Kentau
Kentau qoz. Кентау | |
---|---|
shahar | |
43°31′01″N 68°30′16″E / 43.51694°N 68.50444°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Turkiston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Baxtbek Baysalov |
Asos solingan | 1955 |
Avvalgi nomlari | Mirgʻalimsay |
Qachondan beri shahar | 1955 |
Aholisi (2022 ) |
209 325 |
Milliy tarkib |
Qozoqlar – 56,36% Oʻzbeklar – 40,31% Ruslar – 1,89% Boshqalar – 1,44% |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 72536[1] |
Pochta indeks(lar)i | 160400 [2] |
Avtomobil kodi | X, 13 |
|
Kentau — (qoz. Кентау) Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1955-yildan). Qoratov tizmasi yon bagʻrida, 250–300 m balandlikda, Chimkentdan 225 km shimoli-gʻarbda, Turkiston temir yoʻl stansiyasidan 40 km joylashgan. Aholisi 61,860 kishi (2012).
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha (qishloq okruglari bilan qoʻsha hisoblaganda) 90,171 kishini tashkil qildi. Aholining milliy tarkibi quyidagicha:
Shahar tashkil topgan vaqtda ruslar koʻplab koʻchib kela boshladi, ulardan boʻlak yunonlar, olmonlar, koreyslar, chechenlar ham koʻchib kelishdi.
Milliy tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 1-yanvar oyidagi hisobotga koʻra shahar aholisi 209 325 kishini tashkill qildi. Qozogʻiston Respublikasidagi aholisining deyarli yarmini oʻzbeklar tashkil qiluvchi yagona shahar hisoblanadi. Shahar aholisining milliy tarkibi quyidagicha:
- Qozoqlar — 117 986 kishi (56,36 %)
- Oʻzbeklar — 84 381 kishi (40,31 %)
- Ruslar — 3 807 kishi (1,89 %)
- Tatarlar — 1 134 kishi
- Ozarbayjonlar — 646 kishi
- Turklar — 244 kishi
- Boshqalar — 1 127 kishi
- Umumiy — 209 325 kishi[3]
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda polimetall rudalari boyitiladi. Ekskavator va transformator zavodlari, temir-beton konstruksiyalari zavodi, kon-metallurgiya texnikumi bor.[4]
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda madaniyat uyi, markaziy kutubxona, park, kinoteatr, „’’Kentau shugʻilasi’’“, „Kentau“ nomli shahar gazetalari, shahar „Inkar“ telekanali faoliyat yuritadi. Kentau shahrida Xalqaro qozoq-turk universitetining ekologiya, tibbiyot fakultetlarning filiallari, musiqa, tasviriy sanʼat, sport, „Darin“ maktablari, maktab-gimnaziya, kasbi-texnik maktabi, togʻ-kon metallurgiya kolledji, agrokolledj bor.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-noyabr.
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-noyabr.
- ↑ „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2022 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. Qaraldi: 2021-yil 1-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Кентау на официальном сайте Южно-Казахстанской области (Wayback Machine saytida 2008-01-05 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2008-01-05 sanasida arxivlangan)
- «Кентау: город сбывшихся надежд» — статья к 50-летию города (Wayback Machine saytida 2015-06-10 sanasida arxivlangan)
- «От древнего Понта до Кентау» — статья на сайте понтийских греков (Wayback Machine saytida 2015-06-10 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2015-06-10 sanasida arxivlangan)
- Комплексная оценка внешних факторов, определяющих здоровье детей и подростков промышленного центра Южного Казахстана, на примере города Кентау (Wayback Machine saytida 2013-11-16 sanasida arxivlangan)