Kontent qismiga oʻtish

Sulaymon Demirji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulaymon Demirji
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sulaymon (Sergey) Etemovich Demirji
Tavallud sanasi 13-fevral 1940-yil (1940-02-13) (84 yosh)
Tavallud joyi Chalqarda, Oqtoʻba viloyati, Qozogʻiston SSR
Ampluasi Darvozabon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1961 SSKA Moskva 0 (0)
1962 Paxtakor 1 (0)
1963 Kimyogar Chirchiq 0 (0)
1964 Energetik (Dushanbe) 1 (-2)
1964—1966 FC Tom Tomsk 89 (0)
1967 FC Irtysh Omsk 14 (-6)
1968 Tomles 33 (0)
1969 FC Irtysh Omsk 22 (-16)
1970—1971 Avtomobilist (Krasnoyarsk) 66 (-50)
Boshqargan klublari
1976—1977 Avtomobilist (Krasnoyarsk)
1978—1993 FC Angara Boguchany
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sulaymon (Sergey) Etemovich Demirji (ruscha: Демирджи, Сулейман Этэмович; 1940-yil 10-fevral, Aqtoʻbe viloyatida tugʻilgan) – sobiq sovet futbolchisi va futbol murabbiy. Futbolchilik davrida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan

Sulaymon bolaligida futboldan tashqari boks va bandy bilan shugʻullangan. Demirji Turkiston harbiy okrugida harbiy xizmat olib borgan davrida futbolga jiddiy qiziqa boshlagan. Harbiylar jamoasi safidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari tufayli CSKA Moskva jamoasi mashgʻulotlariga qoʻshilgan. 1962-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida Sovet ittifoqining „A“ toifasidagi ligasida bitta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik Chirchiqning „Kimyogar“ jamoasi tarkibida mahalliy chempionatda oʻynagn. 1964-yildan SSSRning ikkinchi darjali ligasi, B toifasidagi turnirda ishtirok etadigan bir qator klublarda oʻynagan. Demirji 1960-yillar oxirida Sibirdagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblangan[1].

Faoliyatini yakunlagach, futbol murabbiyi boʻlgan. Bir muncha vaqt Sergey Demirji Krasnoyarskning Avtomobilis jamooasi murabbiy boʻlib ishlagan. Keyinchalik yangi tashkil etilgan „Angara“ (Boguchany) jamoasida murabbiylik qilgan[2]. Uning rahbarligida jamoa bir necha bor Krasnoyarsk oʻlkasida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 1992-yilda klub Rossiya chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etgan.

Sulaymon Demirjining farzandlari – Artyom (1960-yilda tugʻilgan)[3] va Sergey (1971-yilda tugʻilgan)[4] ham futbol oʻynashgan. Otalari boshchiligida ular „Angara“ jamoasi tarkibida oʻynashgan. Nevarasi Dmitriy esa toʻpli xokkey sport turida faoliyat olib borgan. Dmitriy 2022-yil aprel oyida Ukrainadagi janglar oqibatida halok boʻlgan[5]

  1. „Сергей Демирджи: «Рано закончил играть не по своей воле…» ///14.02.2000“. 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  2. „Непобедимая и легендарная“ (ru). «Ангарская правда». old.angarka.info (2013-yil 29-avgust). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-yanvar.
  3. „Демирджи Артем Сулейманович“. 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  4. „Демирджи Сергей Сулейманович“. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  5. Krasnoyarsi, pogibshie v spesoperatsii na Ukraine v 2022 godu | Pogib Dmitriy Demirdji | NGS24 – novosti Krasnoyarska