Toʻlebiy (tuman)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Janubiy Qozogʻiston viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Lenger | |
Asos solingan sanasi | 1932-yil | |
Akim | Turgʻimbekov Avelxan Eltayevich | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2013) | 132,836[1] | |
Zichligi | 42,1 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar - 69,7 % oʻzbeklar - 13,8 % ruslar - 6,4 % turklar - 3,0 % ozarbayjonlar - 2,1 % boshqalari-5 % | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Maydoni | 3,150 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 72547[2] | |
Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
Xaritada | ||
43°36′0″N 73°47′0″E / 43.60000°N 73.78333°E |
Toʻlebiy tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubi-sharqida joylashgan. Maydoni 3,1 ming km2 (viloyatning 2,6 %). 1932-yili tashkil topgan, 1991-yilgacha Lenger tumani deb nomlanib keldi. Aholisi 132,856 kishi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Lenger shahri.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 132,856 kishini tashkil qildi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 42,1 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholisining asosiy qismini qozoqlar — 69,7 % tashkil qiladi, shuningdek oʻzbeklar — 13,8 %, ruslar — 6,4 %, turklar — 3,0 %, ozarbayjonlar — 2,1 %, boshqalari-5 %.
Milliy tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 1-yanvar oyidagi statistikaga koʻra tuman aholisi 120 598 kishi tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:[3]
- Qozoqlar – 83 804 kishi (69,49%)
- Oʻzbeklar – 20 014 kishi (16,59%)
- Ruslar – 6 697 kishi (5,55%)
- Turklar – 4 846 kishi (4,01%)
- Ozarbayjonlar – 1 796 kishi (1,45%)
- Kurdlar – 1 512 kishi (1,25%)
- Boshqalar – 1 929 kishi (1,6%)
Katta qishloqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lenger shahri
- Pervomaevka qishlogʻi
- Koʻksayek qishlogʻi
- Sultanrabat qishlogʻi
- Qamshaq qishlogʻi
- Toʻgʻis qishlogʻi
- Aqjar qishlogʻi
- Zertas togʻi qishlogʻi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-9 °C, iyulda 24°-26 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori gʻarbiy qismida 450 mm, sharqiy qismida 650 mm.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-20
- ↑ „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-noyabr.
- ↑ „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2022 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. Qaraldi: 2021-yil 1-may.[sayt ishlamaydi]