Vikipediya:Ezgu maqsadni koʻzlang
Qiyofa
Har bir ishda ezgu maqsadni koʻzlash — ishning mukammal bajarilishi garovidir. Vikipediyada ham xuddi shunday. Foydalanuvchilarning barchasi tahrirlash huquqiga ega. Tahrirlar ezgu maqsadlarda oʻzgalarga maʼlumot ulashish uchun qilinishi lozim. Zararli, bemaʼni, mazmunsiz tahrir qilayotgan foydalanuvchilar avval Administratorlar tomonidan chetlashtirish haqidagi xabar bilan ogohlantiriladilar. Agar ogohlantirilgan foydalanuvchi zarar keltirishda davom etsa, uning hisob yozuvi muayyan yoxud cheksiz muddatga bloklanadi. Aks holda Vikipediyaning ensiklopedik ahamiyati yoʻqolib ketar edi.
Tajribali foydalanuvchilar yangi roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar bilan birodarlarcha munosabatda boʻlishi kerak, oʻz bilimlari bilan ulashishi kerak.