Kontent qismiga oʻtish

Virginiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Virginiadan yoʻnaltirildi)
Virginiya
Virginiya
Shtat
Virginiya bayrogʻi Virginiya tamgʻasi
Virginiya bayrogʻi Virginiya tamgʻasi

Shtat laqabi: Qari hukmronli
(Old Dominion)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Richmond
Eng yirik shaharlar Virginia Beach
Norfolk
Chesapeake
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 35-oʻrinda

110,785 km²
7.43 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 12-oʻrinda

7,567,465
69.03 kishi/km²
11
13

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 12-oʻrinda

$329,332 million
$44,021

Ittifoqqa kirish

   • Sana

10-boʻlib

25 iyun 1788

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma VT [50]
Shtat guli American Dogwood

(Cornus florida)

Shtat daraxti Flowering dogwood

(Cornus florida)

Virginiya - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Richmond shahri. AQSh ittifogʻiga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin.

AQSHning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Maydoni 105,7 ming km2. Aholisi 6,5 mln.dan koʻproq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Richmond shahri. Virginiyaning gʻarbida balandligi 1743 m gacha boʻlgan Appalachi togʻ tizmalari, oʻrta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — G dan 5° gacha, iyulniki 23—26°. Yillikyogʻin 1000 mm. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bor.

Virginiya industrial-agrar shtat. Toshkoʻmir, tabiiy gaz va qurilish materiallari qazib chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo (sunʼiy tola, oʻgʻit, portlovchi moddalar ishlab chiqarish), elektrotexnika, radioelektronika, tamaki, oziq-ovqat, ip gazlama, yogʻochsozlik, kemasozlik. Eng yirik sanoat markazi— Roanok shahri. Port shaharlari — Norfolk, Portsmut, Nyuport-Nyus, Danvill. Yer-suv asosan yirik fermer xoʻjaliklari qoʻlida. Virginiyaning yer yuzasida eroziya jarayoni kuchli boʻlganidan ekinzorlarning bir qismi yaroqsiz boʻlib qolgan. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Muhim ekinlari: tamaki, bugʻdoy, makkajoʻxori, yer yongʻoq, paxta. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining qariyb yarmi chorvachilikdan olinadi. Koʻproq qoramol, parranda va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash ham rivojlangan. Virginiyaning Atlantika okeani sohilidagi Xempton-Rode gavanida kemalar quriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil