Kontent qismiga oʻtish

Xayrobodtepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xayrobodtepa – shahar xarobasi (miloddan avvalgi I asr – miloddan avvalgi III—IX asrlar) Termiz shahri(Surxondaryo viloyati)dan 30 km shimolda, Angor qishlogʻi yaqinida joylashgan. Tarhi toʻrtburchak (150x100 m), minoralari boʻlgan mudofaa devori va xandaq bilan oʻralgan. Xayrobodtepaning janubi-sharqiy qismida mustahkamlangan ark boʻlib, uning atrofiga ham xandaq qazilgan. Xayrobodtepa qadimda devor bilan teng 2 qismga ajratilgan. Devorning eni 8 m, saqlangan balandligi 10 m. Xayrobodtepaning bir qismida ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda ham hayot davom etgan. Arxeologik qazishmalar natijasida sopol idishlar, terrakota haykalchalar, baqtriy yozuvi bitilgan xumlar, Sapadbiz, Neron, Kadfiz II, Kanishka, Vasudeva tangalari chiqqan.