Tolibon hujumi
Tolibon hujumi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Afgʻoniston urushi (2005–2021) | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Tolibon Qoʻllab-quvvatlovchilar:
Al-Qoida |
Afgʻoniston Islom Respublikasi AQSh (aviazarbalar, cheklangan ishtirok)[2][3] | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Haybatulloh Oxundzoda Abdul Gʻani Birodar Sirojiddin Haqqoniy |
Ashraf Gʻani Amrulloh Solih Abdulloh Abdulloh Bismilloh Xon Muhammadiy Abdul Rashid Doʻstum Ismoil Xon Ahmad Masʼud | ||||||
Kuchlar | |||||||
„Qizil guruh“ | „AQSh maxsus topshiriqlarni hamkorlikda bajarish guruhi“ | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Afgʻonistonning 08.08.2021 kungi maʼlumotlariga koʻra: 8668 kishi halok boʻlgan[4] | Afgʻonistonning 08.08.2021 kungi maʼlumotlariga koʻra: 1537 kishi halok boʻlgan[5][6][7][8] | ||||||
Umumiy yoʻqotishlar | |||||||
1031 nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan 1609 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan[9] |
2021-yilgi Tolibon hujumi — AQSh harbiylarining Afgʻonistondan toʻliq olib ketilishi aniq boʻlgach[10][11], 2021-yilning 1-may kunidan Tolibon harakati tomonidan Afgʻoniston Qurolli kuchlariga qarshi boshlangan faol hujum harakatidir[12]. Hujumlar oqibatida 14-avgust kuni toliblar Afgʻonistonning 90 % hududini oʻzlariga boʻysundira oldilar. 15-avgustda poytaxt Kobulni bosib oldilar va mamlakat boshqaruvini qoʻlga kiritdilar. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi[13][14].
Boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afgʻonistondagi fuqarolar urushi davrida Tolibonga asosiy qarshilik mamlakat shimolidan (Shimoliy ittifoq) koʻrsatilgani uchun 2021-yil toliblar yangi hujumlarni boshlashda asosan shimolga eʼtibor qaratdilar[15]. 1990-yillarda Tolibon hukmronligi vaqtida Afgʻonistonda ayollarning huquqlari doimiy buzilib kelgan: ular hamma joyda burqa kiyib yurishga majbur boʻlganlar, 10 yoshdan katta qizlarga maktabda oʻqish taqiqlangan. Bu qoidalarni buzgan ayollarni omma oldida jazolaganlar, baʼzida qatl ham qilganlar[16].
Hujumning borishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]May
[tahrir | manbasini tahrirlash]May oyi boshlarida Tolibon Vardak viloyatining 15 ta tumanini qoʻlga oldi[17][18][19][20]. Hujumlar oqibarida 405 nafar Afgʻoniston harbiylari va 260 nafat tinch aholi vakillari vafot etgan[21][22].
Iyun
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iyun oʻrtalariga kelib toliblar Bagʻlon va Qunduz viloyatlarining 69 ta tumanini nazoratlari ostiga olgan edilar[17][23][24][25]. Mozori-Sharif shahri oʻrab olingandi[26]. Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan hududlarda oʻz bayroqlarini tikladilar[27][28]. 1,5 mingdan ortiq afgʻon harbiylari Tojikistonga qochib jon saqlashga majbur boʻldilar[29]. Iyun oxirlarida toliblar Kobulga chegaradosh boʻlgan Parvon viloyatida jang olib bordilar[30][31].
Iyul
[tahrir | manbasini tahrirlash]2-iyul kuni NATO qoʻshinlarining soʻnggi harbiylari Bagram aviabazasini tark etdilar[32][33]. 4-iyul kuni toliblar Pokiston bilan chegara punktlarida oʻz bayroqlarini koʻtardilar[34]. 12-iyul kuni toliblar yana 55 ta tumanni qoʻlga kiritdilar[35]. Mamlakat rasmiylari esa avval „Tolibon“ tomonidan egallangan barcha hududlarni qaytarib olganliklarini aytishdi[36][37][38].
Avgust
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avgust boshida Afgʻonistondagi 417 tuman markazidan 200 tasi „Tolibon“ qoʻlida ekani aytildi. shuningdek, boshqa tumanlarda ham doimiy toliblar borligi maʼlum qilindi[39]. 6-avgust kuni „Tolibon“ Shibirgʻon[40] va Eron chegarasi yaqinidagi Zaranj shaharlarini egalladi[41][42]. Bir necha soatdan keyin Qunduz[43], Saripul va Talukan[44] ham toliblar qoʻliga oʻtdi[45][46].
7-avgustda Gʻarb davlatlari mamlakatda xavf darajasi yuqorilab ketgani sababli oʻz fuqarolarini Afgʻonistonni tark etishga chaqirdi[47][48][49]. Shu kuni Birlashgan millatlar tashkioti bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha vakili Debora Layons „Voqealarning bu terzda davom etishi mamlakatni halokatga olib keladi“, deb taʼkidladi[50]. 8-avgust Joe Biden administratsiyasi koʻpdan beri davom etayotgan Afgʻoniston urushini tugatish niyatida ekanini aytdi[51][52].
8-avgustda AQSh harbiy havo kuchlari Fors koʻrfazidan turib „Tolibon“ga qarshi zarbalar berdi[53][54][55].
9-avgust kuni Samangan viloyatining markazi — Oybek shahri ham „Tolibon“ tomonidan egallandi[56].
11-avgust kuni Joe Biden administratsiyasi AQSh 31-avgustgacha Afgʻoniston harbiylariga yordam berishini maʼlum qildi[57].
„Eron Islom Respublikasi ovozi“ teleradiokompaniyasi „Tolibon“ Afgʻonistonning 90 % hududini egallab olganini bildirdi[58].
Kobulning egallanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]15-avgust kuni toliblar Afgʻonistondagi barcha chegara oʻtish punktlarini nazorat qilayotganlari maʼlum boʻldi[59]. Shu kuni „Tolibon“ jangchilari Kobulga hujum boshladilar[60][61]. Shaharda oʻq ovozlari eshitilib turganiga qaramasdan Afgʻoniston prezidenti administratsiyasi vaziyat nazorat ostida ekanini eʼlon qildi[62][63]. „Tolibon“ yetakchilari oʻz jangchilariga urushni toʻxtatishni buyurishdi va Kobulni jangsiz qabul qilib olishga tayyorlanayotganlarini maʼlum qilishdi[63][64][65]. „Tolibon“ vakillari Prezident qarorgohiga kelib hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirish boʻyicha muzokaralar olib borishdi[66][67][68].
Afgʻoniston yetakchisi oʻrnini „Tolibon“ning Qatardagi shtab-kvartirasi rahbari Abdul Gʻani Birodar egalladi. Sobiq Ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloliy esa Afgʻoniston muvaqqat hukumat rahbari lavozimini egalladi[69][70].
Afgʻoniston Islom Respublikasining prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatni tark etdi. U Tojikistonga uchgani maʼlum qilindi[71]. Hukumat vakili Abdulloh Abdulloh bu maʼlumotni tasdiqlab, Ashraf Gʻanini „sobiq prezident“ deb atadi[72].
„Tolibon“ harakati Kobul ostonasida kutib turgan oʻz jangchilariga poytaxt Kobul shahriga kirishni buyurdi[73].
Kobul qulashidan keyingi qarshilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]17-avgust kuni mamlakatda qolgan vitse prezident Amrulloh Solih Afgʻoniston konstitutsiyasi boʻyicha oʻzini muvaqqat hukumat rahbari deb eʼlon qildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Taliban Declares "War Is Over" As It Takes Control Of Presidential Palace“. NDTV.com (16-avgust 2021-yil).
- ↑ Seldin, Jeff. „US Airstrikes Target Taliban as Fighting Intensifies“. Voice of America (5-may 2021-yil). 8-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ „US air force targets Taliban position in northern Afghanistan, media reports“. Afghanistan Times (26-iyun 2021-yil). 2-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Press Release | Ministry of Defense Afg
- ↑ Faizi, Fatima; Abed, Fahim; Rahim, Najim. „Afghan War Casualty Report: May 2021“. The New York Times (3-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Faizi, Fatima; Rahim, Najim. „Afghan War Casualty Report: June 2021“. The New York Times (1-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Faizi, Fatima; Timory, Asadullah. „Afghan War Casualty Report: July 2021“. The New York Times (15-iyul 2021-yil). Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
- ↑ Faizi, Fatima. „Afghan War Casualty Report: August 2021“. The New York Times (5-avgust 2021-yil). Qaraldi: 6-avgust 2021-yil.
- ↑ Graham-Harrison, Emma. „Afghanistan civilian casualty figures at record high, UN says“. The Guardian (26-iyul 2021-yil). Qaraldi: 26-iyul 2021-yil.
- ↑ Steve Holland, Phil Stewart. „ʻTime to end the forever war’: Biden to start U.S. Afghanistan pullout on May 1“. Reuters. Qaraldi: 14-aprel 2021-yil.
- ↑ „Байден Американинг давомли урушини тўхтатишга қарор қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel. (Wayback Machine saytida 2021-08-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ De Luce, Dan; Yusufzai, Mushtaq; Smith, Saphora. „Even the Taliban are surprised at how fast they're advancing in Afghanistan“. NBC News (25-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „Афғонистон собиқ президенти Ашраф Ғани қаерда экани маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ V posolstve RF soobщili o pobege Gani iz prezidentskogo dvorsa
- ↑ „A Quarter of Afghanistan's Districts Fall to the Taleban amid Calls for a 'Second Resistance'“. Afghanistan Analysts Network (2021-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
- ↑ Panika i otchayanie v Afganistane: lyudi begut ot nastupayuщix otryadov „Talibana“, BBC, 16.08.2021
- ↑ 17,0 17,1 Roggio, Bill. „Taliban doubles number of controlled Afghan districts since May 1“. FDD's Long War Journal (29-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Roggio, Bill. „UN report on Taliban controlled and contested districts tracks with LWJ data“. FDD's Long War Journal (3-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ „Taliban seize key district outside Afghan capital“. France24 (12-may 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ „Taliban capture more districts, surround Kabul“. Global Village Space (22-may 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedcas1
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedcast
- ↑ Gibbons-Neff, Thomas; Rahim, Najim. „Taliban Enter Key Cities in Afghanistan's North After Swift Offensive“. The New York Times (8-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ „Baghlan: PD2 of Pul-e-Khumri Held by Taliban, City Under Siege“. Tolo News (24-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Robertson, Nic. „Afghanistan is disintegrating fast as Biden's troop withdrawal continues“. CNN (24-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Najafizada, Eltaf. „Taliban Besiege Key Afghan City With U.S. Troops Set to Exit“. Bloomberg (22-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ „Taliban captures Afghanistan's main Tajikistan border crossing“. Al Jazeera English (22-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ „Taliban capture Afghanistan's main Tajikistan border crossing“. France 24 (22-iyun 2021-yil).
- ↑ „Some 1,500 Afghan soldiers crossed into Tajikistan over past 2 weeks - Tajik rep to CSTO“. Interfax (7-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ „Parwan's Shinwari district overrun by Taliban“.
- ↑ „Taliban forces rapidly gaining ground in Afghanistan as U.S. leaves“ (en). NBC News. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
- ↑ „АҚШ ва НАТО кучлари Афғонистондаги энг йирик авиабазани тарк этди“. Bugun.uz. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
- ↑ „Germany, Italy Complete Troop Exit From Afghanistan“. Voice of America (2-iyul 2021-yil).
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs nameddawn_pak
- ↑ „Taliban says it controls '85 percent' of Afghan territory, made no ceasefire promise to US“. France24 (9-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedjul12
- ↑ Roggie, Bill „Afghanistan at risk of collapse as Taliban storms the north“. FDD's Long War Journal (5-iyul 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ Nossiter, Adam. „Taliban Enter Kandahar City and Seize Border Posts“. The New York Times (9-iyul 2021-yil). Qaraldi: 10-iyul 2021-yil.
- ↑ Москва готова к сценарию полного захвата талибами власти в Афганистане // Interfax, 29 июля 2021 года
- ↑ „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйини ёқиб юборди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ „Taliban take first Afghan province capital“. The West Australia. AAP (6-avgust 2021-yil). Qaraldi: 6-avgust 2021-yil.
- ↑ Талибы штурмуют города dw.com, 7 августа 2021 года
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг энг йирик шаҳарларидан бирини эгаллаб олди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги яна бир вилоят марказини эгаллади“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
- ↑ Наступление талибов на севере Афганистана продолжается Русская служба Би-Би-Си, 8 августа 2021 года
- ↑ Талибан берёт под контроль Талукан ТАСС, 8 августа 2021
- ↑ „АҚШ америкаликларни зудлик билан Афғонистонни тарк этишга чақирди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
- ↑ Посольство США в Кабуле сделало ряд заявлений // РИА НОВОСТИ, 7 августа 2021
- ↑ МИД Великобритании призвал граждан немедленно покинуть Афганистан // Regnum, 7 августа 2021
- ↑ В ООН предупредили о катастрофических последствиях войны в Афганистане // Regnum, 7 августа 2021 года
- ↑ New York Times: Планы Байдена в отношении Афганистана не изменились // ТАСС, 8 августа 2021 года
- ↑ „Байден Афғонистондан қўшинларини олиб чиқиш режасини ўзгартирмайди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
- ↑ США отправили бомбардировщики B-52 в Афганистан для борьбы с талибами // Взгляд]]
- ↑ Бомбардировщики B-52 США нанесли авиаудары по талибам в Афганистане // Lenta.ru, 7 авг
- ↑ Американские бомбардировщики ликвидировали более 200 талибов на севере Афганистана (Wayback Machine saytida 2021-08-08 sanasida arxivlangan) // RusNext
- ↑ „Афғонистоннинг Саманган вилояти маркази «Толибон» ҳаракати қўлига ўтди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
- ↑ Брифинг в Пентагоне // ТАСС, 12 августа 2021 года
- ↑ „СМИ: "Талибан" контролирует около 90% территории Афганистана“. ТАСС. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „AP: талибы взяли под контроль все погранпереходы в Афганистане“. РИА Новости (15-avgust 2021-yil). Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „Талибы начали наступление на Кабул“. РИА Новости. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон пойтахтига ҳужум бошлади — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ Власти Афганистана опровергли нападение талибов на Кабул // Известия, 15 августа 2021
- ↑ 63,0 63,1 „«Толибон» ҳаракати Кобулга ҳужум бошлагани эълон қилинди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Taliban Says It Will Not Enter Kabul by Force“ (en). TOLOnews (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Кобул бўйича баёнот берди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Талибы прибыли в президентский дворец в Кабуле“ (ru). Московский комсомолец (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ Анастасия Лежепекова. „СМИ: передача власти в Афганистане состоится 15 августа в президентском дворце“. Газета.ru (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Aфғонистон президенти ҳокимиятдан воз кечиши кутилмоқда“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ Президент Афганистана в ближайшие часы сложит с себя полномочия, 15.08.2021
- ↑ „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон бутунлай ўз назоратига ўтганини маълум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Aфғонистон президенти Тожикистонга учиб кетгани айтилмоқда“. Bugun.uz. 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Taliban etenee syvemmälle Kabuliin, presidentti on poistunut maasta“ (fi). Yle Uutiset. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „«Толибон» ҳаракати ўз кучларига Кобулга киришни буюрди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.