Kontent qismiga oʻtish

Axsi (tuman)

Koordinatalari: 41°30′0″N 71°45′0″E / 41.50000°N 71.75000°E / 41.50000; 71.75000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aхsi tumanidan yoʻnaltirildi)
Axsi tumani
Аксы району



tuman
Tarkibida Jalolobod viloyati
Maʼmuriy markazi Kerben
Rasmiy tillar qirgʻiz, rus
Aholi (2009) 113 010 kishi[1]
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 46,1%
oʻzbeklar — 51,2%
ruslar — 0,3 %[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Avtomobil raqami kodi D
Xaritada
Axsi tumani xaritada
41°30′0″N 71°45′0″E / 41.50000°N 71.75000°E / 41.50000; 71.75000

Aхsi tumani Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatiga qarashli tuman. Markazi Kerben shahri. Aholisi – 113 010 kishi (2009).

Tuman 1935-yil 29-oktyabrda Toshkoʻmir tumani sifatida tashkil topgan[2].

Tuman viloyat markazi Jalolobod shahridandan shimoli-gʻarbda, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda, Fargʻona vodiysining shimoliy qismida joylashgan.

Axsi tumani Oʻzbekiston Respublikasidagi Namangan viloyatining toʻrt tumani (Yangi-Qoʻrgʻon, Chortoq, Uychi, Uchqoʻrgʻon) bilan chegaradosh. Tumanining Oʻzbekiston Respublikasi bilan chegarasi 142 km ni tashkil qiladi.

Tuman hududida hozirgi vaqtda quyidagi qoʻriqxonalar tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatmoqda:

  • Avletim-Ota davlat tabiat bogʻi
  • Arqit oʻrmon xoʻjaligi (1936-yilda tashkil etilgan)
  • Podishota davlat qoʻriqxonasi
  • Sarichelak qoʻriqxonasi
  • Razan-Soy botanika qoʻriqxonasi
  • Jel-Tiybes botanika qoʻriqxonasi
  • Baltirqan oʻrmon qoʻriqxonasi
  • „Qara-Jigʻach qoyasi“ gidrogeologik qoʻriqxonasi (tabiat yodgorligi).

Аильные округа и поселки Джалал – Абадской области [sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]