Tojli begim
Tojli begim | |
---|---|
Safaviylar imperiyasi malikasi | |
Safaviylar imperiyasida bosh malika | |
Sulton begim | 1504–1524 |
Tugʻilishi | 1485-yil |
Vafoti |
1540-yil (54—55 yoshda) Sheroz |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi | shoh Ismoil I |
Uy | Mavsillu qabilasi |
Otasi | Mehmed bek Mavsillu |
Dini | Islom |
Tojlixonim (forscha: تاجلو خانم) yoki Tojli Begim (تاجلی بیگم), shuningdek, Shoh-Begixonim (شاه بگی خانم)unvoni bilan ham tanilgan. Mavsillu qabilasidan boʻlgan turkman malikasi va Ismoil I ning turmush oʻrtogʻi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Italiyalik yozuvchi Angiolello va eronlik tarixchi Manuchehr Parsadust u ona tarafdan Oq qoʻyunlilar davlatining hukmdori Yoqubning (1478-1490) nabirasi ekanligiga ishonishgan, Jon Vuds uning otasi Mehmed beg , Amir Hamza esa ota tarafdan bobosi deb hisoblagan[1]. Uning Beksixon ismli opasi ham bor edi[2].
Nikohi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angiolello va Ramusio maʼlumotlariga koʻra, Safaviy shohi Ismoil I (hukmronligi 1501-1524-yillar) 1503-yilda Oqqoʻyunlu hukmdori Murod ibn Yaʼqub ustidan gʻalaba qozonib, Tojluxonimga uylangan, ammo Budaq Monshi Qazviniy kabi Safaviylar davri tarixchilariga koʻra, u Afrasiyobiy hukmdor Kiya Husayn II ning rafiqasi boʻlib, Oqqoʻyunlu konfederatsiyasi tarqatib yuborilishi davrida oʻz hukmronligini gʻarbiy Mozandarondan Fors Iroqining bir qismiga kengaytirgan. Ismoil I oxirgi hududlariga bostirib kirdi va 1504-yilda uningz hukmronligiga chek qoʻydi, keyin Tojlixonimni oʻzining haramiga oldi. Shundan soʻng u Ismoilning eng sevimli xotini boʻlib, Tahmasp Mirzo va Baxrom Mirzo Safaviyni dunyoga keltirdi.
Safaviylar saroyidagi hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning Chaldiron jangida qoʻlga olinishi Safaviylar va Usmonli imperiyalari tarixchilari oʻrtasida asosiy tortishuv nuqtasi boʻlgan[3]. Usmonli manbalarida uning jang paytida asirga olingani va hatto Salim I bilan suhbatlashgani yozilsa, Safaviy manbalariga ko‘ra, u yoʻqolib qolgan, ammo Mirzo Shoh Husayn uni topib olgan va shu tufayli Safaviylar saroyida vakillik darajasiga ko‘tarilgan[4]. Rojer Savorining so‘zlariga ko‘ra, asirga olingan va keyinroq yana qayta shoh Ismoil I ga Behruzaxon ismi bilan turmushga chiqqan.
Tojli begim 1519-yilda Fotima al-Maʼsuma ziyoratgohini moliyalashtirgan, 1524-yilda Tahmasp Mirzoning taxtga chiqishiga koʻmaklashgan. Ammo oʻgʻlining xiyonati tufayli 1540-yilda Sherozga surgun qilingan. Bibi Doʻxtaron maqbarasiga dafn qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Woods, John E.. The Aqquyunlu : clan, confederation, empire, Rev. and expanded, Salt Lake City: University of Utah Press, 1999 — 192–193-bet. ISBN 0-585-12956-8. OCLC 44966081.
- ↑ Ruggles, D. Fairchild. Women, Patronage, and Self-Representation in Islamic Societies (en). SUNY Press, 2000-08-03 — 140-bet. ISBN 978-0-7914-4469-6.
- ↑ Savory, Roger. Tajlu Khanum: Was She Captured by the Ottomans at the Battle of Chaldiran?, Jeremiás, Éva M., Piliscsaba: The Avicenna Institute of Middle Eastern Studies, 2003 — 217–232-bet. ISBN 963-86359-0-8. OCLC 59719983.
- ↑ Roemer, H. R. (1986). „The Safavid period“. The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Timurid and Safavid periods. Cambridge: Cambridge University Press. p. 231. ISBN 9780521200943.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosworth, C. E. (1984). "ĀL-E AFRĀSĪĀB". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. London u.a.: Routledge & Kegan Paul. 742–743 b. Archived from the original on 2014-02-20. https://web.archive.org/web/20140220030654/http://www.iranicaonline.org/articles/al-e-afrasiab-a-minor-iranian-shiite-dynasty-of-mazandaran-in-the-caspian-coastlands-that-flourished-in-the-late-medi.
- Savory, Roger (1998). "ESMĀʿĪL I ṢAFAWĪ". Encyclopaedia Iranica, Vol. VIII, Fasc. 6. 628–636 b. http://www.iranicaonline.org/articles/esmail-i-safawi.
- Newman, Andrew J.. Safavid Iran: Rebirth of a Persian Empire. I.B. Tauris, 2008 — 1–281-bet. ISBN 9780857716613.