Kontent qismiga oʻtish

Tatarcha Vikipediya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Tatarcha Vikipediya
Tatar Wikipediəse
Vikipediya logosi
Web-manzil tt.wikipedia.org
Interwiki Bosh sahifa
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana 15-sentabr 2003
Maqolalar soni 502 440
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Tatarcha Vikipediya (tatarcha: Татар Википедиясе, Tatar Wikipediəse) – Vikipediyaning tatar tilidagi boʻlimi. 2003-yil 15-sentyabrda oʻz faoliyatini boshlagan. Ilk maqolalari faqat lotin alifbosi bilan yozilgan. Hozirgi kunda maqolalarni lotin va kirill alifbosi bilan yozishga boʻladi.

Hozirgi ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2025-yil 9-fevral boʻyicha Tatarcha Vikipediyada 502 440 maqolalar mavjud. 54 404 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 78 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 6 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni – 4 406 969. Teranligi (bugun): Expression error: Unrecognized punctuation character "²".

  • 2018-yil 3-iyul – 80 000 maqola
  • 2016-yil 24-dekabr – 70 000 maqola
  • 2015-yil 9-aprel – 66 666 maqola
  • 2013-yil 28-iyul – 50 000 maqola
  • 2013-yil 30-mart – 40 000 maqola
  • 2012-yil 25-aprel – 15 000 maqola
  • 2011-yil 4-noyabr – 13 000 maqola
  • 2011-yil 27-avgust – 12 000 maqola
  • 2011-yil 8-iyul – 10 000 maqola
  • 2010-yil 24-dekabr – 8000 maqola
  • 2010-yil 11-avgust – 7000 maqola
  • 2010-yil 14-aprel – 6000 maqola
  • 2009-yil 28-dekabr – 5000 maqola
  • 2009-yil 15-iyun – 4000 maqola

Musobaqada ishtiroklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Tugan tel“ (Ona til) nominatsiyasi boʻyicha Tatarcha Vikipediya ikki yil ketma-ket 2009[1] va 2010-yillar[2] „Tatnen yulduzi“ nomli mukofotni qoʻlga kiritdi.