Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni/Paramarafon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


Paramarafon – nogironligi boʻlgan ishtirokchilar oʻrtasida asosiy marafonga parallel ravishda tashkil etiluvchi individual marafon.

Premarafon bosqichida nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlovchi tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, loyihani mazkur qatlam orasida ommalashtirish boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Paramarafon 2024-yil 1-iyundan 30-noyabrga qadar davom etib, marafon davomida eng yaxshi natija koʻrsatgan 3 nafar ishtirokchi taqdirlanadi.

  • Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi qatnasha oladi;
  • Marafonga quyidagi talablarga javob beradigan maqolalar qabul qilinadi:

* Yaratgan maqolangizni Fountainga kiritishdan oldin, yuqoridagi talablarga mos kelishini tekshirib chiqing. Marafon qoidalariga mos kelmaydigan, lekin Fountainga kiritilgan maqola hakamlar tomonidan maʼqullanmaydi va 0 ball bilan baholanadi.

Baholash tartibi

[manbasini tahrirlash]
  • Hakamlar tomonidan faqat Fountainga kiritilgan maqolalargina baholanadi.
  • Hakamlar, tashkilotchilar, sobiq hamda amaldagi administratorlar tomonidan yaratilgan va Fountainga kiritilmagan maqolalar 0 ballga baholanadi.
  • Marafon talablariga javob beradigan har bir tanlov maqolasi 1 ball bilan baholanadi.
  • Hakamlar maqola sifatini hisobga olib, ulardan har birini qoʻshimcha ball bilan taqdirlash huquqiga ega:
    • Mustaqil yaratilgan, nufuzli manba hamda adabiyotlarga tayangan maqolalar (masalan, boshqa vikilardan butunligicha yoki qisman tarjima qilingan va qoʻshimcha maʼlumot kiritilmagan maqolalar mustaqil yaratilgan hisoblanmaydi);
    • Murakkab uslubda rasmiylashtirilgan maqolalar (toʻgʻri ishlatilgan andoza, nufuzli manbalar va adabiyotlar, toʻgʻri hamda mos tanlangan turkumlar, Vikimaʼlumotlar bandi, suratlar va umuman ularning murakkab kombinatsiyasini hisobga olgan holda);
    • Maqola mavzusiga bogʻliq matnning katta hajmi uchun;
    • Agar uslubiy, orfografik xatolar, tarjimaning yomonligi va jiddiy qayta koʻrib chiqish/qayta koʻrib chiqishni talab qiladigan boshqa kamchiliklar mavjud boʻlsa, bu kabi maqolalardan hakamlar hay’ati 1 ball olib tashlash huquqiga ega.