ТВ: В Йошкар-Оле на «Доме офицеров» установили памятную табличку“ (ru). МЭТР - Марий Эл Телерадио. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
  3. [https://sovpilots.ru/cards/34_pet-pl/petrov_yury_borisovich.html „СОВЕТСКИЕ ЛЕТЧИКИ-ИСТРЕБИТЕЛИ 1936-1953“].