Kontent qismiga oʻtish

Ubaydulla Uvatov

Ushbu maqola xushsifat maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ubaydulla Murodovich Uvatov
Tavalludi 23-fevral 1940-yil
Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 3-noyabr 2020-yil(2020-11-03)
(80 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Kasbi Tarixchi, sharqshunos, filolog, manbashunos, islomshunos
Sohasi Sharqshunoslik, islomshunoslik, manbashunoslik, hadisshunoslik
Ish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti
„Amir Temur“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi
„Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi
Toshkent islom universiteti
Imom Buxoriy xalqaro markazi
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Institutlar Toshkent davlat universiteti (19641967)
Toshkent islom universiteti (19992008)
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti (19581964)
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti (aspirantura, 19671970)
Ilmiy darajasi Tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor
Mashhur shogirdlari tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD): Shukurillo Umarov, Ergash Daminov, Noʻmonjon Toʻrayev, Azizxoʻja Inoyatov
Mashhur ishlari „Navobigʻ ul-kalim“, „Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur“, „Ash Shamoil an-Nabaviya“, „Tabsiratul adilla fi usulid din ala tariqatil Imom Abu Mansur Moturidiy“ (tarjima)
„Buyuk yurt allomalari“, „Moturidiya taʼlimoti va Abu Muin Nasafiy ilmiy merosi“ asarlari
Mukofotlari

Mehnat shuhrati ordeni

Dini Islom, hanafiylik

Ubaydulla Murodovich Uvatov (1940-yil 23-fevral, Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR2020-yil 3-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — atoqli oʻzbek sharqshunos olimi, tarixchi, tarix fanlari doktori, professor. Olim temuriylar davri tarixi, shuningdek, oʻrta osiyolik allomalar ilmiy merosi, manbashunoslik va hadisshunoslik boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Bundan tashqari, hujjatli filmlar va spektakllar ssenariysi muallifi hamdir.

Ubaydulla Uvatov turli yillarda tarjimon, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni konsultativ sektor boʻlimi mudiri (19911992), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisning birinchi oʻrinbosari (19921995), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi (19951997), „Amir Temur“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi (19971999) va „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari (19992000), Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi, keyinchalik universitetning Manbalar xazinasi boʻlimi mudiri (19992008), Imom Buxoriy xalqaro markazi rahbari (20082013) va umrining oxiriga qadar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori (20132020) lavozimida faoliyat yuritgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga asosan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni, „Mehnat shuhrati“ va „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordenlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan akademiya talabalari uchun olim nomidagi maxsus stipendiya taʼsis etilgan.

Ubaydulla Uvatov vafotidan soʻng oʻzi taʼlim olgan Gʻuzor tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabi va ushbu tumandagi ikki koʻchaga olimning nomi berilgan. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida hozirga qadar olimning xotirasiga bagʻishlab ilmiy-amaliy anjumanlar, xotira va maʼrifat kechalari oʻtkazilib kelinmoqda.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ubaydulla Murodovich Uvatov 1940-yil 23-fevralda Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani, Pachkamar qishloq fuqarolar yigʻini, Chuchuk ota qishlogʻida chorvador oilasida tugʻilgan[1][2][3][4][5]. Dastlab oʻrta maʼlumotni ushbu tumandagi 1-umumtaʼlim maktabida olgan[6]. 1958—1964-yillarda Toshkent davlat universiteti sharqshunoslik fakultetini arab filologiyasi mutaxassisligi boʻyicha tugatib, 1964-yili ushbu universitetda oʻqituvchi boʻlib ishlagan[1][4][7][8]. 19671970-yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan[1].

Olim 2020-yil 3-noyabr kuni 80 yoshida vafot etgan va Toshkentdagi Said Vaqqos ota qabristoniga dafn qilingan[4][7][9].

Ubaydulla Uvatov dastlab 1962—1963-yillari Misr Arab respublikasida arab tili boʻyicha tarjimon[6], 1964—1966-yillari Toshkent davlat universiteti oʻqituvchisi, 1966—1967-yillari va 1975—1978-yillarda Iroq davlatida tarjimon,1982—1985-yillarda Liviya Xalq respublikasida tarjimon vazifasida faoliyat yuritgan[1][7][10]. 1991—1992-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni konsultativ sektor boʻlimi mudiri, 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan[1].

1995—1997-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida yetakchi ilmiy xodim, 1997—1999-yillari „Amir Temur“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi va 1999—2000-yillarda „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari[1][4][5], 1999—2008-yillari Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi, keyinchalik universitetning Manbalar xazinasi boʻlimi mudiri, 2008—2013-yillarda Imom Buxoriy xalqaro markazi rahbari, 2014—2020-yillari Oʻzbekiston maʼrifatparvarlar jamiyati raisi, 2017—2020-yillari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori[2] hamda oʻrindoshlik asosida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining „Islom sivilizatsiyani oʻrganish ICESCO“ kafedrasi professori[11] vazifasida faoliyat olib borgan[1].

Shuningdek, olim Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Ixtisoslashgan kengashining doimiy aʼzosi, „Islom nuri“ gazetasi, „Imom Buxoriy saboqlari“ jurnalining tahrir hayʼati aʼzosi boʻlgan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimning ilmiy-tadqiqiy faoliyati asosan temuriylar davri tarixi[12], oʻrta osiyolik allomalar ilmiy merosi, manbashunoslik va hadisshunoslikka oiddir[5][7]. Ubaydulla Uvatov arab, fors, rus, fransuz tillarini mukammal bilgan[11]. 1974-yil 12-aprelda Ibn Arabshohning „„Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur“ (tarjimasi „Temur tarixida taqdir ajoyibotlari“) asarining tarjimasi va ilmiy tahlili“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi[1][5][12]. 2002-yil 16-iyun kuni Toshkent islom universitetida „Movarounnahr va Xuroson olimlarining hadis ilmi rivojida tutgan oʻrni (Buxoriy, Muslim, Termiziy)“ mavzusida doktorlik ilmiy ishini himoya qilib[13], tarix fanlari doktori ilmiy darajasi olgan. 2008-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1][5].

Ubaydulla Uvatov oʻz ilmiy faoliyati davomida 300 dan ortiq maqola, 50 ga yaqin kitob va risolalar muallifi hisoblanadi[1][3][5][8][14]. Ilmiy asarlarning aksariyati rus, arab, turk tillarida Misr, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda nashr etilgan[13][14][15][16].

Arab tilidan tarjima qilingan asarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ubaydulla Uvatov Mahmud az-Zamaxshariy haqidagi „Fasohat ilmining sultoni“ hujjatli filmi (2014-yil)[18][19][20], „Hakim Termiziy“ hujjatli filmi (2017-yil), „Allomai zamon“ spektakli (2019-yil) ssenariysi muallifidir[21].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil fevral oyida Ubaydulla Uvatov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan Gʻuzor tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabida „Inson xotira bilan tirik, qadr bilan barhayot“ nomi ostida xotira kechasi va maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda olim oʻzi taʼlim olgan 1-umumtaʼlim maktabiga hamda tumandagi Elhaqi va Chorvadorlar koʻchalariga Ubaydulla Uvatov nomi berilganligi eʼlon qilindi[3][26][27]. 2021-yil 23-fevral kuni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida „Ubaydulla Uvatov — manbashunoslik va hadisshunoslik dargʻasi“ mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi[14][15][28][29][30]. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan akademiya talabalari uchun Ubaydulla Uvatov nomidagi maxsus stipendiya taʼsis etilgan[31][32].

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 YouTube logotipi Taniqli sharqshunos olim YouTubeda
  2. 2,0 2,1 2,2 „Manbashunos olim Ubaydulla Uvatov davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2020-yil 22-fevral). 2023-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Ubaydulla Uvatov nomi Gʻuzordagi maktab va ko‘chalarga berildi“. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi sayti (2021-yil 4-mart). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Mamlakatimiz ilm-fani ogʻir judolikka uchradi“. uza.uz (2020-yil 3-noyabr). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 Nodir Karimov. „A true successor of great Central Asian scholars“ (ingliz tilida) (2020-yil 1-avgust). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  6. 6,0 6,1 YouTube logotipi „Umr daftari“. Taniqli sharqshunoslik olim, professor Ubaydulla Uvatov („Madaniyat va maʼrifat“ telekanali, 10.03.2021) YouTubeda
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 „Скончался известный ученый-востоковед, профессор Убайдулла Уватов“ (rus tilida). podrobno.uz (2020-yil 4-noyabr). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  8. 8,0 8,1 „Taʼziya“. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sayti (2020-yil 3-noyabr). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  9. 9,0 9,1 „Taniqli olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2020-yil 3-noyabr). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  10. Dinora Xoldorova. „„Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur“ asarida Ubaydulla Uvatovning tarjimonlik mahorati“. econferencezone.org (2022-yil 21-may). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  11. 11,0 11,1 YouTube logotipi Ubaydulla Uvatov — Buyuk ajdodlar targʻibotchisi YouTubeda
  12. 12,0 12,1 12,2 Z.Munavvarov. „Fidoiylik ramzi“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 2-mart). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  13. 13,0 13,1 „Достойное признание самоотверженного труда“ (rus tilida). „Pravda Vostoka“ gazetasi, №41 (26-fevral 2020-yil). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 „Manbashunoslik va hadisshunoslik dargʻasi“. „Xalq soʻzi“ gazetasi sayti (2021-yil 24-fevral). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  15. 15,0 15,1 „Ubaydulla Uvatov — manbashunoslik va hadisshunoslik dargʻasi“. O`zbekiston musulmonlari idorasi sayti (2021-yil 24-fevral). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  16. 16,0 16,1 Charos Yoqubova. „Buyuk allomalar merosi tadqiqotchisi“. „Maʼrifat“ gazetasi, №9 (26-fevral 2020-yil). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  17. Qobilbek Karimbekov. „Ustozning boqiy ilmiy merosi“. „Hurriyat“ gazetasi sayti. 2023-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  18. „Toshkent Islom universitetida Zamaxshariy haqidagi hujjatli film premyerasi boʻlib oʻtdi“. daryo.uz (2014-yil 18-noyabr). 2023-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  19. „Buyuk alloma Zamaxshariy haqidagi hujjatli film premyerasi oʻtkazildi“. anhor.uz (2014-yil 18-noyabr). 2023-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  20. „Снят документальный фильм о Замахшари“ (rus tilida). gazeta.uz (2014-yil 18-noyabr). 2023-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  21. Durdona Asadullayeva. „Ubaydulla Uvatovning oʻchmas merosi“. „Pedagog“ jurnali, №4 (15.12.2019). 2023-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  22. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi PF-4130-sonli farmoni“. lex.uz (2009-yil 25-avgust). 2023-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  23. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi PF-5193-son farmoni“. prezident.uz (27-sentyabr 2017-yil). 2023-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  24. „Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“. uza.uz (2017-yil 27-sentyabr). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  25. YouTube logotipi Ubaydulla Uvatov „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlandi YouTubeda
  26. „Ubaydulla Uvatov nomi Gʻuzordagi maktab va ko‘chalarga berildi“. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi sayti (2021-yil 4-mart). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  27. „Maktab va ko‘chalarga Ubaydulla Uvatov nomi berildi“. „Qashqadaryo“ gazetasi sayti (2021-yil 26-fevral). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  28. YouTube logotipi Ubaydulla Uvatov ilmiy merosiga bagʻishlangan tadbir YouTubeda
  29. Nazokat Usmonova. „Atoqli olim yodi“. uza.uz (2021-yil 23-fevral). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  30. „„Ubaydulla Uvatov – manbashunoslik va hadisshunoslik darg‘asi“ mavzusida anjuman o‘tkazildi“. islom.uz (2021-yil 23-fevral). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  31. Behruz Xudoyberdiyev. „Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatiga bir nazar...“. uza.uz (2022-yil 9-aprel). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  32. Zohidjon Islomov. „Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy yoʻnalishda yangi bosqichga chiqmoqda“. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi sayti (2022-yil 30-avgust). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.