Kontent qismiga oʻtish

Tahmosb I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Taxmasp Idan yoʻnaltirildi)
Tahmosb I
Tavalludi 22-fevral 1514
Vafoti 14-may 1576
Fuqaroligi Safaviylar davlati
Otasi Ismoil I Safaviy
Onasi Tojli begim

Shoh Tahmosb[1][2] yoki Tahmosp[3][4] I (1513.3.3, Isfahon sh. yaqinidagi Shohobod qishlogʻi1576.14.5, Qazvin) — safaviylar sulolasidan boʻlgan Eron shohi (1524— 76). Ismoil I Safaviyning oʻgʻli. 10 yoshligida taxtga chiqqan, hokimiyat amalda qizilboshlilar qabila sardorlari qoʻlida boʻlgan. Keyinchalik ulgʻaygach, ular bilan kurashib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan. Safaviylar davlatiga Shirvon (1538), Shaki (1551)ni qoʻshib olgan. 1544-yil Humoyunga Hindiston taxtini qaytib olishida yordam bergan, buning evaziga Qandahorni olgan. Turkiya bilan uzoq muddaturush olib borgan (153455). Ayni vaqtda T. Xurosonda oʻzbek xonlari bilan deyarli tinimsiz urush qilgan. 1565-yil tam/a soligʻini bekor qilgan.

  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000 — 399-bet. 
  2. Muḥammad Yār ibn ʻArab Qaṭghān. Мусаххир ал-билод: мамлакатларнинг эгалланиши, 2009 — 419-bet. 
  3. Oʻzbek sovet ensiklopediyasi, 1971 — 547-bet. 
  4. Muḥammad Yār ibn ʻArab Qaṭghān. Мусаххир ал-билод: мамлакатларнинг эгалланиши, 2009 — 419-bet.