Kontent qismiga oʻtish

Vikipediyani tahrir qilgani uchun qamoqqa olinganlar roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir nechta Vikipediya tahrirchilari ensiklopediyaga hissa qoʻshganliklari uchun hukumat tomonidan qamoqqa olingan.

Mark Bernstein (mikrofon ushlab turibdi) 2014-yilgi „Moskva“ Vikikonferensiyasida.

Mark Bernshteyn (ruscha: Марк Израйлевич Бернштейн) — millati belarus boʻlgan ruscha Vikipediya foydalanuvchisi, 2022-yil 11-martda 2022-yilgi Rossiyaning Ukrainaga bosqini haqidagi Vikipediya maqolalarini tahrirlash orqali „Rossiyaning 2022-yilgi urush senzurasi haqidagi qonunlari“ni buzgani uchun hibsga olindi va avval 15 kun soʻngra uch yilga ozodlikni cheklashga hukm qilindi[1][2][3].

Pavel Pernikov (belaruscha: Павел Аляксандравіч Пернікаў) — belaruscha Vikipediya foydalanuvchisi. 2022-yil 7-aprelda „Belarus Respublikasini obroʻsizlantiradigan“ onlayn xabarlar, jumladan, Belarusdagi siyosiy repressiyalar haqida Vikipediyaga kiritilgan ikkita tahriri uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum qilingan[4][5][6].

Saudiya Arabistoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Osama Xolid va Ziyod al-Sofiani, 2016-yil

Osama Xolid (arabcha: أسامة خالد), arabcha Vikipediyaning arabistonlik sobiq adminstratori. 2020-yil sentyabrida siyosiy taʼqiblar haqida tanqidiy tahrirlar kiritib, „jamoatchilik fikrini chalgʻitish“ va „jamoat axloqini buzganligi“ uchun besh yillik qamoq jazosiga hukm qilingan[7]. Arab dunyosi uchun demokratiya hozir(ingl.) va SMEX nodavlat tashkiloti maʼlumotiga koʻra, 2022-yil sentyabrida siyosiy mahbuslarning qamoq muddatini uzaytirish kampaniyasi doirasida Xolidning jazo muddati 32 yilga oshirilgan[8][9].

Ziyad al-Sofiani (arabcha: زياد السفياني), yana bir Arabcha Vikipediyaning sobiq adminstratori, „davlatdagi siyosiy faollarning taʻqib qilinishini tanqid qiluvchi“ tahrirlar kiritish orqali „jamoat fikrini chalgʻitish“ va „jamoat axloqini buzish“da ayblangan. U 2020-yil sentyabrida sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan[7][8][9].

Bassel Khartabil Safadi, 2010-yil Janubiy Koreyada tushirilgan surat. U 2015-yilda Suriya hukumati tomonidan qatl etilgan.

Bassel Xartabil bir qator ochiq manbali loyihalarga, jumladan, Vikipediyaga hissa qoʻshgan; uning 2012-yilda hibsga olinishi uning onlayn faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin degan shubhalar bor. U 2015-yilda Damashq yaqinidagi Adra qamoqxonasida qatl etilgan[10]. Bir qancha tashkilotlar, jumladan, Vikimedia fondi 2017-yilda uning sharafiga Bassel Xartabil erkin madaniyat stipendiyasini uch yillik muddatga moʻljallab tashkil qilib bergan[11].

  1. „Belarusian Blogger Handed Parole-Like Sentence“ (en) (2022-yil 24-iyun). 2022-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Song, Victoria. „A top Wikipedia editor has been arrested in Belarus“ (en) (2022-yil 11-mart). 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-mart.
  3. „В Беларуси задержали Марка Бернштейна — активиста и популяризатора интернет-энциклопедии Wikipedia.org“ (ru) (2022-yil 11-mart). 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-mart.
  4. „В Беларуси редактора "Википедии" приговорили к 2 годам колонии по статье о "дискредитации" страны“ (ru). Current Time TV (2022-yil 7-aprel). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  5. „В Беларуси редактора "Википедии" приговорили к 2 годам колонии за правки в статьях о протестах“ (ru). Esquire (Russian edition) (2022-yil 7-aprel). 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  6. „Редактора Википедии из Бреста приговорили к двум годам колонии за правки к статьям, "дискредитирующие Белоруссию"“ (ru). Fontanka.ru (2022-yil 7-aprel). 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  7. 7,0 7,1 Belanger, Ashley. „Wikipedia admin jailed for 32 years after alleged Saudi spy infiltration“ (en-us). Ars Technica (2023-yil 6-yanvar). 2023-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
  8. 8,0 8,1 „Saudi Arabia jails two Wikipedia staff in 'bid to control content“. https://www.theguardian.com. The Guardian.
  9. 9,0 9,1 „Saudi Arabia 'infiltrated' Wikipedia to control content, activists say“ (en). Middle East Eye (2023-yil 5-yanvar). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-yanvar.
  10. „Bassel Khartabil: Syrian internet freedom activist 'executed'“ (en-GB). BBC News (2017-yil 2-avgust). 2023-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-mart.
  11. Maher, Katherine; Merkley, Ryan; Surman, Mark „Honoring our friend Bassel: Announcing the Bassel Khartabil Free Culture Fellowship“ (en-US). Diff (2017-yil 11-avgust). 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-mart.