Sugʻd tili
Sugʻd tili — eroniy tillarning shimoliy sharqiy guruhiga mansub oʻlik til. Suʼgd tili XIV asrgacha Sugʻdiyona hududida, yaʼni, hozirgi Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston hududlarida yashagan va hozirgi oʻzbek va tojiklarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanmish tarixiy xalq - sug'diylarning tili hisoblangan[1]. Keyinchalik sug'diylarning turkiylashishi va forsiylashishi natijasida sugʻd tili oʻlik tilga aylangan[2]. Sugʻd tilida qadimgi Xitoydagi ayrim soʻgʻd muhojir jamoalari ham soʻzlashgan. Soʻgʻd tili baqtriya, Xoʻtan sak tili, fors va parfiya tillari bilan bir qatorda oʻrta asr Eroniy tillarining eng muhim boʻg'inlaridan biridir. U katta adabiy korpusga ega. Qadimiy fors yozuvlarida Sugʻd tili alohida tilga olinadi va mashhur Soʻgʻd tili Ahamoniylar saltanati davridan (miloddan avval 559–323) mavjud boʻlgan.
Xoʻtan tiliga oʻxshab, soʻg'd tili ham fors tiliga qaraganda ancha konservativ grammatika va morfologiyaga ega boʻlgan. Zamonaviy Sharqiy Eroniy tillardan biri - Yagʻnob tili Soʻg'dning janubida joylashgan Ustrushona hududida 8-asr atrofida gapirilgan soʻg'd tili lahjasining avlodidir.
Zarafshon daryosi vodiysi (hozirgi Oʻzbekiston va Tojikiston hududi)da joylashgan Sugʻd (Sugʻdiyona) davlatining rasmiy tili hisoblangan. "Sugʻd" toponimi qadimiy yozma manbalardan "Avesto"da uchraydi. Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, 8— 9-asrlar (Sugʻd tilining asosiy yozma yodgorliklari yaratilgan davr)da Sug'd tili asosiy yozma va ogʻzaki aloqa tili hisoblangan. Xitoyning Tan sulolasi davrida (taxminan milodiy 7-asr) soʻgʻd tili Markaziy Osiyoda asosiy muloqot tili boʻlgan[3][4] va boshqa tillarga ham ta'sir o'tkazgan, xususan, Sug'diychada tim (“mehmonxona”) soʻzi xitoy tiliga kirib borgan (xitoycha: 店 /tem/).
Arablar istilosidan soʻng, Sugʻd tili arab, klassik fors tillari hamda turkiy tillar tomonidan assimilyatsiyaga uchragan. Sugʻd tilining uzil-kesil yoʻqolishi 12—13 asrlarga toʻgʻri keladi. Bu tilning baʼzi (asosan lugʻaviy) unsurlari hozirgi oʻzbek va tojik tillariga singib ketgan.
Sugʻd tili bir necha sheva va lahjalarga boʻlingan. Sugʻdiyona va Uygʻuristonda topilgan yodgorliklar tili sugʻdiy shevalarning gʻarbiy guruhini aks ettiradi.
Sug'd qo'lyozmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy Turkiston hududidan soʻgʻd tiliga oid qoʻlyozma parchalarining topilishi soʻgʻd tilini oʻrganishga turtki berdi. Robert Gautiot (birinchi buddist sugʻd olimi) va Pol Pelliot (Dunxuanda kashfiyot chogʻida soʻg'd materiallarini qoʻlga kiritgan) Pelliot 1908-yilda kashf etgan soʻg'd materiallarini tekshirishni boshladilar. Gautiotning eng muhim maqolalaridan biri bu soʻgʻdcha matnga lugʻat boʻlib, u vafot etganida uni tugallash arafasida edi. Bu ishni Gautiot vafotidan keyin Emile Benveniste davom ettirdi.[5]
Turfon matn korpusidan nemis ekspeditsiyalari tomonidan turli xil sugʻd parchalari topilgan. Bu ekspeditsiyalar Berlin etnologiya muzeyi tomonidan nazorat qilingan.[6] Bu qismlar deyarli butunlay manixiy va nasroniy yozuvchilarning diniy asarlaridan, shu jumladan Injil tarjimalaridan iborat. Soʻgʻd diniy asarlarining aksariyati IX-X asrlarga oid.[7]
Dunxuan va Turfon manixiy, buddist va nasroniy soʻg'diy matnlarining eng koʻp topilgan ikkita joyi edi. “Soʻg'diyona”ning oʻzi aslida ancha kichikroq matnlar toʻplamini oʻz ichiga olgan. Bu matnlar kichik Soʻg'd podshosi Divashtichga tegishli boʻlgan biznes bilan bogʻliq edi. Mazkur matnlar tijoratga oid boʻlgan va musulmonlar istilosi davrida, taxminan 700-yilga toʻg'ri keladi.
Sug'd alifbosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asr Eroniy tillari uchun qoʻllaniladigan barcha yozuv tizimlari singari, soʻg'd alifbosi ham oromiy alifbosidan olingan. Oʻzining yaqin qarindoshlari singari, soʻg'd tilidagi pahlaviy yozuvlarida ham koʻplab logogrammalar yoki ideogrammalar mavjud boʻlib, ular oʻz ona tilini ifodalash uchun yozilgan oromiy soʻzlar edi. Soʻg'd yozuvi eski uygʻur alifbosining toʻg'ridan-toʻg'ri ajdodi boʻlib, oʻzi anʼanaviy moʻg'ul alifbosining asoschisi hisoblanadi.
Proto-Sinay yozuvidan kelib chiqqan boshqa yozuv tizimlarida boʻlgani kabi, unlilar uchun ham maxsus belgilar mavjud emas. Oromiy tizimida boʻlgani kabi, y w undosh belgilari mos ravishda choʻziq unlilar [a: i: u:] uchun matre lectionis sifatida ishlatilishi mumkin. Lekin, bu undosh belgilar baʼzan qisqa unlilarni ifodalash uchun ham xizmat qiladi (ular baʼzan ifodasiz qolishi ham mumkin). Choʻziq unlilarni qisqa unlilardan farqlash uchun choʻziq unlini bildiruvchi belgidan oldin qoʻshimcha alefa yozilishi mumkin[8].
Sugʻd tilida 29 ta harfdan iborat boʻlgan manixey alifbosi ham qoʻllangan.[9]
Soʻg'd yozuvini rim harflariga koʻchirishda oromiy ideogrammalari koʻpincha bosh harflar yordamida qayd qilinadi.
Sugʻd tili vokalizmi choʻziqligi jihatidan oʻzaro qaramaqarshi qoʻyiluvchi 5 juft unli (a—a, i—i, u—u, e—e, oʻ— oʻ), 2 juft diftong va oʻz juftiga ega boʻlmagan e fonemasidan, konsonant tizimi esa 19 fonemadan iborat boʻlgan. Grammatik qurilishida analitik belgilar bilan bir qatorda qadimiy flektiv turga xos xususiyatlar ham mavjud boʻlgan.
Sugʻd yozuvi qadimiy oromiy yozuvi asosida milodiy 1-asr boshlarida shakllangan. Turli davrlarda oʻzgarib borganligi tufayli bir necha koʻrinishga ega. Eng qadimiy yodgorliklari 2—4-asrlarga mansub. Ular Sharqiy Turkiston, Tojikiston (Mugʻ qalʼa harobasi), Afrosiyob, Toshkent, Quva va boshqa joylarda topilgan. Afrosiyobdan topilgan 16 satrli hujjat matni 7-asr oʻrtalaridagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti haqida qiziqarli maʼlumot beradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sogdian Language and Its Scripts“.
- ↑ https://www.fontanka.ru/2012/04/02/130/
- ↑ Rachel Lung (7-sentabr 2011-yil). Interpreters in Early Imperial China. John Benjamins Publishing Company. pp. 151–. ISBN 978-90-272-8418-1..
- ↑ Weinberger, E., "China's Golden Age", The New York Review of Books, 55:17. Retrieved on 2008-10-19..
- ↑ Utz, David. (1978). Survey of Buddhist Sogdian studies. Tokyo: The Reiyukai Library..
- ↑ Utz, David. (1978). Survey of Buddhist Sogdian studies. Tokyo: The Reiyukai Library..
- ↑ "Iranian Languages"(2009). Encyclopædia Britannica. Retrieved on 2009-04-09.
- ↑ Clauson, Gerard. 2002. Studies in Turkic and Mongolic linguistics. P.103-104..
- ↑ Gershevitch, Ilya. (1954). A Grammar of Manichean Sogdian. p.1. Oxford: Blackwell..
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Livshits V. A., Sogdiytsy v Semirechye: lingvisticheskiye i epigraficheskiye svidetelʼstva // Krasnaya rechka i Burana. Frunze. 1989.
- Livshits V. A., Sogdiyskiye dokumenty s gory Mug. Vypusk 2. Chteniye. Perevod. Kommentariy. Yuridicheskiye dokumenty i pisʼma. M., 1962.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |