Yil vikimediachisi
Yilning eng yaxshi vikimediachisi | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Odatda Vikimaniya konferensiyasida topshiriladi. | |
Taqdirlash asosi | Vikimedia harakati doirasidagi asosiy yutuqlar uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | avgust2011 | |
Birinchi taqdirlash | 2011-yilda | |
Oxirgi taqdirlash | 2023-yilda |
Yilning eng yaxshi vikimediachisi — Vikipediya muharrirlari va Vikimedianing boshqa loyihalariga hissa qoʻshuvchilarni taqdirlaydigan yillik mukofot boʻlib, 2011-yil avgust oyida Vikimedia harakati doirasidagi muhim yutuqlarni taqdim etish uchun Vikipediya asoschisi Jimmy Wales tomonidan taʼsis etilgan. Wales sovrindorlarni tanlab oladi va ularni Vikimedia Jamgʻarmasining har yili boʻlib oʻtadigan Vikimaniya konferensiyasida taqdirlaydi (taqdirlash marosimlari 2020, 2021 va 2022-yillarda COVID-19 pandemiyasi sababli onlayn yigʻilishlarda boʻlib oʻtdi)[1]. 2011-yildan 2017-yilgacha mukofot Yilning eng yaxshi vikipediyachisi deb nomlangan[2].
2011-yilda mukofot ilk bor qozoqcha Vikipediyadagi faoliyati uchun Rauan Kenjexanuli ga berildi. Keyingi yili mukofot 15 000 ta inglizcha qisqa maqolalarni Nigeriyada soʻzlashuvchi til boʻlmish yoruba tiliga tarjima qilish uchun bot yaratgan „Demmy“ nomli foydalanuvchiga topshirildi. 2013-yilda Fransuz Vikimediasi va fransuzcha Vikipediyadan Remi Mathis maqola bahsidagi roli uchun mukofotga loyiq koʻrildi. 2014-yilgi mukofot oʻlimidan soʻng ukrainalik jurnalist Igor Kostenkoga berildi, u ukraincha Vikipediyani ijtimoiy tarmoq saytlarida faol targʻib qilgan va norozilik namoyishi chogʻida oʻldirilgan. Wales 2015-yilgi mukofotni shaxsi nomaʼlum boʻlgan foydalanuvchiga topshirdi. Va bir kun kelib foydalanuvchi shaxsiyatini ochiqlashiga umid bildirayotganini taʼkidladi. 2016-yilda mukofot ilk bora ikki foydalanuvchiga, Emily Temple-Wood and Rosie Stephenson-Goodknightga Vikipediyada ta’qiblarga qarshi kurash va ayollarni qamrab olishni koʻpaytirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun topshirildi. Keyingi yillardagi mukofotlar 2017-yilda Felix Nartey, 2018-yilda Farhad Fatkullin va 2019-yilda Emna Mizouni kabi foydalanuvchilarga topshirildi .
Asosiy mukofotdan tashqari, 2015-yilda birinchi boʻlib Susanna Mkrtchyan and Satdeep Gill faxriy yorliqlarga sazovor boʻldi. Oʻshandan beri boshqa faxriy yorliqlar ham berilib kelinmoqda
. Mukofot 2021-yilda quyidagi qoʻshimcha toifalar bilan kengaytirildi: „Yilning yangi foydalanuvchisi“ , „Vikimedia laureati“ , „Yilning texnik foydalanuvchisi“ va „Yilning media foydalanuvchisi“ .Sovrindorlar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Rasm | Nomzod | Asosiy faoliyati | Asos | Manbalar |
---|---|---|---|---|---|
2011 | Rauan Kenjexanuli | Qozoqcha Vikipediya | Kenjexanuli qozoqcha Vikipediyani yaxshilash uchun hamjamiyatni jalb qildi, bir yil ichida faol tahrirchilar soni 4 dan 200 ga va tahrirchilar miqdori esa 7 000 dan 130 000 tagacha koʻpaydi. Kenjexanulining Qozogʻiston hukumati bilan aloqalari tufayli Wales vikipediyachilar tomonidan tanqid qilindi. Wales 2015-yilda Redditda Kenjexanulining Qozogʻiston hukumatidagi oldingi lavozimlaridan bexabarligini ta’kidlagan va agar Kenjexanulining Qozogʻiston viloyati gubernatori oʻrinbosari boʻlishini bilganida, “mukofotni topshirmagan boʻlar edim”, deya taʼkidlagan[3]. | [2] [4] | |
2012 | — | „Demmy“ | Yorubacha Vikipediya | „Demmy“ nomli foydalanuvchi 15 000 ta inglizcha qisqa maqolalarni Nigeriyada soʻzlashuvchi til boʻlgan Yoruba tiliga tarjima qilish uchun bot yaratdi. | [2] |
2013 | Remi Mathis | Fransuzcha Vikipediya | Mathis, fransuzcha Vikimedia raisi va fransuzcha Vikipediya maʼmuri, fransuzcha „Pierre-sur-Haute harbiy radiostantsiyasi“ maqolasi atrofidagi bahslardagi roli uchun mukofotga sazovor boʻlgan. | [5] [6] | |
2014 | Ihor Kostenko | Ukraincha Vikipediya | Kostenko, Yevromaydon faoli. Ukraincha Vikipediya foydalanuvchisi va uni ijtimoiy tarmoq saytlarida faol ravishda targʻib qilgan. U 2014-yil 20-fevraldagi norozilik namoyishi chogʻida oʻldirilgan va mukofotni vafotidan keyin olgan. | [7] [8] | |
2015 | — | ochiqlanmagan | Vikiombor | Wales 2015-yilgi mukofotni anonim venesuelalik muharrirga topshirdi va qachondir shaxsini ochiqlashiga umid bildirishini aytib oʻtdi. | [9] |
2016 | Emily Temple-Wood | Inglizcha Vikipediya | Birinchi bor mukofot ikki foydalanuvchiga topshirildi. Vikipediyada taʼqiblarga qarshi kurashish va ayollarni qamrab olishni koʻpaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun. Temple-Wood 400 ga yaqin maqolalar yaratdi va yana yuzlab maqolalarni takomillashtirdi, ularning aksariyati olimalar va ayollar salomatligi haqida. Stephenson-Goodknight 3000 dan ortiq maqolalarni tahrirlash orqali yanada yaxshi holga keltirdi, saytga kelgan yangi foydalanuvchilarni kutib olish uchun maydon yaratdi va „VikiAyol Foydalanuvchilar Guruhi“, „Ayol VikiLoyihasi“, va „Qizil kiyimdagi ayollar“ kabi ayollarga yordam beradigan loyihalarga asos soldi. | [10] [11] [12] [13] | |
Rosie Stephenson-Goodknight | Inglizcha Vikipediya | ||||
2017 | Felix Nartey | Inglizcha Vikipediya | Nartey bu mukofotni oʻz vatani Gana haqidagi maʼlumotlarni qoʻshgani va Vikipediyani tahrirlash muhimligini targʻib qilish boʻyicha bir qancha tashabbuslarni boshqargani uchun oldi. Wales oʻz bagʻishlov nutqida Nartey 2017-yilgi Akkrada boʻlib oʻtgan Wiki Indaba 2-konferensiyasini tashkil etishda yetakchi rol oʻynaganini va Afrikada mahalliy hamjamiyatlarni qurishdagi muhim rolini taʼkidladi. | [14] | |
2018 | Farhad Fatkullin | Tatarcha Vikipediya | 2009-yilda Fatkullin Vikimedia harakatiga qoʻshildi. U oʻzini „tatarcha Vikipediya oshigʻi“ deb ta’riflaydi. 2015-yildan Fatkullin Vikipediyaning rus va tatar tillari boʻlimida oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. | [15] | |
2019 | Emna Mizouni | Arabcha Vikipediya | Mizouni 2013-yilda Viki yodgorliklarni sevadi loyihasi doirasida Vikimedia loyihalariga hissa qoʻshishni boshladi. U bir nechta yirik Vikimedia konferensiyalarini, jumladan, birinchi WikiArabia konferensiyasini tashkil qilishda yordam berdi va Vikimaniya 2018 dastur qoʻmitasiga hamraislik qildi. 2016-yilda u Hamkorlik qoʻmitasiga a’zo boʻldi, 2018-yilda esa rais oʻrinbosariga aylandi. | [16] | |
2020 | Sandister Tei | Inglizcha Vikipediya | Tei Vikipediyada COVID-19 pandemiyasining Ganadagi taʼsiri haqidagi maqolalariga faol hissa qoʻshdi. | [1] | |
2021 | Alaa Najjar | Arabcha Vikipediya | Najjar virtual tarzda oʻtkazilgan Vikimaniya 2021 konferensiyasida arabcha Vikipediyadagi tibbiyotga oid loyihalar, xususan, COVID-19 loyihasidagi ishi uchun taqdirlandi. | [17] | |
2022 | Olga Paredes | Ispancha Vikipediya | Paredes virtual Vikimaniya 2022 konferensiyasida Wikimujeres va Wikimedistas de Boliviya kabi jamoalardagi yetakchiligi va boshqalarni, ayniqsa, ayollarni Vikimedia harakatini rivojlantirishga ruhlantirgani uchun taqdirlandi. | [18] | |
2023 | Taufik Rosman | Vikimaʼlumotlar, Malaycha Vikilugʻat | Taufik 2023-yilda Singapurda boʻlib oʻtgan Vikimaniya konferensiyasida Malayziya Vikilugʻatiga qoʻshgan ulkan hissasi va Malayziya Vikimedia muharrirlarining hamjamiyatini rivojlantirishda qoʻshgan hissasi uchun taqdirlangan. | [19] |
Faxriy yorliqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Rasm | Nomzod | Aosiy faoliyati | Asos | Manbalar |
---|---|---|---|---|---|
2015 | Susanna Mkrtchyan | Armancha Vikipediya | Mkrtchyan armancha Vikimedia direktorlar kengashi aʼzosi. U Vikimediadan tashqari faoliyati, jumladan „Bir arman - bir maqola“, tahrirlash kampaniyasi va Armanistonning yangi foydalanuvchilarga yordam berish uchun yoshlar lageri loyihasi uchun mukofotlangan. | [20] | |
Satdeep Gill | Panjobcha Vikipediya | Gill panjob tilidagi Vikipediyadagi hindistonlik foydalanuvchi. U oʻz universitetidagi odamlarni panjobcha Vikipediyani tahrirlashga ruhlantirgani uchun mukofotlangan va bu oʻsha yili eng tez rivojlanayotgan Hind-Aryan tillari dagi Vikipediyaga aylandi. | [9] | ||
2016 | Mardetanha | Forscha Vikipediya | Mardetanha „Vikipediya kutubxonasi“ning fors tilidagi versiyasini yaratdi, bu foydalanuvchilarga maqolalar uchun manbalarni topishda yordam beradi. Uchta nashriyot oʻz asarlariga tadqiqot uchun kirish huquqini muharrirlarga sovgʻa qildi. | [21] | |
Vassia Atanassova | Bolgarcha Vikipediya | Atanassova muharrirlarni yuz kun davomida kuniga bitta Vikipediya maqolasini yaratishga chaqiruvchi „#100wikidays“ tanlovini tashkil qildi. Tanlovda 120 dan ortiq muallif ishtirok etdi va tanlov ishtirokchilarining uchdan biri uni yakunladi. | |||
2017 | — | Diego Gómez | — | Kolumbiyalik talaba Internetda akademik maqolani ulashganidan keyin mualliflik huquqini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. Keyinchalik u oqlangan. | [22] [23] |
2018 | Nahid Sultan | Bengalcha Vikipediya | Sultan bengalcha Vikimedianing faol tahrirchisi. | [24] [25] | |
Jess Wade | Inglizcha Vikipediya | Wade bir yil davomida Vikipediyada olimlar va muhandislar haqida „ayollar va rangli odamlarni yaxshiroq ifodalovchi“ maqolalar yaratish ustida ish boshlagan fizik. 2020-yil fevral holatiga koʻra, u 900 dan ortiq yangi maqolalar yozgan. | [26] [27] [28] | ||
2021 | Netha Hussain | Inglizcha Vikipediya va Malayalamcha Vikipediya | Hussain asli hindistonlik shifokor. U 2020–21-yillar davomida koʻp kuchini COVID-19ni yoritishga qaratib, Vikimedia loyihalarida tibbiy kontentga bebaho hissa qoʻshdi. U, shuningdek, COVID-19 vaksinalari atrofidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni bartaraf etish uchun „Vaksina xavfsizligi“ loyihasini boshladi. | [29] | |
Carmen Alcázar | Ispancha Vikipediya | Alcázar ispancha Vikipediyadagi gender tafovutini kamaytirishga qaratilgan faoliyati uchun taqdirlangan. | [30] [31] | ||
2022 | Anna Torres | Ispancha Vikipediya | Torres Argentina Vikimediasining ijrochi direktori, lekin u mukofotga uning Lotin Amerikasi boʻylab jamoalar salohiyatini oshirish va rivojlantirish uchun xalqaro qoʻllab-quvvatlash tarmogʻini yaratishdagi saʼy-harakatlari, shuningdek, harakat jarayonlariga qoʻshgan hissasi, masalan, „2030 Vikimedia harakati“ strategiyasi sababli loyiq koʻrilgan. | [18] | |
2023 | Anton Protsiuk | Ukraincha Vikipediya | Protsiuk ukraincha Vikipediyada dastur koordinatori. | [19] |
Yil yangi foydalanuvchisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yilning yangi foydalanuvchisi mukofoti birinchi bor 2021-yilda taqdim etilgan.
Yil | Rasm | Nomzod | Asosiy faoliyati | Asos | Manbalar |
---|---|---|---|---|---|
2021 | Carma Citrawati | WikiPustaka | 2019-yilda birinchi marta Vikipediyaning baliy tilidagi versiyasini tahrirlashni boshlagan Citrawati Vikimanbaning WikiPustaka deb nomlangan baliy tilidagi versiyasini ishlab chiqishda, dastlab yozilgan qadimiy Bali yozuvlarini raqamlashtirish va tarjima qilish uchun masʼul boʻlgan jamoaga rahbarlik qilishdagi jasoratli saʼy-harakatlari uchun mukofotga loyiq koʻrilgan. | [32] | |
2022 | Nkem Osuigwe | 2019-yilda ochilgan hisob orqali doktor Nkem Osuigwe 2020-yilda Afrika kutubxonasi va axborot assotsiatsiyalari va institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga yordam berdi, mavjud professional tarmoq bilan ish olib bordi va 27 000 dan ortiq tahrir qildi. | [18] | ||
2023 | Eugene Ormandy | Yaponcha Vikipediya | Ormandy ikkita Wikimedia foydalanuvchi guruhini yaratdi: Tokiodagi Vaseda universiteti talabalari Vikipediya hamjamiyati va Yaponiyaning Toumon Vikipediya klubi. U mukofot olgan ilk yaponiyalikdir. | [19] |
Vikimedia laureati (avvalgi nomi 20 yillik faxriy)
[tahrir | manbasini tahrirlash]20 yillik faxriy mukofoti birinchi marta 2021-yilda topshirilgan. 2022-yilda mukofot Vikimedia laureati deb oʻzgartirildi[33].
Yil | Rasm | Nomzod | Asosiy faoliyati | Asos | Manbalar |
---|---|---|---|---|---|
2021 | Lodewijk Gelauff | Viki yodgorliklarni sevadi | Gelauff samarali hissasi, koʻplab Vikimediachilarga bergan maslahatlari va boshqa saʼy-harakatlari uchun, xususan, „Viki yodgorliklarni sevadi“ (Wiki Loves Monuments) — madaniy meros boʻyicha har yili oʻtkaziladigan Vikipediya fototanlovining tashabbuskorlaridan biri boʻlgani, va ushbu loyihani oʻn yil davomida boshqarib kelgani sababli mukofotga loyiq koʻrilgan[34]. | [35] | |
2022 | Andrew Lih | Lih - xalqaro miqyosda mashhur Vikipediya mutaxassisi, muallif, professor, GLAM faoli va uzoq vaqtdan beri Vikimedia tahrirchisi. Uning ishi Vikimedia harakatidagi shaxslar va guruhlarni, xususan, Shimoliy Amerika, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi tahrirchilarni ilhomlantirdi. | [18] | ||
Deror Lin | Ivritcha Vikipediya, Vikimaniya | Lin Vikipediyaga asos solingandan beri Vikipediyaga samarali hissa qoʻshib kelmoqda. U butun Ivritcha Vikipediyaning 2 foizdan ortigʻini yozgan. U koʻp marotaba „#100wikidays“ tanlovida ishtirok etgan. Ivritcha Vikipediyadagi minglab rasmlarni yuklagan. U, shuningdek, bir nechta Vikimaniya konferensiyalarining asosiy tashkilotchisi hisoblanadi. | [18] | ||
2023 | Siobhan Leachman | Yangi Zelandiya VikiLoyihasi | [19] |
Yilning texnik foydalanuvchisi (avvalgi nomi Texnik innovator)
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Texnik innovator“ mukofoti ilk bor 2021-yilda taqdim etilgan. Mazkur mukofot 2022-yilda „Yilning texnik foydalanuvchisi“ deb oʻzgartirildi.
Yil | Rasm | Nomzod | Asosiy faoliyati | Asos | Manbalar |
---|---|---|---|---|---|
2021 | Jay Prakash | IT va dasturiy taʼminotni ishlab chiqishdag hissasi uchun | [36] | ||
2022 | — | Taavi Väänänen | Väänänen Wikimedia Cloud Servicelari, jumladan, Toolforge va Cloud VPS kabi infratuzilmaning asosiy qismlari boʻlgan va foydalanuvchilarga Vikimedia bilan bogʻliq botlar, vositalar va boshqa dasturiy loyihalarni joylashtirish imkonini beruvchi asboblarni ishlab chiqishda oʻz hissasini qoʻshgan. Shuningdek, u foydalanuvchilarga barcha ommaviy Vikimedia loyihalari saytlarida bitta foydalanuvchi hisobidan foydalanish imkonini beruvchi „CentralAuth MediaWiki“ kengaytmasini saqlashda katta hissa qoʻshgan. | [18] | |
2023 | — | Zabe | Zabe chop etish, xatolarni tuzatish va umuman tahrirlashda yordam bergani, xususan, Checkuser va CentralAuth kodlarini ishlab chiqishdagi harakatlari, sharhlar, maʼlumotlar bazasini refaktor migratsiyasini qayta koʻrib chiqishda qoʻshgan hissasi va yangi maqolalarni yaratishdagi texnik ishlari uchun mukofotga loyuiq koʻrilgan. | [19] |
Yilning media foydalanuvchisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„The Rich Media“ mukofoti ilk bor 2021-yilda taqdim etilgan. Bu mukofot 2022-yilda “Yilning media foydalanuvchisi” deb oʻzgartirilgan.
Yil | Rasm | Nomzod | Asosiy faoliyati | Asos | Manbalar |
---|---|---|---|---|---|
2021 | Ananya Mondal | Vikiombor | [36] [37] | ||
2022 | Annie Rauwerda | Vikipediyaning teranligi | Rauwerda Vikimedia loyihalari va ularni quvvatlovchi hamjamiyatlarni ommalashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ijodiy vositalardan foydalanadi. U Vikipediyaning teranligi akkauntini ochdi, uning hozirda Instagram, Twitter va TikTokda 1,5 milliondan ortiq obunachisi bor. | [18] | |
2023 | Pax Ahimsa Gethen | Gethen Vikiomborga LGBT madaniyatiga qaratilgan fotosuratlarni yuklaydi va Inglizcha Vikipediyadagi LGBT VikiProyektining faol ishtirokchisidir[38]. | [19] | ||
2024 | Caner Özyayıkçı | Turkcha Vikipediya | Caner Özyayıkçı bir qancha Vikimedia konferensiyalarini tashkil qilishda grafik dizayner sifatida koʻngilli oʻlaroq yordam bergan. Shu bilan birga, Caner Yaponiya bilan hammuassislikda tashkillashtirilgan Vikimedia Yaponiya — Turkiya doʻstligi loyihasining asoschilaridan biri hisoblanadi. | [39] |
Vikimedia hamkorlik markazi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikimedia hamkorlik markazi birinchi marta 2022-yilda taqdim etilgan. Art+Feminism va Vikimedia UK mos ravishda „Wikimedia Affiliation Committee“ (AffCom) tomonidan hamkorlik va boshqaruv toifalarida tan olingan[40].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Quist, Ebenezer „Ghanaian lady awarded by Wikipedia as its worldwide best worker for 2020“ (en). Yen.com.gh (2020-yil 16-oktyabr). 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Morris, Kevin. „Winners of Wikipedia's biggest award still haven't received prize money“. The Daily Dot (2013-yil 26-aprel). 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
- ↑ Michel, Casey G. „Wikipedia Founder Distances Himself from Kazakhstan PR Machine“. EURASIANET.org (2015-yil 2-aprel). 2021-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
- ↑ Orlowski, Andrew. „What's Jimmy Wales going to do with $500k from the UAE?“. The Register (2014-yil 22-dekabr). 2016-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
- ↑ „Rémi Mathis“ (fr). École nationale des chartes (2016-yil 19-dekabr). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ Geuss, Megan „Wikipedia editor allegedly forced by French intelligence to delete "classified" entry“. Ars Technica (2013-yil 6-aprel). 2013-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
- ↑ „Ukraine Today: Ihor Kostenko given posthumous annual award (VIDEO)“. Kyiv Post (2014-yil 14-sentyabr). 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
- ↑ Savchuk, Iryna „Ukrainian from the Heavenly Hundred becomes Wikipedian of the Year“. Kyiv Post (2014-yil 15-avgust). 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-may.
- ↑ 9,0 9,1 Sutherland, Joe „2015 Wikipedians of the Year unveiled in Mexico“. Diff. Wikimedia Foundation (2015-yil 31-iyul). 2016-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
- ↑ „Emily Temple-Wood macht Wikipedia weiblicher“ (de). Geo. 2020-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
- ↑ Gordon, Maggie „Wikipedia editing marathons add women's voices to online resource“. Houston Chronicle (2017-yil 9-noyabr). 2018-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
- ↑ D’Alterio, Emily „Women in culture and tech: Rosie Stephenson-Goodknight, academic, Wikipedian and champion of 'impractical' girls“. Europeana Pro (2019-yil 12-mart). 2020-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
- ↑ Zahneis, Megan „Some Colleges Cautiously Embrace Wikipedia“. Chronicle (2018-yil 19-iyul). 2020-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
- ↑ Ofori-Boateng, Pamela „Felix Nartey named Wikimedian of the Year 2017!“. Classic Ghana (2017-yil 29-avgust). 2017-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
- ↑ „Татарстанец Фархад Фаткуллин стал первым россиянином, признанным Википедистом 2018“ (ru). Tatar-inform. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
- ↑ Nadiya, Jennene „Emna Mizouni, première femme arabe à obtenir le prix "Wikimédienne de l'année"“ (fr-FR). Tunisie Haut Debit (2019-yil 17-oktyabr). 2020-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
- ↑ Bedirian, Razmig „Arab medical professional Alaa Najjar honoured by Wikipedia for Covid-19 coverage“. The National (2021-yil 16-avgust). 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 18,3 18,4 18,5 18,6 „Celebrating the 2022 Wikimedians of the Year!“ (en-US). Diff. Wikimedia Foundation (2022-yil 14-avgust). 2022-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 19,3 19,4 19,5 Foundation, Wikimedia „Celebrating the 2023 Wikimedian of the Year Winners“ (en-US). Diff (2023-yil 16-avgust). Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
- ↑ „Վիքիպեդիայի հիմնադրի անակնկալը Սուսաննա Մկրտչյանին“ [The founder of Wikipedia's surprise to Susanna Mkrtchyan] (hy). MediaMax (2015-yil 29-iyul). 2020-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-may.
- ↑ Erhart, Ed „Jimmy Wales names Emily Temple-Wood and Rosie Stephenson-Goodknight as Wikipedians of the Year“. Diff. Wikimedia Foundation (2016-yil 24-iyun). 2016-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyun.
- ↑ Harmon, Elliot „Diego Gómez Is Safe, but Threats to Curiosity Still Abound“. Electronic Frontier Foundation (2017-yil 21-dekabr). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
- ↑ Wikimania 2017 Closing Ceremony. Wikimedia Foundation. 17:30.
- ↑ Koebler, Jason „Wikipedia's Piracy Police Are Ruining the Developing World's Internet Experience“. Vice (2016-yil 27-aprel). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
- ↑ Elsharbaty, Samir „Farhad Fatkullin named Wikimedian of the Year for 2018“. Diff. Wikimedia Foundation (2018-yil 26-iyul). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
- ↑ „Una scienziata al giorno“. PressReader (2018-yil 12-avgust). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ Evans, Jocelyn „Physicist writes 900 Wikipedia entries to boost diversity in science“. ITV News (2020-yil 11-fevral). 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-may.
- ↑ Devlin, Hannah. „Academic writes 270 Wikipedia pages in a year to get female scientists noticed“. The Guardian (2018-yil 24-iyul). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
- ↑ „Meet Netha Hussain: Wikimedian of the Year 2021 Honourable Mention winner“ (en-US). Diff. Wikimedia Foundation (2021-yil 15-avgust). 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Meet Carmen Alcázar: Wikimedian of the Year 2021 Honourable Mention winner“ (en). Diff. Wikimedia Foundation (2021-yil 15-avgust). 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ Riquelme, Rodrigo „Una mexicana gana mención honorífica en los premios al Wikimedista del 2021“ [A Mexican woman wins honorable mention in the 2021 Wikimedista Awards] (es). El Economista (2021-yil 15-avgust). 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ „Meet Carma Citrawati: Wikimedian of the Year 2021 Newcomer of the Year winner“ (en-US). Diff. Wikimedia Foundation (2021-yil 15-avgust). 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
- ↑ Pourzaki, Mehrdad „Who will be the 2022 Wikimedian of the Year?“. Wikimedia Foundation (2022-yil 18-iyul). 2022-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
- ↑ „Meet the 2021 Wikimedians of the Year“. Wikimedia Foundation (2021-yil 15-avgust). 2023-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Meet Lodewijk Gelauff: Wikimedian of the Year 2021 20th Year Honouree winner“. Wikimedia Foundation (2021-yil 15-avgust). 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ 36,0 36,1 Sharma, Unnati „3 Indians win Wikimedia awards for helping provide free, accessible knowledge on the internet“ (en-US). ThePrint (2021-yil 17-avgust). 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ „Meet Ananya Mondal: Wikimedian of the Year 2021 Rich Media winner“. diff.wikimedia.org (2021-yil 15-avgust). 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ Odom, J.L.. „Trans identity of Wikimedia awardee steers their work“. Bay Area Reporter (2023-yil 30-avgust).
- ↑ „Meet the Wikimedians of the Year 2024“. diff.wikimedia.org. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ Foundation, Wikimedia „Celebrating the 2022 Wikimedians of the Year!“ (en-US). Diff (2022-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.