Alijon Ibragimov
Alijon Rahmonovich Ibragimov | |
---|---|
Алижон Раҳмонович Иброҳимов | |
Tavalludi |
5-iyun 1954-yil |
Vafoti |
3-fevral 2021-yil (66 yoshda) |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Turmush oʻrtogʻi | Muqaddasxon Ibragimova |
Ibragimov Alijon Rahmonovich (qozoqcha: Ибрагимов Алижан Рахманович; 1954-yil 5-iyun, Fargʻona – 2021-yil 3-fevral) – asli kelib chiqishi uygʻur boʻlgan Qozogʻistonlik tadbirkor[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-1974-yillarda – Moskva veterinariya akademiyasida va S. Orjonikidze nomli boshqaruv institutida oʻqigan. 1989-yildan Qozogʻistonda biznes boshlagan. 1989—1991-yillarda „Nevada-Semipalatinsk“ tijorat markazi direktori. 1994-1998-yillarda „Yevraziyskiy Bank“ AJ direktorlar kengashi raisi. 2002-yildan – „Kazxrom“ kompaniyasi prezidenti. „Eurasian National Resources Corporation“ (ENRC) hamraisi[2].
Boyligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Forbes jurnalining 2011-yildagi tahliliga koʻra, uning boyligi 3,7 milliard AQSH dollari miqdorida baholahgan[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiyaning Hamdoʻstlik ordeni bilan taqdirlangan[4].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oltita oʻgʻli bor.
- Turmush oʻrtogʻi Muqaddasxon Ibragimova[5].
- Oʻgʻillari: Doston, Davron, Shuhrat, Furqat, Ergash, Yoldosh.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://www.literatura.kg/uploads/ernst_akramov_bio_2.doc
- ↑ The Search Engine that Does at InfoWeb.net, 2010-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-12
- ↑ World’s Billionaires 2011
- ↑ Высокая орденская планка. Михаил ДВОРЯНЧИКОВ, «Экспресс-К», 1 марта, 2014-05-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-12
- ↑ Affiliirovannie litsa Otel „Alatau“[sayt ishlamaydi]