Kontent qismiga oʻtish

Vodiy zambaklari (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vodiy zambaklari Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1898
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Alexandra Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Viktor Vekselberg Sankt-Peterburgdagi Fabergé muzeyi,Rossiya
Sotib olish yili 2004
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Michael Perkhin
Foydalanilgan materiallar Oltin, emal, yoqut, olmos,marvarid
Boʻyi 151 mm
Eni -
Oʻziga xos xususiyati Podshoh Nikolay II va uning 2 ta qizi:Olga va Tatiananing portretlari

Vodiy zambaklari tuxumi 1898-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostida Fabergé ustaxonasi ustalari tomonidan ishlab chiqarilgan marvaridli Fabergé tuxumidir. Nazorat qiluvchi zargar Michael Perchin edi. Vodiy zambaklari tuxumi zamonaviy uslubdagi ikkita tuxumdan biri hisoblanadi(ikkinchisi — Pansy). Vodiy zambaklari tuxumi 5-aprel kuni podsho Nikolay II ga taqdim etildi. Podsho Nikolay II tuxumni rafiqasi Alexandra Feodorovnaga sovgʻa qildi.Hozirgi kunda Vodiy zambaklari tuxumi Sankt-Peterburgdagi Fabergé muzeyida saqlanadigan Viktor Vekselberg kolleksiyasining bir qismidir[1]. Vodiy zambaklari tuxumini Viktor Vekselberg 2004-yilda Fabergéning boshqa 10 ta tuxumlari bilan birga sotib olgan.

Vodiy zambaklari tuxumi pushti emal bilan sirlanib marvarid bilan qoplangan. Tuxum shudring tomchilari shaklidagi olmos va yashil rangdagi oltin barglar bilan bezatilgan. Oltin poyali zambaklar yashil sirlangan barglar va yoqut, marvarid va olmos bilan bezatilgan oltindan yasalgan gullarga ega[2].

Oʻziga xos xususiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu tuxumning o'ziga xos xususiyati oltinga oʻrnatilgan marvarid tugmachasini burish orqali tuxumning ichidan „koʻtarilib chiqadigan portretlar“ hisoblanadi. Mexanizm toʻliq koʻtarilganda, yoqut bilan oʻrnatilgan imperator toji ostida uchta portret koʻrinadi: Podshoh Nikolay II va uning ikki qizi, Buyuk Gertsog Olga va Buyuk Gertsog Tatiana. Bu portretlar fil suyagiga Johannes Zehngraf tomonidan chizilgan. Portretlar atirgul shaklidagi olmoslar bilan bezatilgan. 1898- yil 31-iyuldagi taqdimot sanasida ishlov berilgan oltin panellar bilan jihozlangan.