Norin (viloyat)
| |||||
Markazi | Norin | ||||
Maydoni | 45 200 km² | ||||
Aholisi - Barchasi |
262 100 (2011) | ||||
Gubernator | Qanatbek Muratbekov | ||||
ISO 3166-2 | KG-N | ||||
Soat mintaqai | UTC +6 | ||||
Avtomobil kodi | H, N |
Norin viloyati - Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1970-yil 11-dekabrda tashkil etilgan (1939—62 yillarda Tyanshan viloyati). Jan.-sharqda va jan.da Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 47,3 ming km². Aholisi 259,9 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari), asosan, qirgʻizlar, shuningdek, rus, oʻzbek, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar axrlisi 21%. 6 maʼmuriy tuman, 1 shahar, 2 shaqarcha bor. Markazi — Norin shahri
Norin (viloyat) Ichki Tyanshanda joylashgan. Gʻarbdan sharqqa balandlasha boradi. Janubi-sharqida Kdqshaltov (eng baland joyi 5982 m), jan.-gʻarbda Fargʻona tizmasi (4692 m), shim.-gʻarbda Susa-mirtovning sharqiy qismi (4048 m), Jumgʻoltov tizmasi (3947 m), shim-sharqda TerskayOlatov tizmasining gʻarbiy qismi va Yetim tizmasi choʻzilgan. Viloyatning ichki qismini Jomatov (4718 m), Otboshi (4786), Norin-tov, Moʻldatov tizmalari va boshqa qisman yassi sirtlar egallagan. Yirik soyliklar va vodiylar: shim.da Qoʻchqor, Jum-gʻol, markazida Norin, Otboshi, jan.da Oqsoy, Chatirkoʻl, gʻarbida Toʻgʻuztoʻroʻ, ularning tubi 1000–1200 m dan 3800 m gacha balandlikda.
Iqdimi keskin kontinental. Qishi qattiq sovuq, yozi nisbatan salqin. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi—10,1° (Qoʻchqorda) dan —27,7° gacha (Oqsoy vodiysida). Iyulniki 21° dan (Qazarman) 9° gacha (Oqsoy vodiysi). Norin (viloyat)da havoning oʻrtacha sutkalik temperatura amplitudasi katta. Viloyat hududining koʻp qismida yillik yogʻin 200–300 mm. Ayrim vodiylarda qishda deyarli qor yogʻmaydi. Vegetatsiya davri 130 kun. Eng yirik muzliklar Qaqshaltov tizmasida.
Daryolari Norin (70%), Tarim (20%), Chuy havzalariga mansub. Norin daryosining muhim irmoqlari: oʻngda Kichik Norin, Koʻkoʻmeren; chapda Otboshi, Olabugʻa. Koʻpchilik daryolari muzlik-qor suvlaridan toʻyinadi. Daryolari gidroenergiya resurslariga boy. Norin daryosi irmoqlaridan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chuy daryosida Oʻrtatoʻqay suv ombori qurilgan. Yirik koʻllari: chuchuk suvli Soʻnkoʻl va oqmas shoʻr suvli Chatirkoʻl. Togʻ-dasht va chalachoʻl oʻsimliklari (togʻ vodiylarida shuvoq va boshokdilar) oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarining yuqori qismlari subalp va alp utloqlari bilan qoplangan. Baland togʻ tundrasi, sharqida sovuq baland togʻ choʻli mavjud. Naʼmatak, zirk, uchqat, vodiylarida terak va qoratol, togʻ yon bagʻirlarida tyanshan qoraqaragʻayi, archa oʻsadi. Norin (viloyat)da arhar, togʻ echkisi, bars, suvsar, boʻri, tulki, kulrang su-gʻur yashaydi. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi asosiy oʻrinda. Norin (viloyat) — chorvachilik rayoni. Respublikadagi qoʻylarning 1/4 qismi, echki, qoramol, yilqi, qoʻtos boqiladi. Norin (viloyat) hududida oltin, toshtuz, qurilish materiallari konlari bor. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash (goʻsht kombinatlari, moysir zavodlari, tegirmonlar), keng isteʼmol mollari va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, mexanika zavodi (Norinda), "Orgtexnika" pribor zavodi ishlab turibdi. Avtomobil transporta rivojlangan. Asosiy yoʻllari: Ribachye—Norin—Toʻrugʻart, Norin— Qazarman. Kutubxonalar, teatr, Qir-gʻiziston Chorvachilik va veterinariya ilmiy tadqiqot institutiningchorvachilik boʻyicha Tyanshan tajriba stansiyasi joylashgan.[1]
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirg'iziston Respublikasining haritasida Norin viloyati markaziy o'rinni egallaydi, ya'ni Tyanshanning ichki tog'li rayonlarida joylashgan. U Qirg'izistonning O'sh, Jalolobod, Chuy, Issiq-Ko'l viloyatlari va Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh, chegaralarining barchasi balan tog' tizmalari orqali o'tadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududiy bo'linshi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Millatlar tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholi soni 1989 yil |
% | Aholi soni 1999 yil |
% | Aholi soni 2009 yil |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
Barchasi | 247931 | 100,00 % | 249115 | 100,00 % | 257768 | 100,00 % |
Qirg'izlar | 240726 | 97,09 % | 245924 | 98,72 % | 255799 | 99,24 % |
Oʻzbeklar | 1345 | 0,54 % | 863 | 0,35 % | 568 | 0,22 % |
Dunganlar | 492 | 0,20 % | 399 | 0,16 % | 429 | 0,17 % |
Uyg'urlar | 609 | 0,25 % | 527 | 0,21 % | 339 | 0,13 % |
Qozoqlar | 470 | 0,19 % | 294 | 0,12 % | 215 | 0,08 % |
Ruslar | 2919 | 1,18 % | 647 | 0,26 % | 157 | 0,06 % |
Tatarlar | 406 | 0,16 % | 252 | 0,10 % | 153 | 0,06 % |
Ukrainlar | 362 | 0,15 % | 63 | 0,03 % | 23 | 0,01 % |
Turklar | 2 | 0,00 % | 30 | 0,01 % | 15 | 0,01 % |
Turkmanlar | 31 | 0,01 % | 16 | 0,01 % | 12 | 0,00 % |
Boshqirdlar | 34 | 0,01 % | 14 | 0,01 % | 8 | 0,00 % |
Olmonlar | 68 | 0,03 % | 19 | 0,01 % | 2 | 0,00 % |
va boshqalar | 467 | 0,19 % | 67 | 0,03 % | 48 | 0,02 % |
OAV
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |