Sariagʻash (tuman)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Janubiy Qozogʻiston viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Sariagʻash | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Akim | Mirzabayev Maqsat Saylaubayevich | |
Rasmiy tillar | qozoq | |
Aholi (2013) | 306,494[1] | |
Zichligi | 40,2 kishi./km² | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar | |
Maydoni | 7,613 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 72537[2] | |
Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
Xaritada | ||
41°37′12″N 68°43′12″E / 41.62000°N 68.72000°E |
Sariagʻach tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining eng yirik tumanlaridan biri. Hozirgi vaqtda maydoni 7613 km². Tumanda 40 dan ortiq millat va elatlar yashashadi. Aholisi 306,494 (2013). Sariagʻach tumani — viloyatning janubida joylashgan. 1928-yillarda Keles tumani nomi bilan tashkil topgan. 1939-yilda Sariagʻash nomi berildi. Maydoni 7613 km². Tuman markazi — Sariagʻash shahri. Tuman hududi orqali Chimkent — Termiz Xalqaro avtomobil magistrali, Orenburg — Toshkent temir yoʻli oʻtadi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 306,494 kishi, aholining oʻrtacha zichligi1 km 2 40,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholining asosiy qishmini qozoqlar (86,9 %), undan boshqa oʻzbeklar (4,1 %), tojiklar (2,7 %), ozarbayjonlar (1,2 %), ruslar (1,1 %), tatarlar (0,9 %) va boshqalari istiqomat qilishadi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi kontinental, qishi iliq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −2 — 3 °C, iyulniki 24 — 28 °C. JYogʻingarchilikning yillik miqdori 200 – 300 mm.
Katta qishloqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sariagʻash shahri
- Abay qishlogʻi
- Derbisek qishlogʻi
- Jibek joʻli qishlogʻi
- Intimaq qishlogʻi
- Qabilanbek qishlogʻi
- Aqjar qishlogʻi
- Qiziljar qishlogʻi
- Jilgʻa qishlogʻi
- Darbaza qishlogʻi
- Aqniet qishlogʻi
- Qurkeles qishlogʻi
- Qoshqarata qishlogʻi
- K.Marks qishlogʻi
- Aqjoʻl qishlogʻi
- Koʻkterek qishlogʻi
Ijtimiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda umumiy bilim beruvchi 137 ta maktab bor, uning 94 tasi oʻrta, 15 tasi asosiy, 28 tasi boshlangʻich va 2 sport, musiqa maktablari. Madaniy mahkamlaridan 290 ta madaniyat markazlari va 36 ta kutubxona bor. Tibbiyot sohasida 2 shifoxona, 4 kasalxona, 24 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 104 feldsher-akusherlik punkt, silga qarshi dispanser faoliyat yuritmoqda. Oʻzbekiston bilan chegaradosh Jibek joʻli qishlogʻida bojxona joylashgan.