Kontent qismiga oʻtish

Sayram (tuman)

Koordinatalari: 42°25′0″N 69°50′0″E / 42.41667°N 69.83333°E / 42.41667; 69.83333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sayram tumanidan yoʻnaltirildi)
Sayram tumani
Сайрам ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Oqsuvkent
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Arman Sabitov
Aholi (2014) 319,785[1]
Zichligi 185,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi Oʻzbeklar - 64,8%
Qozoqlar - 26,9%
Turklar - 3,0%
Ruslar - 1,8%
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 1 700 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72531
Avtomobil raqami kodi X, 13
Rasmiy sayti Аппарат акима Сайрамского района
Xaritada
Sayram tumani xaritada
42°25′0″N 69°50′0″E / 42.41667°N 69.83333°E / 42.41667; 69.83333
Sayram minorasi

Sayram tumani – Turkiston viloyatidagi eng katta tumanlarning biri hisoblanadi. Maydoni 1760,4 km² (viloyatning 1,4 %). 56 millatga mansub kishilar istiqomat qiladi. Tuman markazi – Oqsuvkent. Oqsuv daryosining yoqasida joylashgan. Barcha avtomabil va temir yoʻllari shu markazda kesishadi. Tumanda 235 mingdan ziyod fuqaro istiqomat qiladi va bu koʻrsatkich viloyat aholisining 11 foizini tashkil etadi. Jumladan, 11ta qishloq okrugi, 42ta aholi manzili mavjud.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqni oʻrganuvchi sayyoh, olim Vasiliy Bartold (1893-1894 yillarda Sayram tumanida boʻlib, u yerdagi qishloqlarda 50 ta madrasa, 40 ga yaqin oʻquv guruhlari va yozgi oromgohlar borligini yozadi. Ular orasida qizlar madrasasi ham bor edi. Bu tuman uchun katta koʻrsatkichdir. 1906-yilgacha Sayramda ta’lim tizimi diniy edi. 1906-yildan boshlab esa umuminsoniy qadriyatlar birinchi oʻrinda turadigan yangicha yondashuvdagi maktablar ochildi. Zamonaviy yoʻnalishdagi maktablarda diniy darslardan tashqari ilmiy, tarixiy, falsafiy maʼruzalar oʻqila boshlandi. 1919-yilda isloh qilingan arab alifbosi asosida hozirgi taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyildi. 1919-yil 16-dekabrda Sovet hukumatining “Mamlakatda savodsizlikni yoʻq qilish toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi. Shundan kelib chiqib, yangi tipdagi savodxonlik maktablari va aholining ommaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar ko‘paydi. Turli madaniy taʼlim markazlari ishladi. 1920-yilgacha Oqsuv, Qorasuv, Lapshin, Nikolaevka qishloqlarida bir qancha boshlangʻich maktablar rus tilida oʻqitiladigan boʻlsa, 1921-yilga kelib savodxonlik maktablari soni 42 taga yetib, ularda 1280 kishi taʼlim oldi. Oqsuv, Sayram, Qorasuv, Mankent, Qorabuloq va Bodam qishloqlarida milliy savodxonlik maktablari ochildi. 1928-yilda okrug yangi tashkil etilganda 3 yillik boshlangʻich maktablar soni 10 dan oshdi, keyinchalik maktablar kengaytirilib, oʻrta maktabga aylantirildi. 1930-yilda Vazirlar Kengashining “Majburiy boshlang‘ich ta’limni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi va u yangi maktablar qurilishiga, ta’lim sohasiga katta mablag‘ ajratilishiga, uning bazasini mustahkamlashga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o‘qishga kirishiga xizmat qildi va kadrlar-pedagoglar sifatini oshirishga muvaffaq boʻldi. 1940-yilga kelib tumanda maktabga qatnaydigan bolalar soni 8452 nafarga yetdi. 1941-1945-yillarda tumanda 2 ta oʻrta maktab, 35 ta yetti yillik va boshlangʻich maktab faoliyat koʻrsatdi. Urush yillarida Sayram qishlogʻidagi Kalinin nomidagi oʻrta maktab yonida yetim bolalar uchun maktab-internat ochilib, unga 40 nafar bola joylashtirildi. 1958-yilda umumiy majburiy sakkiz yillik taʼlim dasturi joriy etildi. Bolalar sonining ortishi munosabati bilan yangi maktablar ishga tusha boshladi. Shu bilan birga tumanda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan 3 ta kasb-hunar texnikumi ochildi. Ular Oqsuvkendagi 11-sonli, Sayramdagi va Qorabuloqdagi 32-sonli qishloq maktablaridir. 1970-yillarda umumiy oʻrta taʼlim amalga oshirila boshlandi. Tumanda 17 umumta’lim maktabi, 43 ta sakkiz yillik, 23 ta boshlang‘ich maktab faoliyat ko‘rsatib, 5 ta kechki yoshlar ishchi maktabi ochildi. 2010-yilga kelib tumanda 104 ta maktab faoliyat koʻrsatdi, shundan 76 tasi oʻrta, 23 tasi boshlangʻich va 5 tasi boshlangʻich maktab boʻlib, ularda 70 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olsa ularga 6664 nafar oʻqituvchi bilim berdi. Shulardan 4 tasi gimnaziya maktabi, 1 tasi litsey maktabi, 2 tasi bolalar musiqa maktabi va 2 tasi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatdi. 2014-yilga kelib Sayram tumani hududining o‘zgarishi natijasida dastlab 2 ta, so‘ngra 34 ta maktab shahar hududiga o‘tkazildi.

Hozirgi kunda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yildagi maʼlumotga koʻra tumanda 77 ta maktab (ulardan 68 tasi oʻrta, 8 tasi asosiy, 1 tasi boshlangʻich maktab, 1 tasi maktab-internat) va 3 ta qoʻshimcha taʼlim muassasasi (Musiqa maktabi, “Yosh sayyohlik stansiyasi”, " “Talabalar uyi”, 1 ta oʻquv sanoat korxonasi) faoliyat koʻrsatib, oʻquvchilar soni 69 ming nafarga yetdi. Davlat maktablaridan tashqari 2 tasi xususiy Nizomxon xususiy maktabi va Xaytenov xusisiy maktablari faoliyat koʻrsatdi. 2023-yilga kelib tumanda maktablar soni 92 tagi yetdi, shulardan 76 tasi davlat maktabi va 16 tasi xususiy maktab hisoblanadi.

Maktabgacha taʼlim muassalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda tumanda maktabgacha taʼlim uchun atigi 1 ta “Kunshuaq” davlat bogʻchasi ishlagan boʻlib, u yerda atigi 280 nafar bola tarbiyalangan. Qozog‘iston Respublikasining “Balapan” dasturi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari soni keskin ko‘paydi. Ayni paytda tumanda 11 ta davlat, 84 ta xususiy, 3 ta maktablar yonidagi kichik markazlar faoliyat yuritmoqda[2].

2023-yilgi tuman byudjetining miqdori 20,3 milliard tenge yaʼni 44 million aqsh dollarini tashkil qildi. 2023-yili tumanga 38,9 milliard tenge (85 million aqsh dollari) sarmoya jalb etildi. 2023-yil yakuniga koʻra sanoat sohasida 33,9 milliard tengelik (74 million aqsh dollari) mahsulot ishlab chiqarildi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3 yilda 1,7 baravar ortib, 2023-yilga koʻra tuman viloyatda uchinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, 2023-2024 yillarda tumanda jami 75 milliard (164 million aqsh dollari) tengega 19 ta sarmoyaviy loyihani amalga oshirish va 886 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalalangan. Shu jumladan, yil boshidan 9ta loyiha ishga tushirilib, 279 ta ish oʻrni yaratildi. Yaqin kelajakda amalga oshiriladigan loyihalar qatorida sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi „Turan Agro et-sut“ ishlab chiqarish shirkati ham bor. Shuningdek, „Meat magnat“ MChB 2 ming qoramolga moʻljallangan boʻrdoqilash maydonini qurmoqda. Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi „Samid Master“ MChB zavodining qurilishi davom etmoqda.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayram tumani qishloq xoʻjaligi rivojlangan hududlardan. 2023-yil yakuniga koʻra ushbu sohada 103,2 milliard tengelik (225 million dollar) mahsulot ishlab chiqarilib, viloyatda etakchilik qilmoqda. Tumanda issiqxonalar maydoni 75,7 gektarga teng. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 57 foizi chorvachilik ulushga tegishli. Sayram tumani Qozogʻistondagi eng yirik kushxonalar joylashgan hududlardan biri. Shu bois, mazkur sohada yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Infratuzilma sohasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumandagi 42 ta aholi manzili elektr energiyasi bilan toʻliq taʼminlangan. Bugungi kunda tabiiy gaz bilan taʼminlash darajasi 88 foizni tashkil qiladi. Shuningdek, tumanda yaxshi va qoniqarli avtomobil yoʻllarining ulushi 70% tashkil qiladi. [3]

Tuman 1928-yilda tashkil topgan.

Sayram tumanining aholisi 302 700 (2011) kishi. Milliy tarkibi oʻzbeklar – 64,8 %, qozoqlar – 26,9 %, turklar – 3,0 %, ruslar – 1,8 % va boshqalar. Statistikada shunaqa, norasmiy maʼlumotga tayansak tumanning 75 % dan ortigʻini oʻzbeklar tashkil qiladi.

Milliy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-yanvar oyidagi hisobotga koʻra tuman aholisi 223 676 kishini tashkill qildi. Qozogʻiston Respublikasidagi tuman aholisining yarmidan koʻpini oʻzbeklar tashkil qiluvchi yagona tuman hisoblanadi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:

Sayram tumanidagi aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]