Bank-moliya akademiyasi
Asos solingan sanasi | 1996-yil |
---|---|
Veb-sayti | bfa.uz |
Bank-moliya akademiyasi, BMA — OʻzRda iqtisodiyot sohasida magistrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti, Oʻzbekiston Banklar uyushmasiga qaraydi. 1996-yil 2-mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan, BMA Respublika bankmoliya tizimi uchun jahon talablari darajasida mutaxassislar tayyorlaydi. BMAda bank ishi; moliya; soliq va soliqqa tortish; bankmoliya xodimlarining malaka oshirish fakultetlari bor. Akademiyaga 2 yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan bakalavr mutaxassislar tanlov asosida qabul qilinadi. 1997 — 98 ylarda akademiyaga 153 kishi qabul qilingan. Akademiyada 11 kafedra boʻlib, 19 professor-oʻqituvchilar, jumladan, 5 fan dri, professor, 11 fan nomzodi, dotsent ishladi (2000). Akademiya "Bank ishi", "Moliyani boshqarish", "Soliq ishi" mutaxassisligi boʻyicha magistr unvoni beradi. 2000-yil akademiyani 92 kishi bitirib chiqdi, ulardan 91 kishi dissertatsiya yoqlab magistr unvonini oldi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |