Suzoq tumani (Jalolobod viloyati)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Jalolobod viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Suzoq | |
Rasmiy tillar | qirgʻiz, rus | |
Aholi (2009) | 241 198 kishi[1] | |
Millatlar tarkibi |
qirgʻizlar — 34,2% oʻzbeklar — 61,6% turklar — 1,9 %[1] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Maydoni | 144 264 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +996 3748 | |
Avtomobil raqami kodi | D | |
Xaritada | ||
40°54′0″N 72°54′0″E / 40.90000°N 72.90000°E |
Suzoq tumani - (qir. Сузак району) Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi tuman.
Maʼmuriy markazi - Suzoq qishlogi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman 1919-yilda Jalolobod tumani nomi bilan tuzilgan. 1940-yilda Suzoq tumani boʻlib oʻzgargan. Avval Suzoq tumani hududida 3 tuman boʻlgan: 1935-yilda Kugart tumani tashkil topgan boʻlib, u 1937-yilda Oktabr tumani boʻlib oʻzgargan, 1944-yili Achi tumani tashkil topgan boʻlib, 1954-yilgacha mustaqil tuman boʻlgan. 1959-yilda ushbu tumanlar birlashib, Suzoq tumani deb nomlangan.[2]
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman viloyatning janubi-sharqiy qismida joylashgan Oʻsh viloyati Qirgʻiziston va Andijon viloyati Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Suzoq tumani gʻarbda va shimoli-gʻarbda Bozor-Qoʻrgʻon tumani, janubi-sharda Oʻzgan tumani, shimoli-sharqda Toqqʼiz-Toʻra tumani, janubida va janubi gʻarbida Oʻzbekiston respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,8 ming kv. km.[2]
Tumanning yeri viloyatdagi aholi zich joylashgan hududlar qatoriga kiradi. Xalqning oʻrtacha zichligi 1 kvadrat kilometrga 50 dan oshiq kishi toʻgʻri keladi.[2]
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suzoq tumani 13 ovul okrugiga (qishloqga) boʻlinadi.
- Bagʻish ovul okrugi — Oktabrskiy qishlogi
- Barpi ovul okrugi — Komsomol
- Qora-Olma ovul okrugi — Qora-Olma
- Qora-Daryo ovul okrugi — Orol qishlogi
- Koʻgart ovul okrugi — Mixaylovka qishlogi
- Qurmanbek ovul okrugi — Toron-Bozor qishlogi
- Qiz-Koʻl ovul okrugi — Qoramard
- Qizil-Tuu ovul okrugi — Boston qishlogi
- Lenin ovul okrugi — Lenin qishlogi
- Seypiddin Atabekov ovul okrugi — Bekobod
- Suzoq ovul okrugi — Suzoq
- Tosh-Buloq ovul okrugi — Tosh-Buloq
- Iris ovul okrugi — Kumush-Aziz qishlogi
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanning iqtisodiyotini asosan dehqonchilik (don, paxta, tamaki, sabzavotlar, uzum va boshqalarni oʻstirish) va chorvachilik (qoʻy, echki, mol, yilqi, choʻchqa va boshqalar) tuzadi. Tumanda 410 dehqon xoʻjaligi, 8200 tacha hususiy xoʻjalik, 45 fermerlik sut mahsulotlari xoʻjaligi faoliyat olib boradi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli 206,4 ming ga yerning 46,1 ming gasi haydashga moslashgan (28,0 ga sugʻorishga moslashgan , 18,1 ming ga yeri lalmikor yerlar) 12,7 ming gasi pichanzorlar, 143,5 gasi yaylovlar. 8,4 ming gasi bogʻ-daraxtlar, 106 gasi botqoqliklar? 5315 gasi tomorqa. Ekin maydonlariga don ekinlari (24,2 ming ga), bugʻdoy (20,3 ming ga; 2001-yilgi ekin yigʻimi 57,3 ming tonna), arpa (220 ga; 450t), juxori (2071 ga; 11,8 ming t), suli (1645 ga; 4311 t); paxta (5895 ga; 15,3 ming t), tamaki (694 ga; 1700 t); kartoshka (1340 ga; 12,9 ming t), sabzavot (2565 ga; 43,7 ming t), qovun-tarvuz (110 ga; 2200 t), moy oʻsimliklari (7818 ga; 8055 t); mevalar (685 ga; 4580 t) oʻstiriladi (2001).[2]
Tumanda 2001-yilda 41,2 ming qora mol (uning 24,4 ming sigir), 152,9 qoʻy (uning 97,5 mingi soliq qoʻy), 11,7 ming yilqi (uning 4,5 ming biya), 131,5 ming tovuq boqilib, 10 ming tonna goʻst, 54,5 tonna jun, 57 ming dona tuxum yetishtirilgan
Tumanda uzumchilik ham rivojlangan, 1293 ga maydonda uzum yetishtiriladi. (2001-yilda 5900 tonnag yetgan)
Sugʻorish uchun Kampirobod suv omborining va tuman hududidan oʻtuvchi Qoradaryo kanalining ahamiyati ulkan. Sanoat korxonalari tuman hududida joylashgan. Koʻkyongʻoq shahrida Koʻkyongʻoq shaxtasi, Gulaziq (non zavodi). Jetigen (elektr isitgichlar va bolalar velosipedi) hissadorlik jamiyati, Kenje [ususiy korxonasi. Suzoq qishogʻidagi pahta zavodi va boshqalar faoliyat olib boradi.[2]
Suzoq tumani hududidan Bishkek-Oʻsh, Jalolobod-Qazarman avtomobil yoʻllari, Koʻkyongʻoq-Jalolobod-Qorasuv, Jalolobod-Toshkent temir yoʻllari oʻtadi.[2]
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suzoq tumaning aholisi 2009-yilgi oʻtkazilgan aholini sonini roʻyxatga olish natjalariga koʻra qirgʻizlar 147662 kishi(61,2 %). Tuman aholisi 241198 kishi , oʻzbeklar — 83551 kishi yoki 34,6 %, turklar — 4654 kish yoki 1,9 %, kurdlar — 1561 kishi yoki 0,6 %, ruslar — 1061 kishi yoki 0,4 %, ozarbayjonlar — 875 kishi 0,4 %, uygʻurlar — 410 kishi yoki 0,2 %, tatarlar — 361 kishi 0,2 %.
Madaniyati va bilim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 95 davlat maktabi. 2 xususiy litsey faoliyat koʻrsatadi. Ularning 70 tasi oʻrta taʼlim maktabi, 23 tasi umumtaʼlim, 2 tasi boshlangʻich maktab. Davlatning umumtaʼlim maktablarida 49,5 ming oʻquvchi bilim olb, 3096 oʻqituvchi, xususiy litseylarda 416 oʻuvchi bilim olib, 45 oʻqituvchi faoliyat olib boradi.
Tumanda birinchi ochilgan maktablar: Suzoq qishlogʻidagi maktab-1924-yilda, Oktabr qishlogʻidagi maktab-1927-yilda, Yolgʻiz-Yongʻoq, Toshloq qishlogʻidagi maktab- 1938-yilda Oʻrta Osiyo qishlogʻidagi maktab- 1937-yilda ochilgan.[2]
Tumanda tavallud topgan shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Uzakbay Abdukaimov — yozuvchi, shoir, tarjimon
- Shabdanbay Abraxmanov — yozuvchi va shoir
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Перепись населения Киргизии 2009. Джалал-Абадская область (PDF), 2011-08-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2011-08-10
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Кыргызстандын географиясы (PDF), 2014-07-14da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2013-03-10
Vikiomborda Suzoq tumani (Jalolobod viloyati) haqida turkum mavjud |
40°55′10″N 72°56′10″E / 40.91944°N 72.93611°E{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page