Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni/Natija

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


Natija raqamlarda

[manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekcha Vikipediya ommalashmoqda. 2024-yilning yanvar-iyul oylarining har birida oldingi yillarning ayni oylariga solishtirganda foydalanuvchilar tomonidan qilingan umumiy tashriflar soni muntazam koʻp boʻldi. Masalan, 2023-yilning yanvar oyida oʻzbekcha Vikipediya sahifalari 9 777 303 marta koʻrilgan boʻlsa, joriy yilning yanvar oyida bu koʻrsatkich 18 118 417 ni tashkil qildi.
  • Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni 300 000 dan oshdi. 2024-yilning 29-iyun kuni oʻzbekcha Vikipediyada yaratilgan maqolalar soni 300 000 dan oshdi[izoh 1].
  • Oʻzbekcha Vikipediya barcha tillardagi Vikipediyalar roʻyxatida 41-oʻringa koʻtarildi. 2024-yilda oʻzbekcha Vikipediya soddalashtirilgan inglizcha hamda valliycha Vikipediyalardan oʻzib, barcha tillardagi Vikipediyalar orasida 41-chi oʻringa chiqib oldi[izoh 2].
  1. Ayrim marafon ishtirokchilari tomonidan Content Translation uskunasi yordamida yaratilgan koʻp sonli avtomat tarjimadan iborat maqolalar oʻchirilayotgani uchun ayni damda maqolalarning umumiy soni 300 mingdan ozroq.
  2. Bugunga qadar 345 ta Vikipediya boʻlimi yaratilgan, ammo ularning 13 tasi faol foydalanuvchilar yoʻqligi uchun yopilgan.