Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Foydalanuvchilarni tekshirish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ushbu sahifada bir yoki undan koʻp Vikipediya hisoblari ayni shaxs tomonidan gʻarazli niyatda yuritilayotgani yoki yoʻqligini tekshirishimiz uchun soʻrov qoldirishingiz mumkin.

Tekshiruv oʻtkazilishini soʻrashdan oldin qoʻgʻirchoq hisob yuritilayotganini taxmin qilish uchun yetarlicha asos borligiga amin boʻling.

  1. Dalil keltirishingiz shart. Tekshiruv boshlar ekansiz, shubhali qoʻgʻirchoq hisoblar aloqador ekanligini koʻrsatuvchi dalillarni taqdim etishingiz shart. Dalillar orasida hisoblar bir-biriga aloqador ekanligini koʻrsatuvchi difflar boʻlishi kerak. (Tegishli tahrirlar oʻchirilgan holatlar bundan mustasno; bunday holatlarda hisoblar tahrirlagan sahifalarning nomlarini koʻrsatish yetarli boʻladi.)
  2. Dalillarni tushunarli holda keltirishingiz shart. Mujmal soʻrovlar koʻrib chiqilmaydi. Hisoblar bir-biriga aloqador ekanligi boʻyicha shubhalaringiz nimaga asoslanishini koʻrsatishingiz zarur.
  3. Loʻnda yozishingiz kerak. Dalillar loʻnda bayon qilinishi kerak. Aniq va qisqa izoh va dalillar keltirilgan soʻrovlar tezroq koʻrib chiqiladi.

Tekshiruvlarni administratorlar oʻtkazadi. Tekshiruv doirasida hisoblar faoliyati tahlil qilinib, ular aloqador ekanligi yoki yoʻqligi imkon qadar aniqlanadi. Oshkora soʻrov qoldirilgan holatlarda foydalanuvchilarni tekshiruvchilar ham tekshiruv oʻtkazishi mumkin. Tekshiruvchilar hisoblar bilan bogʻliq texnik maʼlumotlarni tahlil qilib, koʻrib chiqilayotgan hisoblar naqadar aloqador ekanligini aniqlaydi. Bunday tekshiruv natijasi odatda texnik dalillar deyiladi. Vikipediyaning oʻzidagi va hammaga ochiq dalillar esa xulq-atvorga oid dalillar deyiladi.

Foydalanuvchilarni tekshirish qoidalariga koʻra, xulq-atvorga oid aniq dalillar taqdim etilgandagina texnik tekshiruvlar oʻtkaziladi. Texnik dalillar taqdim etilishini soʻrab, xulq-atvorga oid dalillarni taqdim etmasangiz, tekshiruv oʻtkazilmaydi. Bundan tashqari, maxfiylik siyosatiga muvofiq, tekshiruvchilar odatda muayyan IP manzil muayyan foydalanuvchi hisobi bilan bogʻliq ekanligini oshkora taʼkidlamaydi.

Tekshiruv boshlash tartibi:

Mavjud tekshiruvga (yoki „ish“ga) qoʻshimcha qilish uchun quyidagi qutida ish nomini yozing. Yangi tekshiruv boshlash uchun esa ishga aloqador eng eski (yaʼni, dastlab roʻyxatdan oʻtgan) hisob („qoʻgʻirchoq egasi“ desak boʻladi) nomini yozing. Agar faqat IP-adreslar koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, holatga aloqador eng birinchi tahrirni qilgan IP-adresni kiriting. Soʻngra, „Yaratish“ tugmasini bosing. „Foydalanuvchi:“ yoki boshqa qoʻshimcha soʻzlarni yozmang.

Masalan, bundan oldin Vikipediya:Foydalanuvchilarni tekshirish/Falonchi nomi bilan tekshiruv ochilgan boʻlsa yoki yangi boshlanayotgan tekshiruvga aloqador eng eski hisob Foydalanuvchi:Falonchi boʻlsa, quyidagi qutida „Falonchi“ deb yozing.

Buning ortidan tekshiruv boshlash uchun toʻldirishingiz kerak boʻlgan formadan iborat sahifa ochiladi. Ayni foydalanuvchi boʻyicha navbatdagi tekshiruvni boshlash jarayoni ham shunday kechadi. Takrorlaymiz: raqamlangan qatorlarda „Foydalanuvchi:“ soʻzini kiritmang.

Foydalanuvchilarni tekshirish (inglizcha: checkuser) huquqiga ega foydalanuvchilar ishni koʻrib chiqishini istasangiz, keyingi sahifada |FT=yoʻq yozuvini |FT=ha yozuviga oʻzgartiring va nima uchun bunga ehtiyoj borligini asoslab bering.

Izoh: Twinkle uskunasi yordamida ham tekshiruv ochishingiz mumkin. Uskunani oʻrnatib olganingizdan keyin istalgan foydalanuvchi, foydalanuvchi munozarasi yoki foydalanuvchi hissasi sahifasida „TW“ tabi ichida „ARV“ opsiyasi chiqa boshlaydi. Ushbu opsiya ustiga bosish va „Sockpuppeteer“ yoki „Sockpuppet“ variantini tanlab, sodda formani toʻldirishingiz va yangi tekshiruv ochishingiz mumkin. Kiritgan maʼlumotlaringiz avtomatik tarzda tegishli formatda chop etiladi.
Agar siz avtotasdiqlangan boʻlmasangiz va tekshiruv sahifasi himoyalangan boʻlsa yoki mavjud boʻlmasa, oʻn tarafdagi „koʻrsat“ tugmasini bosing va quyidagi qutini toʻldiring.

Abduvaitov Sherzod

[manbasini tahrirlash]

2025-yil 17-yanvar

[manbasini tahrirlash]

Shubha ostidagi qoʻgʻirchoq hisoblar

[manbasini tahrirlash]

Sherzod Abduvaitov (haqiqiy ismini oʻzi koʻp sonli foydalanuvchi sahifalarida oshkor qilgan) 2023-yildan beri tinmay yangi hisob yaratib kelmoqda. Mahalliy muhokama dastlab AFda ochilgan. Foydalanuvchi haqida enwikida ham QHT ochilgan.

Yangi hisob ochishni toʻxtatishga bir necha marta chorlandi va foydalanuvchi tushunganini bir necha marta aytdi, ammo bu qiligʻini toʻxtamayapti. Quyida bugunga qadar aniqlangan barcha hisobini keltiraman. Nataev munozara 16:40, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum yaxshimisiz? Vikipediyaga foydalanuvchi hisobi chiqib ketish sababi nimada? Rahmat. (Abduvaitov Sherzod 2008-yil (munozara) 17:23, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]
Ming bora uzr, hisoblarni suiiste‘mol qilganim uchun kechirim so‘rayman. Shu kungacha barcha hisoblarim menga tegishli va aybimni tan olaman. Boshqa hisoblarni suiiste‘mol qilmayman. Uzr. (Vikipediya Wiki (munozara) 15:32, 2025-yil 2-fevral (UTC))[javob berish]

Boshqa foydalanuvchilar sharhlari

[manbasini tahrirlash]
Ayblanayotgan foydalanuvchilar ham bu yerda fikr bildirishlari mumkin.

Assalomu alaykum yana quyidagi hisoblar ham Abduvaitov Sherzodga tegishli: Captian Wiki, Wiki Sherzod 4, Sherzod wiki4, A.Sh 4578, A.ShWV, A.ShXV, A.WikiX, Abduvaitov Sherzod 888888888, Wiki 6780 Abduvaitov Sherzod, Abdugaitov Sherzod Wiki, Abduvaitov Sherzod wikiproduct, Abduvaitov Sh. Wiki 90, Wiki Sherzod, Captian Viki Wiki88, Programmer HWiki89, Proggrammer QT WV, Captian K897, Viki WTW. Humoyun Qodirov (munozara) 17:14, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Mening hisobim chiqib ketayapti (asosiy sabab shu). Shuning uchun Vikipediyaga qayta hisob yaratyapman. Sababi va nima qilish kerakligi ayting! (Abduvaitov Sherzod 2008-yil (munozara) 17:18, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]
@Humoyun Qodirov, rahmat, yuqoridagi roʻyxatga kiritaman. @Abduvaitov Sherzod 2008-yil, sizga ber necha marta yangi hisob yaratishni bas qilishni aytdik. Mening hisobim chiqib ketayapti deganingiz esa yangi hisob yaratish uchun asos boʻla olmaydi. Sizga oddiy qoidani tushuntirishga qaratilgan urinishlarimiz samara bermadi. Bugunga qadar 100 dan oshiq (!) hisob yaratibsiz va ularning barchasi, shuningdek, yaratgan har bir yangi hisobingiz bloklanadi. Shunday ekan, yangi hisob yaratishni bas qiling! Nataev munozara 17:32, 2025-yil 17-yanvar (UTC)[javob berish]
Ogohlantirishlarga qaramay yana yangi hisob ochganga oʻxshaydi: @VVWiki8. BEKIPEDIYA #yozishma 15:05, 2025-yil 18-yanvar (UTC)[javob berish]
Sizdan kechirim so‘rayman. Hisob ochish menga yoqmaydi, ammo 100 dan ortiq hisob bu men uchun bo‘lmaydigan narsadir. Kechirasiz! (VVWiki8 (munozara) 03:15, 2025-yil 19-yanvar (UTC))[javob berish]
Assalomu alaykum yana bitta hisob Sherzod Abduvaitov 777 ochibdi va maqolalarga oid boʻlmasa ham Vikiiqtibos andozasini qoʻshib chiqmoqda. @Sherzod Abduvaitov 777: boʻlar-boʻlmasga keraksiz tahrirlarni qilmang. Agar haqiqatan Vikipediyaga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, avvalo videodarslarni koʻrib, qumloq sahifangizda tajriba oʻtkazing. Humoyun Qodirov (munozara) 16:00, 2025-yil 5-fevral (UTC)[javob berish]
Rahmat. Men aytganingizday videodarslarni ko‘raman. Rahmat. (Sherzod Abduvaitov 777 (munozara) 16:05, 2025-yil 5-fevral (UTC)[javob berish]
Va tahrirlarni hozircha qumloq sahifangizda qilib turing. Yuqoridagi hisoblaringiz orqali 100 lab keraksiz tahrirlarni qilgansiz. Mana bu videodarslarni yaxshilab koʻrib chiqing. Humoyun Qodirov (munozara) 16:10, 2025-yil 5-fevral (UTC)[javob berish]
Hech bo‘lmasa, maqola yaratsam bo‘ladimi? Rahmat. (Sherzod Abduvaitov 777 (munozara) 16:29, 2025-yil 5-fevral (UTC)[javob berish]
Shuni hozircha qumloq sahifangizda qilib turing. Humoyun Qodirov (munozara) 14:33, 2025-yil 6-fevral (UTC)[javob berish]
Tushunarli! (Sherzod Abduvaitov 777 (munozara) 08:28, 2025-yil 7-fevral (UTC)[javob berish]

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar va/yoki administratorlar sharhlari

[manbasini tahrirlash]

2025-yil 9-fevral

[manbasini tahrirlash]

Shubha ostidagi qoʻgʻirchoq hisoblar

[manbasini tahrirlash]

Yuqoridagi hisoblarning aksari global miqyosda bloklandi. Ayni damda tahrir qilayotgan Sherzod Abduvaitov 777 va Abduvaitov Sherzod 456 hisoblarini esa hozir bloklayman. Nataev munozara 20:17, 2025-yil 9-fevral (UTC)[javob berish]

Ancha oldin bloklangan IP-adresi:
Quyida yozgani asosida mana bu adreslarni blokladim:

: Hozir esa shunga oʻxshash bir necha IP-adresdan tahrirlaganini koʻrdim:

va hokazo. Bir qarashda barchasi Abduvaitov Sherzodga xos tahrirlar. Menimcha, range blok qilish kerak. Nataev munozara 19:22, 2025-yil 10-fevral (UTC)[javob berish]

Ha yoʻq, yaqindan tahlil qilsam, yuqoridagi IP-adreslar Abduvaitov Sherzodga xos emas ekan. (Yuqorida men bugun bloklagan adreslar esa shu shaxsga tegishli ekanligi shubhasiz. Masalan, 113, 115 125, 126, 130. Lekin baribir range blockka ehtiyoj bor. Buni ziyon minimal boʻladigan tarzda qilish yoʻlini topish kerak. Nataev munozara 20:06, 2025-yil 10-fevral (UTC)[javob berish]

Boshqa foydalanuvchilar sharhlari

[manbasini tahrirlash]
Ayblanayotgan foydalanuvchilar ham bu yerda fikr bildirishlari mumkin.

Bugun yaratgan hisobi WikiProject loyiha. Humoyun Qodirov (munozara) 14:15, 2025-yil 10-fevral (UTC)[javob berish]

Rahmat! Bu hisob va 185.213.230.115 IP-adresini ham blokladim. Nataev munozara 14:23, 2025-yil 10-fevral (UTC)[javob berish]
Kechirasiz! Men ko‘p ahmoqlik qildim. Hisob qaydnomalari nima uchun chiqib ketadi? Rahmat. (185.213.230.130 16:43, 2025-yil 10-fevral (UTC)[javob berish]
Sizga bir necha oʻn marta aytildi: yangi hisob yaratishni bas qiling. Ikkinchidan, 100 ga yaqin hisobingiz yoki global, yoki mahalliy bloklanganidan keyinam tegishli xulosa chiqarmaganingiz uchun sodda qilib aytamang: Vikipediyani tahrir qilishni bas qiling. Surunkali qoidabuzarlarga bu yerda oʻrin yoʻq. Siz loyihaga biror foyda keltirishingizga koʻzim yetmaydi. Nataev munozara 19:17, 2025-yil 10-fevral (UTC)[javob berish]

Yana yangi hisob ochibdi: Abduvaitov Sherzod 17. Gapga tushunmas ekan. BEKIPEDIYA #yozishma 14:08, 2025-yil 15-fevral (UTC)[javob berish]

Gapga tushunaman. Lekin Vikipediyaga foydali va sifatli maqolalar yaratishga qiziqaman. Jamiyat va Vikipediyani dunyo Vikipediyalari reytingida yuqori o‘rinlarda ko‘tarilishini istsyman.(Abduvaitov Sherzod 17 (munozara) 14:13, 2025-yil 15-fevral (UTC)[javob berish]
@Abduvaitov Sherzod 17, siz gapga tushunmasligingiz shusiz ham ayon. Shunday boʻlsa-da, yana takorlayman: yangi hisob yaratishni va oʻzbekcha Vikipediyani tahrirlashni bas qiling. Nataev munozara 14:31, 2025-yil 15-fevral (UTC)[javob berish]

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar va/yoki administratorlar sharhlari

[manbasini tahrirlash]

2025-yil 20-yanvar

[manbasini tahrirlash]

[[Turkum:Ochiq QHT ishlari|]] – Ushbu QHT ishi yopilgan va yaqin orada foydalanuvchilarni tekshiruvchi tomonidan arxivlanadi.[[Turkum:Arxivlanishi kutilayotgan QHT ishlari|]]

Asosiy hisob oʻlaroq Anjaniy (munozara sahifasi · qaydlar · chetlatishlar · filtrlar · tekshirish) koʻrsatilgan boʻlsa-da, Anjaniy yana toʻrt nafar boshqa foydalanuvchi bilan bir qatorda WikiStipendiya marafonining uchinchi mavsumida jamoa oʻlaroq bellashgan (jamoa tuzish gʻoyasi Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga tegishli boʻlib, Vikipediya tamoyillarga mos tushmaydi va shu sababdan bazoʻr marafon natijalari chiqarilishidan oldin Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi qistovi bilan bekor qilindi).

Ochiq qaydlarga koʻra, jamoa aʼzolari quyidagilardir:

Shubha ostidagi qoʻgʻirchoq hisoblar

[manbasini tahrirlash]

Umumiy maʼlumotlar

Ushbu surishtiruv oʻta murakkab boʻlib, barcha yetti hisob hissasini tahlil qilib chiqdim. Dastlab ikki qoʻgʻirchoq hisob haqida umumiy maʼlumotlarni keltiraman. Ketidan esa qoʻshimcha maʼlumotlardan iborat jadvalni keltiraman.

Blood Wyrm
  1. Bu hisob Mrshaxas 10.11.2024 da bloklanganidan bir kun oʻtib, yaʼni 11.11.2024 da roʻyxatdan oʻtgan
  2. Qilgan 47 tahririning 36 tasi Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya/Forum sahifasida
  3. Forumga faqat va faqat „Chigʻatoy gurungi“ guruhi raqiblarini kiritgan
  4. 4.12.2024 da WikiStipendiya marafonining finalida faqat individual foydalanuvchilar bellasha olishi eʼlon qilinishi bilanoq tahrir qilmay qoʻygan.
Xhyripomius
  1. Asosiy hisobi boshqa ekanligini tan olgan. Buni 1) koʻpchilik marafon qatnashchisini shaxsan tanigani uchun asosiy hisobidan yoza olmasligi va 2) „WikiStipendiya loyihasidagi ishtirokimga salbiy taʼsiri haqida qaygʻurishi“ bilan izohlagan.
  2. Forumga faqat va faqat „Chigʻatoy gurungi“ guruhi raqiblarini kiritgan
  3. 20.12.2024 da marafon natijalari eʼlon qilingan, bu foydalanuvchi esa oxirgi tahririni 24.12.2024 da qilgan va shu bilan tahrir qilmay qoʻygan.

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Anjaniy Axadjon1 Mrshaxas Panpanchik Xoqoni Said
Xhyripomius
  • Oxirgi marta 12.10.2024 da forumni tahrirlagan Mrshaxas Xoqoni Said qoʻgʻirchoq hisob yuritayotgan boʻlishi mumkinligi haqidagi muhokamada oʻsha zahotiyoq sharh yozgan
  • Xhyripomius umrida qilgan 2-tahririda aynan Panpanchik yaratgan maqolani tahrirlagan
  • Xhyripomiusni aynan Xoqoni Said kutib olgan
  • 27.10.2024 da Alpasli Xoqoni Saidni Nataevning oʻrinli tahlili asosida Content Translation uskunasini suiisteʼmol qilganlar qora roʻyxatiga kiritdi, 4.11.2024 da esa Xhyripomius Alpasli hissasini tahlil qilib, WikiStipendiya kashf qilgan foydalanuvchilar roʻyxatidan chiqarish taklifini kiritdi
  • Nataev tahrirlar xronologiyasi asosida Xhyripomius va Xoqoni said va umuman „Chigʻatoy gurungi“ oʻrtasida aloqa boʻlishi mumkinligini yozganidan keyin, 7.11.2024 kuni Xoqoni Said metada oʻzini-oʻzi checkuser qilishlarini soʻradi (hatto oʻzini oʻldirish haqida oʻylayotganini yozdi), ammo bu soʻrovi rad etildi
Blood Wyrm
  • Miss Kamolani oq roʻyxatdan chiqarishni Axadjon1 taklif qilgan, Blood Wyrm esa Miss Kamola hissasini kuzatmaganini iddao qilgan holda, Axadjon1 taklifini qoʻllab uzundan-uzoq sharh yozgan
  • Axadjon1 ruschani juda yaxshi (ru-3) bilishini iddao qiladigan oz sonli foydalanuvchilardan biri boʻlib, WikiStipendiya forumida ruschada maqolalar tarjimasini tahlil qilgan (1 va 2)
  • Yana bir qiziq holat: Blood Wyrm roʻyxatdan oʻtishidan ikki kun avval Axadjon1 foydalanuvchi sahifasida Oʻzbek tilida soʻlashuvchi vikimediachilar aʼzosi ekanligi haqidagi andozani olib tashlagan
  • 19.11.2024 da Mirzoulugʻbek aka AT kontent yaratgani uchun Panpanchikni qora roʻyxatga kiritishni taklif qilgan; buning ortidan Blood Wyrm WikiStipendiya forumida yanada faol tarzda raqib jamoa aʼzolari qoʻl urgan ATlar haqida xabar bera boshlagan, Xhyripomius esa, aksincha, 25.11.2024 dan keyin tahrir qilmay qoʻygan

Qissadan hissa

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak,

  1. Blood Wyrm ham, Xhyripomius ham „Chigʻatoy gurungi“ guruhidagi foydalanuvchi(lar)ga tegishli qoʻgʻirchoq hisoblar ekanligi shubhasiz.
    1. Yuqoridagi dalillarga qoʻshimcha ravishda shuni aytmoqchimanki, ikkala qoʻgʻirchoq hisob hatto foydalanuvchi sahifasini ayni surat bilan bezagan: Xhyripomius va Blood Wyrm.
  2. Qoʻgʻirchoq hisoblar faqat raqib jamoalar ustidan shikoyat qilib, ular mukofotlanishiga qarshi kurash uchun yuritilgan. Yuqoridagi tahlildan ayon boʻladiki, „Chigʻatoy gurungi“ bir-birini doim qoʻllab, birortasi ustidan biror shikoyat boʻlsa, hamkorlikda chora koʻrishgan. Bunga yana bir qoʻshimcha misol: raqib jamoalar aʼzolarini qora roʻyxatga faol kiritib kelgan Axadjon jamoadoshi Xoqoni Saidni qora roʻyxatga kiritishdan bosh tortgan. Shunday qilib, ikki hisob va ularning egalari/si:
    1. ezgu maqsadni koʻzlamagan;
    2. real hayotda oʻz foydasini koʻzlab, jamoadoshlari bilan til biriktirgan (qarang: ru:ВП:МИТПАППЕТ);
    3. maqsadi ensiklopediyani boyitish emas (qarang: ru:ВП:НЕСЮДА);
    4. qoidalarni gʻarazli maqsadlarda suiisteʼmol qilgan (qarang: ru:ВП:НИП).
  3. Dastlabki tahlil natijalariga koʻra,
    1. Anjaniy Xhyripomius hisobini yuritgani ehtimoldan xoli emas va
    2. Axadjon1 Blood Wyrm hisobini yuritgani ehtimoldan xoli emas.
  4. Yuqoridagi xulosaga qaramay, barcha „Chigʻatoy gurungi“ aʼzosi hamkorlikda ish yuritgani uchun barcha guruh aʼzosini birdaniga tekshirish oʻrinli boʻladi.

Shundan kelib chiqib, @Malikxan va @Nataevdan checkuser tahlilini oʻtkazishlarini soʻrab qolaman. Xususan, yuqoridagi tahlil asosida ikki qoʻgʻirchoq hisob va „Chigʻatoy gurungi“ guruhining barcha aʼzosi parallel tarzda tahlil qilinishini soʻrayman.

Tekshiruvchilar eʼtiborini yana bir narsaga tortmoqchiman: Bu foydalanuvchilar orasida tajribali foydalanuvchi(lar) ham borligini eʼtiborga olsak, qoʻgʻirchoq hisoblarni 1) turli xil moslamalardan yuritgan boʻlishlari va 2) ikki qoʻgʻirchoq hisob parolini bir-biri bilan ulashib, hamkorlikda yuritgan boʻlishlari mumkin. (Masalan, Blood Wyrm ayrim holatlarda okinani birdaniga toʻgʻri yozgan (misol), boshqa holatlarda inglizcha apostrof ishlatgan (misol); baʼzan „avtomatik tarjimon“ deb yozgan, baʼzan „avtomat tarjimon“ deb yozgan va hokazo.) Kagansky munozara 15:41, 2025-yil 20-yanvar (UTC)[javob berish]

Boshqa foydalanuvchilar sharhlari

[manbasini tahrirlash]
Ayblanayotgan foydalanuvchilar ham bu yerda fikr bildirishlari mumkin.

Assalomu alaykum. Ushbu qilingan ishlarni faqatgina Anjaniy hamda Xoqoni Said qilgan deb hisoblash menimcha nooʻrin. Ushbu qoʻgʻirchoq hisoblardan faqatgina ikkovi emas balki boshqa "Chigʻatoy gurungi" jamoasi aʼzolari Axadjon1 va Panpanchik ham bevosita ishtirok etgan deb oʻylayman. Buning sabablari anchagina! Bu hisoblarni ochishda va foydalanuvchilarni forumga nomzod qilib koʻrsatishda bevosita ularni xabari boʻlgan. Demak faktlar bilan tanishing:

  1. Ahror Akramovich Panpanchik bilan oʻzaro yozishmalarda ikki qoʻgʻirchoq hisob haqida soʻz ochib, ikkovini kimligini bilsam oʻzim bilaman deganida, Panpanchik ularda nima ayb deb ikkovini tarafini olgan:

    usha kun Panpanga men usha blood bilan Xyprni topsam oʻzim bilaman degan edim. Ularda nima ayb deb rosa oldini oldi 

  2. Xoqoni Said bloklanish boʻyicha bergan eʼtirozi munozarasida Men oʻzim tanigan ATga qoʻl urgan foydalanuvchilarni roʻyxatga kiritish uchun nomzod qilib koʻrsatdim, tanimaganlarimni esa yoʻq. deb aytdi[1]. Demak Blood Wyrm yaʼni Xoqoni Said Panpanchik va Axadjon1 ni tanimaydimi?
  3. Xoqoni Said bloklanish boʻyicha bergan eʼtirozi munozarasida lekin boshqa foydalanuvchilarda menikidan kam bo'lmagan ATlar bo'lsa-da ular nega kirmasliklari kerak edi? dedi ammo Axadjon1 va Panpanchikdagi AT alomatlarini koʻrmadimi? Buning sababi oddiy. Ular jamoadosh.
  4. Qargʻa qargʻani koʻzini choʻqimaydi deyishganidek bular bir jamoadan ekanliklarini bilib qolmaslik uchun Axadjon1ning ATlarini Blood Wyrm hisobidan kirib forumda yozib qoldirdi[2]. Albatta bu boshqa foydalanuvchilar bularni "Chigʻatoy gurungi" jamoasi aʼzolari emasligini bilishlari uchun qilindi.
  5. Blood Wyrmni forum munozaralarida yozgan bir jumlasi meni eʼtiborimni tortdi. Bu Abdufattohov Ibrohimjonni forumga kiritish chogʻida yozgan ushbu soliq toʻlovchilar pulidan beriladigan mukofotlarni olish uchun kurashishi mumkin jumlasi[3]. Ushbu jumlani birinchi Nataev WikiStipendiya/Forumda tilga olgandi: Oʻshandagina ular soliq toʻlovchilar puliga oʻtkazilayotgan marafon doirasida taqdirlansa boʻladi.[4]. Nataev bu gapni esa Panpanchik forumga nomzod qilib koʻrsatilganidan aytib oʻtgan edi.

Ahror Akramovich, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovichlar bilan marafonning taqdirlash marosimidan soʻng suhbatlashganimda Muzaffar Murodovichga Axadjon1 qoʻgʻirchoq hisoblarning biri menman degan. Ushbu yozishmani olishga harakat qildim, biroq yuz hotirlik qilib yozishmani koʻrsatishgani yoʻq. Shu sababli bularni ham fikr bildirishlarini soʻrab qolaman.

Yuqorida sanab oʻtgan faktlarimdan hulosa qilib aytganda, Bu qoʻgʻirchoq hisoblardan foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari boʻyicha agentligi tomonidan oʻtkazilgan Wikistipendiya marafoni davomida oʻz maqsadlarga erishish yoʻlida boshqa foydalanuvchilarni faoliyatiga xalaqit berib, bir qancha nizolarni keltirib chiqarishdi. Shularni inobatga olib "Chigʻatoy gurungi" jamoasi aʼzolarini ham qoidalar bilan oʻynashib qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtgan qoʻgʻirchoq hisob orqali buzgʻunchi xatti-harakatlarni sodir etishda bilvosita ishtirok etgan deb bilaman. Shu sababli bularga ham chora koʻrilishini soʻrayman. Komilkhuja 14:48, 2025-yil 26-yanvar (UTC)[javob berish]

Uzr soʻrayman. Havola berishda xato qilgan ekanman.

usha kun Panpanga men usha blood bilan Xyprni topsam oʻzim bilaman degan edim. Ularda nima ayb deb rosa oldini oldi 

Komilkhuja 17:04, 2025-yil 26-yanvar (UTC)[javob berish]
@Komilkhuja, foydalanuvchilarning ruxsatisiz shaxsiy yozishmalar skrinshotlarini vikida ULASHMANG! Bu jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi. Nataev munozara 14:50, 2025-yil 27-yanvar (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Tushundim va rioya qilaman! Komilkhuja 13:02, 2025-yil 28-yanvar (UTC)[javob berish]
Menga nisbatan qoʻyilgan ayblovlar yuzasidan oʻz fikrlarimni bildirsam:
  1. Avvalo Chigʻatoy gurungi jamoasini men tuzganman. Yigitlarga imkon qadar bilmimni ulashishga uringanman. Qoʻgʻirchoq akkaunlarga kelsak, uning kimligi borasida guruhda qizgʻin suhbatlar boʻlgan. Gumonsirab atrofimdagi Vikipediyachilardan siz shu emasmisiz deb soʻragan joylarim ham bor. (Jumladan Kamol Azzam, Laziz Baxtiyov va Malikxanga nisbatan shunday gumonlarim bor edi). Hatto shu qoʻgʻirchoq egasi boʻlgan Anjaniy bilan ham bu borada muhokama qilganman. Sof vijdon bilan ayta olamanki, bu qoʻgʻirchoq akkaunt kim ekanligi menga ham qiziq edi va natija rostan ham hayratlanarli boʻldi.
  2. Ikkinchi qoʻgʻirichoq akkauntga toʻxtalsam. WikiStpendiya 3-mavsum marafonining 3-turini nofaol tarzda oʻtkazdim. Sababi bunga sogʻligʻim bilan bogʻliq muammolar va oʻqish joyimdagi faoliyatim bevosta taʼsir koʻrsatdi. Ayniqsa qora roʻyhatga kiritilgach marafondan ham umidimni uzib tahrirlashni boshladim va davolanishimni davom ettirdim. Grand final davomida esa administratorligim uchun qatnasha olmadim. Shuningdek, ayrim muammoli holatlar sabab Chigʻatoy gurungi telegram guruhidan ham chiqib ketganman. Ikkinchi qoʻgʻirichoq akkauntni yaratish va undan foydalanishda menda hech qanday sabab va manfaat mavjud emas edi.
  3. usha kun Panpanga men usha blood bilan Xyprni topsam oʻzim bilaman degan edim. Ularda nima ayb deb rosa oldini oldi bu jumlalarga toʻxtalsak. Taqdirlash kuni Ahror bilan boʻlgan suhbatimni yaxshi eslayman. Ahror qoʻgʻirchoq akkauntlardan alamzada edi, sababi aynan ulardan biri Ahrorni qora roʻyhatga kiritgan va shu sababli ham jizzakilik koʻrsatayotgan edi. Shunda boshqa qora roʻyhatda boʻlib ham taqdirlanganlarni sanab oʻtdim va qora roʻyhatda boʻlish baholashga taʼsir koʻrsatmasligini tushuntirishga urindim. Ehtimolki, ayni shu soʻzlarim Ahrorning hayolida boshqa tarzda yaʼni qoʻgʻrichoq akkauntlarni yonini olgan tarzda qolgan boʻlsa ajab emas.
  4. Va yakuniysi. Bugungi kunga qadar anonimlar va ayrim tanishlarim orqali meni ayni shu qoʻgʻirchoq egasi (bir emas har ikkalasi) sifatidagi ayblovlar rosa urchigan edi. Har qancha tushuntirishimga qaramay, menga shu akkauntlarni mengzlashlar koʻpayib ketgach, bariga qoʻl siltab, munozarali vaziyatlar va muhokamalardan qochadigan boʻldim. Va yakunda qilingan checkuser meni qaysidir maʼnoda oqlab berdi. Boshqa tomondan esa bu akkaunt egalarining sobiq jamoadoshlarim ekanligini bilish meni hayratga ham soldi.
Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, to shu checkuser natijasiga qadar men bu akkauntlar kimga tegishli ekanligidan bexabar edim va ularning faoliyatiga na bevosita, na bilvosita aloqam mavjud emas. Iltimos, nooʻrin tuhmat qilishdan saqlaning!
p.s. Guruhdagi va shaxsiy yozishmalarni ochiqlash niyatim yoʻq. Lekin bu soʻzlarimni men bilan suhbatlashgan insonlar tasdiqlay oladi. PanPanChik #yozish 17:11, 2025-yil 29-yanvar (UTC)[javob berish]
@Komilkhuja, tarafkashlik emas-u, lekin Axadjon bunaqa gap aytmagan menga. Muzaffar Murodovich munozara 16:57, 2025-yil 27-yanvar (UTC)[javob berish]

Hurmatli Foydalanuvchi:Axadjon1 siz haqingizda yozilgan iddaolarga oʻzingizdan ham munosabat kutmoqdaman va shunga qarab xulosa chiqadi. Siz ham aynan raqiblaringizning ATlarini izlab, jamoadoshlaringizga kelganda faol tarzda roʻyxatga kiritishdan bosh tortgansiz. Bu esa meat va EMK buzilganini yaqqol koʻrsatadi. —   Mirzoulugʻbek |@  18:37, 2025-yil 12-fevral (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum! Yuqorida @Komilkhuja tomonidan aytilgan:
Ahror Akramovich, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovichlar bilan marafonning taqdirlash marosimidan soʻng suhbatlashganimda Muzaffar Murodovichga Axadjon1 qoʻgʻirchoq hisoblarning biri menman degan. Ushbu yozishmani olishga harakat qildim, biroq yuz hotirlik qilib yozishmani koʻrsatishgani yoʻq ushbu gaplar yuz foiz tuhmat. Buni albatta @Muzaffar Murodovich ham tasdiqladi. Meni Qoʻgʻirchoq hisoblarga hech qanday aloqam yoʻq. Boʻlganda CheckUserda chiqardi albatta. Qora roʻyhatga kiritish boʻyicha esa Xoqoni Saidni kiritmaganim rost, ammo istalgan odam kiritishi mumkin edi. Xoqoni Saidni hissasini oʻzim ham koʻrib chiqishga va AT lari bor maqolalarni toʻgʻirlab chiqishga yordam berayotganim uchun to koʻrib chiqilgunga qadar tugataman deb oʻylagan edim. Shuning uchun oʻsha munozarada birinchi boʻlib albatta tuzatiladi deb yozganman[5]Axadjon1 07:03, 2025-yil 13-fevral (UTC)[javob berish]
Hurmatli foydalanuvchi bu yerda chekuserda chiqqaningiz haqida soʻz ketmayapti. Siz ham birgalikda jamoa harakatlarini muvofiqlashtirganingiz ehtimoli haqida soʻz ketmoqda. Siz bilganmisiz ularning bu harakatlari haqida. Faqat rostini yozing.   Mirzoulugʻbek |@  07:24, 2025-yil 13-fevral (UTC)[javob berish]
Salom! @Axadjon1 bergan javobingiz uchun tashakkur. Qimmatli vaqtingizni ayamay o‘zbekcha vikipediyada tahrir qilayotganingiz uchun rahmat.
Meni Qoʻgʻirchoq hisoblarga hech qanday aloqam yoʻq. - sizni ushbu qo‘g‘irchoq hisoblarga aloqangiz yo‘qligiga ishonish qiyin. Sababi ikki qo‘g‘irchoq hisob ham Siz a’zosi bo‘lgan guruhdan chiqdi. Agarda men ishtirok etgan guruhda shunday bo‘lganida men ham sizdek aloqam yo‘q der edim. Axir jinoyatga sherik bo‘lganlar yokida aloqasi bo‘lganlar javobgarlikdan ozod qilinmaydi-ku!
Xoqoni Saidni hissasini oʻzim ham koʻrib chiqishga va AT lari bor maqolalarni toʻgʻirlab chiqishga yordam berayotganim uchun to koʻrib chiqilgunga qadar tugataman deb oʻylagan edim. - Siz avval o‘zingizni hissangizni ko‘rib chiqmagan ekansiz-da. Komilkhuja 08:06, 2025-yil 14-fevral (UTC)[javob berish]
  • Taxminlar asos boʻla olmaydi, asosli dalil bilan keltira olsangiz, men har qanday jazoga roziman. Iltimos tepadagi kabi tuhmat boʻlmasin!
  • Agar erinmasangiz tahrirlar tarixini koʻrib chiqing. Albatta oʻzimni hissobimni tashlab qoʻymaganman.
Axadjon1 09:46, 2025-yil 14-fevral (UTC)[javob berish]

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar va/yoki administratorlar sharhlari

[manbasini tahrirlash]

 Tasdiqlandi: Xhyripomius hisobini Anjaniy yuritadi.

 Tasdiqlandi: Blood Wyrm esa Xoqoni Saiddir. Eʼtiborlisi, Said qoʻgʻirchoq hisobini 11-noyabrda, yaʼni 7-noyabrda oʻzini-oʻzi checkuser qilishlarini soʻraganidan (va 9-noyabrda soʻrovi rad etilganidan) keyin yaratgan. Andoza:Userbox/Not sock andozasini esa 28-noyabr yaratib, oʻz sahifasiga qoʻshgan.

Panpanchik, Axadjon1 va Mrshaxas en:MEATga qoʻl urib, jamoa harakatlarini muvofiqlashtirgani ehtimoldan xoli emas, ammo buni CU uskunasi aniqlab bera olmaydi. Nataev munozara 17:28, 2025-yil 22-yanvar (UTC)[javob berish]

Bu foydalanuvchilar Vikipediya qoidalarini juda yaxshi oʻzlashtirgan va bu qoidalar bilan oʻynashgan. Shuningdek Vikipediya qoidalari va qoʻllanmalarini manipulyatsiya qilishgacha borishdi, bu Vikipediyada ezgu maqsadda kontent yaratish maqsadlariga ziddir. Bu ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari boʻyicha agentligi tomonidan oʻtkazilgan Wikistipendiya marafoni davomida oʻz maqsadlarga erishish yoʻlida boshqa foydalanuvchilarni faoliyatiga xalaqit berib, bir qancha nizolarni keltirib chiqarishdi. Qoidalar bilan oʻynashib qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtgan qoʻgʻirchoq hisob orqali buzgʻunchi xatti-harakatlarni sodir etishdi. Ha, bir nechta hisoblardan foydalanish prinsipial jihatdan ruxsat etiladi, ammo agar bu faqat birovni kovlash uchun kerak boʻlsa, ulardan foydalanishdan voz kechishlari zarur edi. Ammo bu foydalanuvchilar oʻzlariga raqib deganlarini marafondan chetlatish uchun qoʻgʻirchoq orqali ularni katta va kichik kamchiliklarini oshkor qilish yoʻliga tushib oʻzlarini kamchiliklariga eʼtibor qaratmadi. Shu sababli hech qanday ijobiy niyatlarga ega boʻlmagani pul mukofotini olish uchun tizimli va uzoq muddatli buzgʻunchi xatti-harakatlari uchun bu foydalanuvchilarni Oʻzbekcha vikipediyani tahrirlashdan chetlatdim. Chigʻatoy jamoasining qolgan aʼzolarini esa bu ishga aloqasi bor yoki yoʻqligi haqida CU uskunasi aniqlab bera olmagani sababli bu ishtirokchilarni bu ishga aralashmagan deyishdan olisman. Ammo jamoa harakatlarini muvofiqlashtirmagan deya umid qilaman. –   Mirzoulugʻbek |@  13:37, 2025-yil 23-yanvar (UTC)[javob berish]
Yuqorida @Komilkhuja Axadjon1 va Panpanchikka ham chora koʻrilishi kerakligini yozdi. Avvalroq yozganimdek, bu ikki foydalanuvchi MEATga qoʻl urgani ehtimoldan xoli emas. Vikining oʻzida bunga ishora qiluvchi dalillar yoʻq emas. Masalan, Axadjon1, yuqorida yozilganidek, faqat va faqat oʻz jamoadoshini qora roʻyxatga kiritishdan bosh tortgan, ayni vaqtda juda koʻp sonli raqibini roʻyxatga kiritish uchun kurashgan. Xoqoni Said Blood Wyrm qoʻgʻirchoq hisobi orqali Axadjon1 qoʻl urgan ATlar uzil-kesil koʻrsatib berilganidan keyin, yaʼni Axadjon1 qora roʻyxatga kirishi muqarrar boʻlganidan keyin „gʻaliz tarjima“ qilganini aytib, otiga sharh yozgani esa boshqa foydalanuvchilarni laqillatish urinishi boʻlgani ham ehtimoldan xoli emas.
Panpanchik esa jamoa asoschisi va sardori oʻlaroq oʻz jamoadoshlarining qoʻgʻirchoq hisob yuritish ishlaridan xabardor boʻlgan, ularni toʻxtatish va toʻgʻri yoʻl koʻrsatish oʻrniga chora koʻrmagan deb xulosa qilish ham mumkin. Komilkhuja iddaosiga koʻra esa, Panpanchik faol tarzda qoʻgʻirchoq hisob yuritayotgan jamoadoshlari yonini bosgan.
en:WP:MEATga koʻra, „actively recruiting new accounts or users on Wikipedia, or recruiting people (either on-wiki or off-wiki) to create an account or edit anonymously in order to influence decisions on Wikipedia, is prohibited“. Axadjon1 zoʻr berib raqiblari qora roʻyxatga kiritilishi uchun kurashgani shubhasiz. Panpanchik esa „Chigʻatoy gurungi“ asoschisi va sardori oʻlaroq MEATga qoʻl urgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Shundan kelib chiqib, bu ikki foydalanuvchiga qarshi chora koʻrish taklifi asossiz emas. Ammo muhokamada real hayotdagi uchrashuvlar va Telegramdagi suhbatlar emas, iloji boricha Vikipediyadagi xulq-atvori tahliliga tayanilsa, nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Boshqa foydalanuvchilarda qoʻshimcha fikrlar va dalillar boʻlsa, ulashishlari mumkin. Nataev munozara 15:19, 2025-yil 27-yanvar (UTC)[javob berish]

Hurmatli vikipediyaning tahrirchilari ushbu Foydalanuvchilarni tekshirish bo'yicha xulosani iloji boricha adolatli va ezgu maqsadni ko'zlagab xulosa chiqarishga harakat qildim. Foydalanuvchi Anjaniy va Xoqoni Said o'zining nojo'ya harakatlari uchun ushbu tekshirish bo'yicha natija chiqmasidan avval tan olmagani va harakatlarini yashishga urinib xatto checkuser so'roviga to'sqinlik qilgani uchun cheksiz chetlatildi. Agar o'z vaqtida tan olganida Vikipediya qoida va ko'rsatmalari asosida kechirish mumkin edi.

Foydalanuvchi Panpanchik esa bu ishga aloqasi yo'qligini iddao qildi. Uning iddaosiga ko'ra bu qo'g'irchoq hisoblarga uning aloqasi yo'q. Vikipediya hamjamiyatida barcha o'zini tuzatishga qodir deb ishoniladi. Shunga ko'ra, ishtirokchi tomonidan xato bilan aytilgan so'zlar bo'lsa ularni ayblash shart emas degan prinsip asosida Panpanchikni bu ishga aloqasi yo'qligiga ishondim.

Foydlanuvchi Axadjon1 faqat raqiblarini ta’qib qilib, jamoadoshlarini roʻyxatga kiritiahdan bosh tortib, VP:EMKni buzgani shubhasiz. Harakatlaridan qoʻgʻirchoq hisoblarni aynan jamoadoshlari yurtiganidan xabardor boʻlgan deb xulosa qilish mumkin. Shu sababdan ishtirokchiga ogohlantirish tariqasida bir kunlik blokka kiritishni to'g'ri deya hisobladim. Yodingizda bo'lsin, agar bunday holat yana takrorlansa cheksiz bloklanasiz.

Hurmatli vikikipediya jamaosining tahrirchilari! Biz tilimiz va uning kelajagi uchun maqola yaratamiz va maqolalarni tahrir qilamiz. Buning uchun bizga birov haq to'lashi, mukofot berishi qiziq bo'lmasligi zarur. Shuningdek biz qo'g'irchoq hisoblar orqali boshqalarni ta'qib, tahdid qilish yoki boshqalarni xatolarini yashirin tarzda qo'g'rchoq hisoblari bilan oshkor qilmasdan, barcha bilgan hisobimiz orqali xato va kamchiligini aytsak ezgu maqsadni ko'zlagan bo'lamiz. Shuni ham yodda tutinki, bizning maqsadimiz foydalanuvchilarni maqolani tahrirlash imkoniyatidan mahrum qilish emas, balki kelajakdagi yangi foydalanuvchilarga bo'ladigan tahdidlarning ham ta'sirini cheklashdir. —   Mirzoulugʻbek |@  14:59, 2025-yil 14-fevral (UTC)[javob berish]

Laziz Baxtiyorov

[manbasini tahrirlash]

2025-yil 29-yanvar

[manbasini tahrirlash]

Izoh: Laziz Baxtiyorovning qoʻgʻirchoq hisoblari tekshirilgan paytda hali foydalanuvchilarni tekshirish qoidalari va sahifalari ishlab chiqilmagan edi. Shuning uchun ushbu sahifaning sanalari va formati odatdagidan boshqacha.

Tekshiruv aslida 2024-yilning 16-May boshlangan. Qarang: Vikipediya:Administratorlar forumi/Arxiv/2024#Laziz Baxtiyorov tomonidan amalga oshirilgan gʻarazli faoliyatlar

Qoʻshimcha maʼlumot va uzil-kesil dalillar quyidagi sahifani koʻring: Vikipediya:Administratorlar forumi/Arxiv/2024#Laziz Baxtiyorovni administrator huquqidan mahrum qilish. Meta Laziz Baxtiyorovga nisbatan chora koʻrish boʻyicha ochilgan munozara hali ham ochiq: m:Requests for comment/Indefinite ban for Laziz Baxtiyorov.

Shubha ostidagi qoʻgʻirchoq hisoblar

[manbasini tahrirlash]

Boshqa foydalanuvchilar sharhlari

[manbasini tahrirlash]
Ayblanayotgan foydalanuvchilar ham bu yerda fikr bildirishlari mumkin.

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar va/yoki administratorlar sharhlari

[manbasini tahrirlash]

Checkuser natijasi stale boʻlsa-da, mana bu yerda qoʻgʻirchoq hisoblar Laziz Baxtiyorovniki ekanligi uzil-kesil tasdiqlangan.

Metadagi muhokama natijasini kutganimiz uchun qoʻgʻirchoq hisoblarga ham chora koʻrilmay qolgan ekan. Bugun uchala qoʻgʻirchoq hisobni blokladim. (@Umarxon III nima uchun ikkitasini sababsiz va izohsiz eski cheklovlardan chiqargani (1 va 2) esa hayratlanarli va muammoli.)

Oʻsha vaqtda shoshqaloqlik qilganman va bemaslahat blokdan chiqarganman. Bu va boshqa xatolarim uchun allaqachon tegishli jazo olganman. Umarxon III (munozara) 06:04, 2025-yil 30-yanvar (UTC).[javob berish]

Metadagi hozirgi kungacha ochiq turgan muhokama oʻz yakuniga yetganidan keyin Laziz Baxtiyorovning oʻziga qarshi tegishli choralarni koʻrish mumkin boʻladi. Nataev munozara 17:55, 2025-yil 29-yanvar (UTC)[javob berish]