Kontent qismiga oʻtish

Yevroosiyo banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevroosiyo banki
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Faoliyati Bank ishi
Asos solingan 2024-yil
Bosh kompaniyasi „Yevroosiyo banki“ AJ
( KAZ)
Boshqaruvchi jamiyati “Yevrosiyo moliya kompaniyasi” AJ
( KAZ)

Yevroosiyo banki AJ – 2024-yilda Oʻzbekistonda faoliyatini boshlagan aksiyadorlik jamiyati. Bank Qozogʻistonning „Yevroosiyo banki“ning shoʻba tashkiloti hisoblanadi[1][2][3].

2021-yil Qozogʻistonning „Yevroosiyo banki“i rahbari Valentin Morozov oʻz intervyusida qoʻshni respublika bank bozorining jozibadorligini taʼkidlab, bu yerda faoliyat boshlash haqida maʼlum qiladi[4][5].

Hamma bu bozorga eʼtibor qaratmoqda. Shu jumladan biz ham. Ishonchim komilki, Rossiyada ham, Xitoyda ham, Yaqin Sharqda ham, Londonda ham, Nyu-Yorkda ham, Gonkongda ham, Tokioda ham ular Oʻzbekistonga qarab turibdi. Masala kim borishi va kimga ruxsat berilishidadir. Shuningdek kim muvaffaqiyatga erisha olishida ham. Barchasini vaqt koʻrsatadi. Ammo buni eʼtiborsiz qoldirishning iloji yoʻqligi haqiqatdir[6].

— Valentin Morozov[4]

Qozogʻiston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi 2022-yil 12-dekabrda chiqargan № 116 sonli qarori asosida[7] „Yevroosiyo banki“ga Oʻzbekistonda aynan shu nom bilan faoliyat koʻrsatishga ruxsat beriladi[2][4].

2023-yil may oyida regulyator Qozogʻiston Yevroosiyo bankiga Oʻzbekistonda shoʻba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsatnoma berdi. Shundan soʻng Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari Nodirbek Saydullaev shoʻba korxona yil oxirigacha ish boshlashini kutayotganini maʼlum qiladi[2].

2024-yil 12-yanvar kuni Markaziy bank tomonidan „Yevroosiyo banki“ga litsenziya beriladi[8][9][2].

Yevroosiyo banki

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevrosiyo banki 1994-yilda yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan boʻlib, aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar munosabati bilan 2003-yilda aksiyadorlik jamiyati (OAJ) sifatida qayta roʻyxatdan oʻtgan[10]. Ushbu bank oʻz navbatida “Yevrosiyo moliya kompaniyasi” AJ bank va sugʻurta xolding kompaniyasining shoʻʼba kompaniyasi boʻlib[11], bank aktsiyalarining 100 foizi ushbu shirkatga tegishli. “Yevrosiyo moliya kompaniyasi” AJning yakuniy benefitsiarlari Ibragimovlar oilasi[12] (33,3 foiz), Aleksandr Mashkevich (33,3 %) va asli oʻzbekistonlik tadbirkor Fattoh Shodiyev hisoblanadi[13][14].

Bankning bosh ofisi Qozogʻistonning Olmaota shahrida joylashgan. 2023-yil 1-noyabr holatiga bank Qozogʻistonda 19 ta hududiy filialga ega[9].

  1. „Қозоғистоннинг “Евроосиё Банки”га Ўзбекистонда банк фаолиятини амалга оширишга лицензия берилди“. uzreport.news. Qaraldi: 30-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „ЦБ зарегистрировал и выдал лицензию Евразийскому банку“ (ru). spot.uz. Qaraldi: 30-oktyabr.
  3. „В Ташкенте откроется филиал еще одного казахстанского банка“. uzness.uz. Qaraldi: 30-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Казахстан разрешил Евразийскому банку работать в Узбекистане“ (ru). spot.uz (2022-yil 16-dekabr). Qaraldi: 30-oktyabr.
  5. Тумашова, Елена „Евразийский банк сосредоточится на бизнесе внутри Казахстана“ (ru). inbusiness.kz (31-oktyabr).
  6. „«Вопрос в том, кого пустят» — глава Евразийского банка о рынке Узбекистана“ (ru). spot.uz (28 мая 2021). Qaraldi: 30-oktyabr.
  7. „АО «Евразийский банк» выдано разрешение на создание дочерней организации в Республике Узбекистан“ (30-oktyabr). Qaraldi: 30-oktyabr.
  8.  Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  9. 9,0 9,1 „Yevrosiyo bankiga O‘zbekistonda litsenziya berildi“. kun.uz. Qaraldi: 30-oktyabr.
  10. „Дочерние компании“. efco.kz. Qaraldi: 30-oktyabr.
  11. „О компании“. efco.kz. Qaraldi: 30-oktyabr.
  12. „Семья Ибрагимовых“. forbes.kz. Qaraldi: 30-oktyabr.
  13. „Евразийский банк“ (ru). forbes.kz. Qaraldi: 30-oktyabr.
  14. „O‘zbekistonda Qozog‘istonning Yevrosiyo banki shu’ba korxonasi ro‘yxatdan o‘tdi“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 30-oktyabr.