Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Foydalanuvchilarni tekshirish

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vikipediya:QHTdan yoʻnaltirildi)

Ushbu sahifada bir yoki undan koʻp Vikipediya hisoblari ayni shaxs tomonidan gʻarazli niyatda yuritilayotgani yoki yoʻqligini tekshirishimiz uchun soʻrov qoldirishingiz mumkin.

Tekshiruv oʻtkazilishini soʻrashdan oldin qoʻgʻirchoq hisob yuritilayotganini taxmin qilish uchun yetarlicha asos borligiga amin boʻling.

  1. Dalil keltirishingiz shart. Tekshiruv boshlar ekansiz, shubhali qoʻgʻirchoq hisoblar aloqador ekanligini koʻrsatuvchi dalillarni taqdim etishingiz shart. Dalillar orasida hisoblar bir-biriga aloqador ekanligini koʻrsatuvchi difflar boʻlishi kerak. (Tegishli tahrirlar oʻchirilgan holatlar bundan mustasno; bunday holatlarda hisoblar tahrirlagan sahifalarning nomlarini koʻrsatish yetarli boʻladi.)
  2. Dalillarni tushunarli holda keltirishingiz shart. Mujmal soʻrovlar koʻrib chiqilmaydi. Hisoblar bir-biriga aloqador ekanligi boʻyicha shubhalaringiz nimaga asoslanishini koʻrsatishingiz zarur.
  3. Loʻnda yozishingiz kerak. Dalillar loʻnda bayon qilinishi kerak. Aniq va qisqa izoh va dalillar keltirilgan soʻrovlar tezroq koʻrib chiqiladi.

Tekshiruvlarni administratorlar oʻtkazadi. Tekshiruv doirasida hisoblar faoliyati tahlil qilinib, ular aloqador ekanligi yoki yoʻqligi imkon qadar aniqlanadi. Oshkora soʻrov qoldirilgan holatlarda foydalanuvchilarni tekshiruvchilar ham tekshiruv oʻtkazishi mumkin. Tekshiruvchilar hisoblar bilan bogʻliq texnik maʼlumotlarni tahlil qilib, koʻrib chiqilayotgan hisoblar naqadar aloqador ekanligini aniqlaydi. Bunday tekshiruv natijasi odatda texnik dalillar deyiladi. Vikipediyaning oʻzidagi va hammaga ochiq dalillar esa xulq-atvorga oid dalillar deyiladi.

Foydalanuvchilarni tekshirish qoidalariga koʻra, xulq-atvorga oid aniq dalillar taqdim etilgandagina texnik tekshiruvlar oʻtkaziladi. Texnik dalillar taqdim etilishini soʻrab, xulq-atvorga oid dalillarni taqdim etmasangiz, tekshiruv oʻtkazilmaydi. Bundan tashqari, maxfiylik siyosatiga muvofiq, tekshiruvchilar odatda muayyan IP manzil muayyan foydalanuvchi hisobi bilan bogʻliq ekanligini oshkora taʼkidlamaydi.

Tekshiruv boshlash tartibi:

Mavjud tekshiruvga (yoki „ish“ga) qoʻshimcha qilish uchun quyidagi qutida ish nomini yozing. Yangi tekshiruv boshlash uchun esa ishga aloqador eng eski (yaʼni, dastlab roʻyxatdan oʻtgan) hisob („qoʻgʻirchoq egasi“ desak boʻladi) nomini yozing. Agar faqat IP-adreslar koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, holatga aloqador eng birinchi tahrirni qilgan IP-adresni kiriting. Soʻngra, „Yaratish“ tugmasini bosing. „Foydalanuvchi:“ yoki boshqa qoʻshimcha soʻzlarni yozmang.

Masalan, bundan oldin Vikipediya:Foydalanuvchilarni tekshirish/Falonchi nomi bilan tekshiruv ochilgan boʻlsa yoki yangi boshlanayotgan tekshiruvga aloqador eng eski hisob Foydalanuvchi:Falonchi boʻlsa, quyidagi qutida „Falonchi“ deb yozing.

Buning ortidan tekshiruv boshlash uchun toʻldirishingiz kerak boʻlgan formadan iborat sahifa ochiladi. Ayni foydalanuvchi boʻyicha navbatdagi tekshiruvni boshlash jarayoni ham shunday kechadi. Takrorlaymiz: raqamlangan qatorlarda „Foydalanuvchi:“ soʻzini kiritmang.

Foydalanuvchilarni tekshirish (inglizcha: checkuser) huquqiga ega foydalanuvchilar ishni koʻrib chiqishini istasangiz, keyingi sahifada |FT=yoʻq yozuvini |FT=ha yozuviga oʻzgartiring va nima uchun bunga ehtiyoj borligini asoslab bering.

Izoh: Twinkle uskunasi yordamida ham tekshiruv ochishingiz mumkin. Uskunani oʻrnatib olganingizdan keyin istalgan foydalanuvchi, foydalanuvchi munozarasi yoki foydalanuvchi hissasi sahifasida „TW“ tabi ichida „ARV“ opsiyasi chiqa boshlaydi. Ushbu opsiya ustiga bosish va „Sockpuppeteer“ yoki „Sockpuppet“ variantini tanlab, sodda formani toʻldirishingiz va yangi tekshiruv ochishingiz mumkin. Kiritgan maʼlumotlaringiz avtomatik tarzda tegishli formatda chop etiladi.
Agar siz avtotasdiqlangan boʻlmasangiz va tekshiruv sahifasi himoyalangan boʻlsa yoki mavjud boʻlmasa, oʻn tarafdagi „koʻrsat“ tugmasini bosing va quyidagi qutini toʻldiring.

Abduvaitov Sherzod

[manbasini tahrirlash]

2025-yil 17-yanvar

[manbasini tahrirlash]

Shubha ostidagi qoʻgʻirchoq hisoblar

[manbasini tahrirlash]

Sherzod Abduvaitov (haqiqiy ismini oʻzi koʻp sonli foydalanuvchi sahifalarida oshkor qilgan) 2023-yildan beri tinmay yangi hisob yaratib kelmoqda. Mahalliy muhokama dastlab AFda ochilgan. Foydalanuvchi haqida enwikida ham QHT ochilgan.

Yangi hisob ochishni toʻxtatishga bir necha marta chorlandi va foydalanuvchi tushunganini bir necha marta aytdi, ammo bu qiligʻini toʻxtamayapti. Quyida bugunga qadar aniqlangan barcha hisobini keltiraman. Nataev munozara 16:40, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum yaxshimisiz? Vikipediyaga foydalanuvchi hisobi chiqib ketish sababi nimada? Rahmat. (Abduvaitov Sherzod 2008-yil (munozara) 17:23, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]

Boshqa foydalanuvchilar sharhlari

[manbasini tahrirlash]
Ayblanayotgan foydalanuvchilar ham bu yerda fikr bildirishlari mumkin.

Assalomu alaykum yana quyidagi hisoblar ham Abduvaitov Sherzodga tegishli: Captian Wiki, Wiki Sherzod 4, Sherzod wiki4, A.Sh 4578, A.ShWV, A.ShXV, A.WikiX, Abduvaitov Sherzod 888888888, Wiki 6780 Abduvaitov Sherzod, Abdugaitov Sherzod Wiki, Abduvaitov Sherzod wikiproduct, Abduvaitov Sh. Wiki 90, Wiki Sherzod, Captian Viki Wiki88, Programmer HWiki89, Proggrammer QT WV, Captian K897, Viki WTW. Humoyun Qodirov (munozara) 17:14, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Mening hisobim chiqib ketayapti (asosiy sabab shu). Shuning uchun Vikipediyaga qayta hisob yaratyapman. Sababi va nima qilish kerakligi ayting! (Abduvaitov Sherzod 2008-yil (munozara) 17:18, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]
@Humoyun Qodirov, rahmat, yuqoridagi roʻyxatga kiritaman. @Abduvaitov Sherzod 2008-yil, sizga ber necha marta yangi hisob yaratishni bas qilishni aytdik. Mening hisobim chiqib ketayapti deganingiz esa yangi hisob yaratish uchun asos boʻla olmaydi. Sizga oddiy qoidani tushuntirishga qaratilgan urinishlarimiz samara bermadi. Bugunga qadar 100 dan oshiq (!) hisob yaratibsiz va ularning barchasi, shuningdek, yaratgan har bir yangi hisobingiz bloklanadi. Shunday ekan, yangi hisob yaratishni bas qiling! Nataev munozara 17:32, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]
Ogohlantirishlarga qaramay yana yangi hisob ochganga oʻxshaydi: @VVWiki8. BEKIPEDIYA #yozishma 15:05, 2025-yil 18-yanvar (UTC)[javob berish]
Sizdan kechirim so‘rayman. Hisob ochish menga yoqmaydi, ammo 100 dan ortiq hisob bu men uchun bo‘lmaydigan narsadir. Kechirasiz! (VVWiki8 (munozara) 03:15, 2025-yil 19-yanvar (UTC))[javob berish]

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar va/yoki administratorlar sharhlari

[manbasini tahrirlash]

2025-yil 20-yanvar

[manbasini tahrirlash]

[[Turkum:Ochiq QHT ishlari|]] – Ushbu QHT ishi yopilgan va yaqin orada foydalanuvchilarni tekshiruvchi tomonidan arxivlanadi.[[Turkum:Arxivlanishi kutilayotgan QHT ishlari|]]

Asosiy hisob oʻlaroq Anjaniy (munozara sahifasi · qaydlar · chetlatishlar · filtrlar · tekshirish) koʻrsatilgan boʻlsa-da, Anjaniy yana toʻrt nafar boshqa foydalanuvchi bilan bir qatorda WikiStipendiya marafonining uchinchi mavsumida jamoa oʻlaroq bellashgan (jamoa tuzish gʻoyasi Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga tegishli boʻlib, Vikipediya tamoyillarga mos tushmaydi va shu sababdan bazoʻr marafon natijalari chiqarilishidan oldin Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi qistovi bilan bekor qilindi).

Ochiq qaydlarga koʻra, jamoa aʼzolari quyidagilardir:

Shubha ostidagi qoʻgʻirchoq hisoblar

[manbasini tahrirlash]

Umumiy maʼlumotlar

Ushbu surishtiruv oʻta murakkab boʻlib, barcha yetti hisob hissasini tahlil qilib chiqdim. Dastlab ikki qoʻgʻirchoq hisob haqida umumiy maʼlumotlarni keltiraman. Ketidan esa qoʻshimcha maʼlumotlardan iborat jadvalni keltiraman.

Blood Wyrm
  1. Bu hisob Mrshaxas 10.11.2024 da bloklanganidan bir kun oʻtib, yaʼni 11.11.2024 da roʻyxatdan oʻtgan
  2. Qilgan 47 tahririning 36 tasi Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya/Forum sahifasida
  3. Forumga faqat va faqat „Chigʻatoy gurungi“ guruhi raqiblarini kiritgan
  4. 4.12.2024 da WikiStipendiya marafonining finalida faqat individual foydalanuvchilar bellasha olishi eʼlon qilinishi bilanoq tahrir qilmay qoʻygan.
Xhyripomius
  1. Asosiy hisobi boshqa ekanligini tan olgan. Buni 1) koʻpchilik marafon qatnashchisini shaxsan tanigani uchun asosiy hisobidan yoza olmasligi va 2) „WikiStipendiya loyihasidagi ishtirokimga salbiy taʼsiri haqida qaygʻurishi“ bilan izohlagan.
  2. Forumga faqat va faqat „Chigʻatoy gurungi“ guruhi raqiblarini kiritgan
  3. 20.12.2024 da marafon natijalari eʼlon qilingan, bu foydalanuvchi esa oxirgi tahririni 24.12.2024 da qilgan va shu bilan tahrir qilmay qoʻygan.

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Anjaniy Axadjon1 Mrshaxas Panpanchik Xoqoni Said
Xhyripomius
  • Oxirgi marta 12.10.2024 da forumni tahrirlagan Mrshaxas Xoqoni Said qoʻgʻirchoq hisob yuritayotgan boʻlishi mumkinligi haqidagi muhokamada oʻsha zahotiyoq sharh yozgan
  • Xhyripomius umrida qilgan 2-tahririda aynan Panpanchik yaratgan maqolani tahrirlagan
  • Xhyripomiusni aynan Xoqoni Said kutib olgan
  • 27.10.2024 da Alpasli Xoqoni Saidni Nataevning oʻrinli tahlili asosida Content Translation uskunasini suiisteʼmol qilganlar qora roʻyxatiga kiritdi, 4.11.2024 da esa Xhyripomius Alpasli hissasini tahlil qilib, WikiStipendiya kashf qilgan foydalanuvchilar roʻyxatidan chiqarish taklifini kiritdi
  • Nataev tahrirlar xronologiyasi asosida Xhyripomius va Xoqoni said va umuman „Chigʻatoy gurungi“ oʻrtasida aloqa boʻlishi mumkinligini yozganidan keyin, 7.11.2024 kuni Xoqoni Said metada oʻzini-oʻzi checkuser qilishlarini soʻradi (hatto oʻzini oʻldirish haqida oʻylayotganini yozdi), ammo bu soʻrovi rad etildi
Blood Wyrm
  • Miss Kamolani oq roʻyxatdan chiqarishni Axadjon1 taklif qilgan, Blood Wyrm esa Miss Kamola hissasini kuzatmaganini iddao qilgan holda, Axadjon1 taklifini qoʻllab uzundan-uzoq sharh yozgan
  • Axadjon1 ruschani juda yaxshi (ru-3) bilishini iddao qiladigan oz sonli foydalanuvchilardan biri boʻlib, WikiStipendiya forumida ruschada maqolalar tarjimasini tahlil qilgan (1 va 2)
  • Yana bir qiziq holat: Blood Wyrm roʻyxatdan oʻtishidan ikki kun avval Axadjon1 foydalanuvchi sahifasida Oʻzbek tilida soʻlashuvchi vikimediachilar aʼzosi ekanligi haqidagi andozani olib tashlagan
  • 19.11.2024 da Mirzoulugʻbek aka AT kontent yaratgani uchun Panpanchikni qora roʻyxatga kiritishni taklif qilgan; buning ortidan Blood Wyrm WikiStipendiya forumida yanada faol tarzda raqib jamoa aʼzolari qoʻl urgan ATlar haqida xabar bera boshlagan, Xhyripomius esa, aksincha, 25.11.2024 dan keyin tahrir qilmay qoʻygan

Qissadan hissa

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak,

  1. Blood Wyrm ham, Xhyripomius ham „Chigʻatoy gurungi“ guruhidagi foydalanuvchi(lar)ga tegishli qoʻgʻirchoq hisoblar ekanligi shubhasiz.
    1. Yuqoridagi dalillarga qoʻshimcha ravishda shuni aytmoqchimanki, ikkala qoʻgʻirchoq hisob hatto foydalanuvchi sahifasini ayni surat bilan bezagan: Xhyripomius va Blood Wyrm.
  2. Qoʻgʻirchoq hisoblar faqat raqib jamoalar ustidan shikoyat qilib, ular mukofotlanishiga qarshi kurash uchun yuritilgan. Yuqoridagi tahlildan ayon boʻladiki, „Chigʻatoy gurungi“ bir-birini doim qoʻllab, birortasi ustidan biror shikoyat boʻlsa, hamkorlikda chora koʻrishgan. Bunga yana bir qoʻshimcha misol: raqib jamoalar aʼzolarini qora roʻyxatga faol kiritib kelgan Axadjon jamoadoshi Xoqoni Saidni qora roʻyxatga kiritishdan bosh tortgan. Shunday qilib, ikki hisob va ularning egalari/si:
    1. ezgu maqsadni koʻzlamagan;
    2. real hayotda oʻz foydasini koʻzlab, jamoadoshlari bilan til biriktirgan (qarang: ru:ВП:МИТПАППЕТ);
    3. maqsadi ensiklopediyani boyitish emas (qarang: ru:ВП:НЕСЮДА);
    4. qoidalarni gʻarazli maqsadlarda suiisteʼmol qilgan (qarang: ru:ВП:НИП).
  3. Dastlabki tahlil natijalariga koʻra,
    1. Anjaniy Xhyripomius hisobini yuritgani ehtimoldan xoli emas va
    2. Axadjon1 Blood Wyrm hisobini yuritgani ehtimoldan xoli emas.
  4. Yuqoridagi xulosaga qaramay, barcha „Chigʻatoy gurungi“ aʼzosi hamkorlikda ish yuritgani uchun barcha guruh aʼzosini birdaniga tekshirish oʻrinli boʻladi.

Shundan kelib chiqib, @Malikxan va @Nataevdan checkuser tahlilini oʻtkazishlarini soʻrab qolaman. Xususan, yuqoridagi tahlil asosida ikki qoʻgʻirchoq hisob va „Chigʻatoy gurungi“ guruhining barcha aʼzosi parallel tarzda tahlil qilinishini soʻrayman.

Tekshiruvchilar eʼtiborini yana bir narsaga tortmoqchiman: Bu foydalanuvchilar orasida tajribali foydalanuvchi(lar) ham borligini eʼtiborga olsak, qoʻgʻirchoq hisoblarni 1) turli xil moslamalardan yuritgan boʻlishlari va 2) ikki qoʻgʻirchoq hisob parolini bir-biri bilan ulashib, hamkorlikda yuritgan boʻlishlari mumkin. (Masalan, Blood Wyrm ayrim holatlarda okinani birdaniga toʻgʻri yozgan (misol), boshqa holatlarda inglizcha apostrof ishlatgan (misol); baʼzan „avtomatik tarjimon“ deb yozgan, baʼzan „avtomat tarjimon“ deb yozgan va hokazo.) Kagansky munozara 15:41, 2025-yil 20-yanvar (UTC)[javob berish]

Boshqa foydalanuvchilar sharhlari

[manbasini tahrirlash]
Ayblanayotgan foydalanuvchilar ham bu yerda fikr bildirishlari mumkin.

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar va/yoki administratorlar sharhlari

[manbasini tahrirlash]

 Tasdiqlandi: Xhyripomius hisobini Anjaniy yuritadi.

 Tasdiqlandi: Blood Wyrm esa Xoqoni Saiddir. Eʼtiborlisi, Said qoʻgʻirchoq hisobini 11-noyabrda, yaʼni 7-noyabrda oʻzini-oʻzi checkuser qilishlarini soʻraganidan (va 9-noyabrda soʻrovi rad etilganidan) keyin yaratgan. Andoza:Userbox/Not sock andozasini esa 28-noyabr yaratib, oʻz sahifasiga qoʻshgan.

Panpanchik, Axadjon1 va Mrshaxas en:MEATga qoʻl urib, jamoa harakatlarini muvofiqlashtirgani ehtimoldan xoli emas, ammo buni CU uskunasi aniqlab bera olmaydi. Nataev munozara 17:28, 2025-yil 22-yanvar (UTC)[javob berish]

Bu foydalanuvchilar Vikipediya qoidalarini juda yaxshi o‘zlashtirgan va bu qoidalar bilan o‘ynashgan.  Shuningdek Vikipediya qoidalari va qo‘llanmalarini manipulyatsiya qilishgacha borishdi, bu Vikipediyada ezgu maqsadda kontent yaratish maqsadlariga ziddir.  Bu ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha agentligi tomonidan o‘tkazilgan Wikistipendiya marafoni davomida o‘z  maqsadlarga erishish yo‘lida boshqa foydalanuvchilarni faoliyatiga xalaqit berib, bir qancha nizolarni keltirib chiqarishdi. Qoidalar bilan o‘ynashib qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tgan qo‘g‘irchoq hisob orqali buzg‘unchi xatti-harakatlarni sodir etishdi.  Ha, bir nechta hisoblardan foydalanish prinsipial jihatdan ruxsat etiladi, ammo agar bu faqat birovni kovlash uchun kerak bo‘lsa, ulardan foydalanishdan voz kechishlari zarur edi. Ammo bu foydalanuvchilar o‘zlariga raqib deganlarini marafondan chetlatish uchun qo‘g‘irchoq orqali ularni katta va kichik kamchiliklarini oshkor qilish yo‘liga tushib o‘zlarini kamchiliklariga eʼtibor qaratmadi. Shu sababli hech qanday ijobiy niyatlarga ega bo‘lmagani pul mukofotini olish uchun tizimli va uzoq muddatli buzg‘unchi xatti-harakatlari uchun bu foydalanuvchilarni O‘zbekcha vikipediyani tahrirlashdan chetlatdim. Chig‘atoy jamoasining qolgan aʼzolarini esa bu ishga aloqasi bor yoki yo‘qligi haqida  CU uskunasi aniqlab bera olmagani sababli bu ishtirokchilarni bu ishga aralashmagan deyishdan olisman. Ammo jamoa harakatlarini muvofiqlashtirmagan deya umid qilaman. —   Mirzoulugʻbek |@  13:37, 2025-yil 23-yanvar (UTC)[javob berish]