Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni/Qoidalar va baholash tartibi
Qiyofa
BOSH SAHIFA | TELEGRAM | YOUTUBE |
|
ASOSIY | QOIDALAR BAHOLASH TARTIBI |
PREMARAFON | ASOSIY MARAFON | PARAMARAFON | WIKINATIONS | NATIJA |
Qoidalar
[manbasini tahrirlash]Marafonning II turi uchun maqolalar kiritish 5-iyuldan 15-avgustgacha, 40 kun davom etadi. |
Jamoalar tarkibiga qoʻyiladigan talablar
[manbasini tahrirlash]- Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilardan tashkil topgan guruhlar qatnasha oladi.
- Jamoalarni marafonga qabul qilish butun marafon mobaynida davom etadi.
- Jamoa tarkibi tasdiqlanib, jamoalar roʻyxatiga qoʻshilishi bilan ularning ballari hisoblana boshlaydi.
- Jamoa aʼzolari soni 5 nafarni tashkil etadi.
- Jamoalar maʼlum OTM talabalari, professional taʼlim muassasalari va maktab oʻquvchilari, „Wikiklub“lar aʼzolari negizida, shuningdek, koʻngilli yoshlar tashabbusi bilan tashkil qilinishi mumkin (jamoa aʼzolarining bir taʼlim muaassasida oʻqishi va, umuman, talaba boʻlishi ham talab qilinmaydi).
- Jamoa aʼzoligi uchun yosh chegaralanmagan.
- Avvalgi mavsum sovrindorlari (birinchi mavsum kuchli uchligi, beshligi va oʻnligi, shuningdek, ikkinchi mavsum oyliklar gʻoliblari (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin sohiblari)), oʻzbekcha Vikipediyaning amaldagi va sobiq administratorlari bitta jamoada bir nafardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
- Marafonda hakamlik qiluvchi administratorlar hamda hakamlar safiga qoʻshilgan koʻngilli foydalanuvchilar, shuningdek, tashkiliy jamoa aʼzolari marafon ishtirokchisi boʻla olmaydi.
- Jamoa aʼzolari oʻz tarkibini marafon boshlanganidan soʻng har yigirma kunda (bir turda ikki marta) tashkiliy jamoaga yuborish orqali yangilashlari mumkin. Har bir oʻzgarish jarayonida tarkibni koʻpi bilan ikki kishiga almashtirish imkoni mavjud.
- Marafonning birinchi turida jamoa roʻyxatini shakllantirgan, ammo marafonga taalluqli tahrirlar amalga oshirmagan hamda tegishli jamoa jadvaliga oʻzgarish kiritmagan jamoa sardori jamoalar sahifasining munozarasiga yozish orqali jamoa sahifasini I tur arxividan II tur roʻyxatiga oʻtkazishi mumkin. Bunda jamoaning tegishli maʼlumotlarni taqdim etgani hisobga olinadi.
Asosiy marafon
[manbasini tahrirlash]- Jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish
- Jamoalarni roʻyxatga olish oʻzbekcha Vikipediyada jamoa sahifasini yaratish va shundan soʻng maxsus bot orqali jamoa aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish bilan amalga oshiriladi.
- Jamoa tarkibini shakllantirish nihoyasiga yetganidan soʻng, jamoa sardori oʻz jamoasini maxsus sahifada koʻrsatilgan namuna asosida oʻzbekcha Vikipediyada rasmiylashtirishi talab etiladi.
- Jamoalarga oid maxsus sahifalar yaratilganidan soʻng, Jamoalar sahifasining munozarasi orqali jamoa tashkil etilish jarayoni nihoyasiga yetgani va jamoani rasman marafon uchun qabul etilishiga doir xabar qoldirilishi zarur. Marafon administratorlaridan biri jamoa rasmiylashtirilishi nihoyasiga yetganiga ishonch hosil qilgach, uni jamoalar roʻyxatiga kiritadi.
- Jamoa aʼzolari haqidagi maʼlumotlarning toʻliq boʻlishi jamoa ballarini hisoblashda muhim ahamiyatga ega;
- Maxsus sahifasi yaratilgan, tashkilotchilar tomonidan tasdiqlangan, biroq Jamoalar roʻyxatiga kiritilmagan jamoalar marafon ishtirokchisi hisoblanmaydi, bunday jamoalarning ishlari baholanmaydi.
- Fotosuratlar
- Tur davomida fotosuratlar yuklash ixtiyoriy boʻlib, fotosuratlar yuklagan jamoalarga qoʻshimcha yuklagan suratlariga mos ravishda qoʻshimcha ballar beriladi;
- Yuklanayotgan tasvirlar Vikiombor qoidalariga va maʼlum bir davlat qonunchiligiga zid boʻlmasligi shart.
- Guruh ishtirokchilari tomonidan marafondan avval, shuningdek, marafon davomida olingan suratlar Vikiomborga yuklanishi mumkin.
- Bir obyektning bir necha xil rakursdan yoki farqli davrlar (kecha va kunduz, yilning turli fasllari)ga tegishli suratlari qabul qilinadi.
Baholash tartibi
[manbasini tahrirlash]Asosiy marafon
[manbasini tahrirlash]Kontentga qoʻyiladigan talablar
[manbasini tahrirlash]- Marafon mobaynida ishtirokchilardan yangi maqolalar hamda tarjima maqolalar yaratishi talab qilinadi.
- Jamoalar kiritgan maqolalar ayni jamoaning boshqa aʼzolari tomonidan ham tahrir qilinishi kerak.
- Marafon yoki har bir tur davomida hech bir jamoa maʼlum maqola yoki maqolalar turkumini jamoa mulki sifatida eʼtirof etishi mumkin emas. Maqolalarga dahl qilish bilan bogʻliq holatda nizoli holat keltirib chiqargan jamoa yoki jamoalarning ayni maqola yoki maqolalar turkumiga oid qilgan barcha tahrirlari nol ballga tenglashtiriladi.
- Maqolalar yozish jarayonida oʻzbek tili qoidalarini surunkali qoʻpol ravishda buzish jarima ballar qoʻllashga olib keladi.
Fotosuratlarga qoʻyiladigan talablar
[manbasini tahrirlash]- Fotosuratlarning barchasi commons.wikimedia.org talablariga muvofiq yuklanishi hamda mualliflik huquqlari qoidalariga zid boʻlmasligi lozim.
- Fotosuratlar hajmi koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlgan taqdirda jamoaning boshqa qismlardagi ishlari hisobga olinmaydi.
- Yuklanayotgan fotosuratlarning barchasi toʻgʻri turkumlangan boʻlishi eʼtiborga olinadi.
- Fotosuratlar selfi yoki bir guruh shaxslarning tayyorgarlik bilan tushirilgan shaklda boʻlmasligi shart, tasvirlarda suvbelgilar va shu kabi tasvirni qayta ishlash davomida kiritilgan qoʻshimcha elementlar boʻlmasligi kerak. Fotosuratlarda aks etgan yosh bolalarning yuzi aniq koʻrinmasligi qatʼiy qoida sifatida talab etiladi.
Yangi maqola
[manbasini tahrirlash]- Yangi maqolaning chop etilgan holatidagi hajmi 200 soʻzdan kam boʻlmasligi kerak.
- Har bir qoʻshimcha 100 ta soʻz uchun ball beriladi.
- Maqolaning dolzarb mavzusi uchun qoʻshimcha ball beriladi.
- Qoidalarga mos ravishda sifatli qilib yaratilgan har bir yangi maqola 25 ball bilan baholanadi.
Tarjima qilingan maqola
[manbasini tahrirlash]- Barcha shartlarni qoniqtiruvchi (kamida 400 ta soʻz, nufuzli manbalar, qoidaga mos ravishda rasmiylashtirish, toʻliq va uslubiy/imloviy xatolarsiz tarjima qilingan) maqolalarga 10 ball beriladi;
- 400 soʻzdan keyin qoʻshilgan har 200 soʻz uchun qoʻshimcha 10 balldan beriladi;
- Maqolada ogohlantiruvchi andozalar koʻrsatilgan boʻlsa, -3 jarima ball beriladi;
- Maqola boshqa foydalanuvchi yoki bot tomonidan yaxshi holatga keltirilgan boʻlsa, -5 jarima ballgacha beriladi;
- Hakamlar tomonidan har bir tarjima maqola uchun (maqolaning toʻgʻri tuzilishi, nufuzli manbalar koʻrsatilganligi, rasmlar nomlanishi, grafiklar, jadvallar, turkumlar) qoʻshimcha ball berilishi mumkin;
Statusli maqolalar
[manbasini tahrirlash]- Yangi yaratilgan yoki tarjima qilingan maqola tur davom etgan davrda maʼlum bir statusga erishsa, hakamlar tomonidan berilgan ballning 100 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi.
- Bir guruhning statusli maqola uchun qoʻygan nomzodlari ketma-ket ikki marta status ololmasa, guruhga -2 jarima ball beriladi.
Umumiy qoidalar
[manbasini tahrirlash]- Hakamlar tomonidan qabul qilingan qarorlar, berilgan ballar muhokama qilinmaydi, qoʻyilgan ballar qayta koʻrib chiqilmaydi.
- Hakamlar hayʼati oʻzaro kelishgan holda yuzaga kelgan vaziyatga koʻra ish tutib, qoidalarga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish ushbu shartlarga toʻliq rozilik bildirganingizdan darak beradi.
Paramarafon
[manbasini tahrirlash]- Paramarafonda ishtirok etish uchun ishtirokchilardan nogironligi toʻgʻrisidagi guvohnomani koʻrsatishi soʻraladi.
- …