Angor (shahar)
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Angor | |
---|---|
shahar | |
37°27′50″N 67°09′0″E / 37.46389°N 67.15000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
tuman | Angor tumani |
Aholisi | 14 110 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Angor — Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Angor tumana markazi. Surxon-Sherobod vodiysida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida. Termiz shahridan 33 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Navshahardan 14 km. Aholisi 14,1 ming kishi (1995). Angor arigʻidan suv ichadi. Sanoat korxonalarida asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. 3 umu-miy taʼlim maktabi, 4 bolalar bogʻchasi, tuman markaziy kasalxonasi, kattalar poliklinikasi, oʻsmirlar poliklinika-si, paxta hissadorlik jamiyati, tuman davlat hissadorlik mashina-traktor parki tuman boʻlimi, savdo punktlari, 2 kinoteatr, 2 kutubxona, madaniyat uyi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish pun-kti bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |