Kontent qismiga oʻtish

Aviabank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Aviabank" – Oʻzbekistondagi universal aksiyadorlik tijorat banki. 1990-yil dekabrda tashkil topgan. Toshkent shahrida joylashgan. Asosan respublikada aviatsiya transporti va unga xizmat koʻrsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishga, moliya-kredit resurslarini jalb qilishga koʻmaklashadi, yuridik va jismoniy shaxslarga turli bank xizmatlari koʻrsatadi. Aksiyadorlik kapitali summasi 50, zaxira kapitali 76,5, berilgan kreditlar 73,2, koʻrilgan yillik foyda 143,2; jami aktivlari 475,5 mln. soʻm (1997-yil 1-yanvar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil