Ximachalpradesh
| ||
shtat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Shimla | |
Yirik shahari | Shimla | |
Gubernator | Urmila Singx | |
Bosh vazir | Prem Kumar Dxumal | |
Rasmiy tillar | Hind tili, пахари | |
Aholi (2011) | 6 856 509 | |
Zichligi | 123,16 kishi./km² | |
Maydoni | 55 673 km² (17-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | +5:30 | |
Qisqacha | IN-HP | |
Kod ISO 3166-2 | IN-HP | |
Rasmiy sayti | http://himachal.nic.in/ | |
Xaritada | ||
31.1033°0′0″N 77.1722°0′0″E / 31.10330°N 77.17220°E |
Ximachal-Pradesh (hindcha: हिमाचल प्रदेश, XFA: ɦɪmaːtʃəl prəd̪eːʃ ; inglizcha: Himachal Pradesh) - Hindiston shtati. Maydoni 55,7 ming km². Aholisi 6 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Simla shahri. Relyefi togʻli boʻlib, Himolay togʻlarining janunubi-gʻarbiy qismida, Satlaj, Bias, Ravi daryolarining boshlanish yerida joylashgan. Iqlimi togʻ subtropik, mussonli iqlim. Hududining 50% keng bargli va igna bargli oʻrmon.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Ekin maydoni 550 ming ga ni tashkil etadi. Daryo vodiylarida bugʻdoy, makkajoʻxori, suli, sholi, kartoshka ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Dorivor oʻt va oʻsimliklar yigʻiladi. Daromadining 1/3 kismini oʻrmonchilik beradi. Qogʻoz, pivo, qishloq xoʻjaligi qurollari, elektr motorlar ishlab chiqarish zavodlari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Qimmatbaho toshlarga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Teridan turli buyumlar, junli ip va shol roʻmollar tayyorlanadi. Energetika quvvati 20 mln. kVt.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |