Issiqota tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Chuy viloyati |
Maʼmuriy markazi | Qand |
Asos solingan sanasi | 1977 |
Aholi (2009) | 132 759 kishi[1] |
Millatlar tarkibi |
qirgʻizlar — 47,5% ruslar — 22,1% dunganlar — 14,5% turklar — 3,5% uygʻurlar — 3,1% ozarbayjonlar — 2,6% oʻzbeklar 1,7%[1] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, nasroniylar |
Maydoni | 3028 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Xaritada | |
42°53′0″N 74°51′0″E / 42.88333°N 74.85000°E |
Issiqota tumani (qirgʻizcha: Ысык-Ата району) — Qirgʻiziston Respublikasining Chuy viloyatidagi tuman.
Maʼmuriy markazi - Qand
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Issiqota tumani 1977-yilda tashkil topgan. 1998-yilda Qand tumani bilan birlashgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Millatlar | Aholi soni | Tumandagi oʻrni |
---|---|---|
Qirgʻizlar | 62620 | 47.2% |
Ruslar | 28000 | 21.1% |
Dunganlar | 19223 | 14.5% |
Turklar | 4699 | 3.5% |
Uygʻurlar | 4091 | 3.1% |
Ozarbayjonlar | 3486 | 2.6% |
Olmonlar | 1524 | 1.1% |
Ukrainlar | 1343 | 1.0% |
Qozoqlar | 1317 | 1.0% |
Tatarlar | 1078 | 0.8% |
Balgarlar | 611 | 0.5% |
Koreyslar | 588 | 0.4% |
Tojiklar | 383 | 0.3% |
Kurdlar | 349 | 0.3% |
Qorachoylar | 182 | 0.1% |
Bulgorlar | 108 | 0.1% |
boshqalar | 950 | 0.7% |
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman Chuy vohasining markaziy qismida joylashgan boʻlib, Shimolida Qozogʻiston Respublikasi, janubida Norin viloyatining Qoʻchqor tumani, gʻarbida Olamuddin tumani, sharqida Chuy tumani bilan tutashadi. Tuman hududi shimoldan janubgacha 65 kmga, gʻarbdan sharqgacha 44 kmga choʻzilgan. Bishkek shahridan 20 km sharq tomonda joylashgan. Maydoning koʻp qismi tekkislik va adirlar egallaydi, dengiz sathidan balandligi 1000–2000 m. Shimoliy qismini Qirgʻiz Olatogʻining shimoliy qismi va uning yon bagʻridagi adirlar egallaydi. Togʻli boʻlimini toʻyit qatorida, adirlari dehqonchilikda foydalaniladi.
Qirgʻiz Olatogʻining shimoliy qismida Issiqota darasi va boshqa voha-daralar oʻrin olgan. Shimoli-gʻarbdan shimoli-shaqgacha 50 kmga oraliqga choʻzilgan. Daralarning baland nuqtasi dengiz sathidan 4500 metr, pastki qismi qismi 1000 metr balandlikda joylashgan. Tumanning shimoliy qismini Chuy vohasi egallaydi. Kon boyliklaridan polimetal, qurulish materiallari, tosh tuz bor. Issiqota darasida mineralli issiq suv chiqadi. Iqlimi kontenental Yanvardagi oʻrtacha harorat –6°…–10 °C, iyulda 18–20 °C. Tuman hududidan Chuy daryosi va uning irmoqlari - Issiqota, Qizilsuv, Norus soylari va boshqa kichik daryolar oqib oʻtadi. Yillik yogʻingarchilik 300–600 mm. ni tashkil qiladi.
Aholi punktlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oq-Quduq ovul okrugi - Kirov • Oq-Quduq • Kotovskoy • Pervomayskoy • Xun-Chi
- Birlik ovul okrugi - Birlik • Xun-Chi
- Ivanov ovul okrugi - Ivanovka
- Nurmanbet ovul okrugi - Nurmanbet • Pervomayskoy • Aliaskar
- Jeek ovul okrugi -Dmitrevka • Gagarina • Jeek
- Ken-Bulun ovul okrugi - Ken-Bulun • Gidrostroitel • Drujba • Choʻlpon
- Internasionalniy ovul okrugi - Internasionalniy • Jar-Boshi
- Issiqota ovul okrugi - Almaluu • Gornaya Serafimovka • Yoqori-Ichke-Suv • Ichke-Suv • Qaragʻay-Buloq • Norus • Tosh-Boshot • Toʻqqiz-Buloq • Uch-Emchek
- Krasnorechenskiy ovul okrugi - Krasnaya Rechka
- Logvinenko ovul okrugi - Novopokrovka • Choʻn-Dali
- Qoʻchqorboyev ovul okrugi - Kengash • Budennovka • Dokturbek Kurmanaliyev
- Luksemburg ovul okrugi - Luksemburg • Kirshelk
- Milyafan ovul okrugi - Milyafan
- Sin-Tosh ovul okrugi - Telman • Oq-Soy • Jetigen • Oʻtoʻgon • Rot-Front • Sovetskoy • Sintosh • Qizil-Ariq
- Novopokrovka ovul okrugi - Novopokrovka • Leninskoy • Sariq-Joʻn
- Yurevka ovul okrugi - Yurevka • Issiqota
- Tuz ovul okrugi - Tuz • Dayirbek • Jayalma • Nijniy Serafimovka
- Uzun-Qir ovul okrugi - Yer-Qazar • Drujba • Nijniy-Norus
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]