Kontent qismiga oʻtish

Havo jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Havo jangi — qiruvchi aviatsiyaning dushman samolyotlari va uchuvchisiz hujum vositalarini havoda tor-mor qilishga qaratilgan jangovar harakatining asosiy turi. Havo jangi hujumkorlik va mudofaa, yakka holda va guruh tarzida boʻladi. Hujumkorlik tarzidagi Havo jangini qiruvchi samolyotlar va qisman qiruvchi-bombardimonchi aviatsiya olib boradi. Qiruvchi samolyotlarning Havo jangi havodagi nishonga yaqinlashish, bir va bir qancha shiddatkor hujum va manyovrlardan iborat. Hujum qilish Havo jangining hal qiluvchi bosqichidir. Havo jangida dushman samolyotlarining hujumi qaytarilibgina qolmasdan, ular urib ham tushiriladi.