Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
1936–1991 | |||||||||
Maqom | Sovet Ittifoqi respublikasi (1936–91) | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Hukumat boshchisi | |||||||||
• 1936–1937 (ilk) |
Uraz Isayev | ||||||||
• 1989–1991 (songgi) |
Uzakbay Karamanov | ||||||||
Tarixiy era | XX asr | ||||||||
|
Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Qozogʻiston SSR (qozoqcha: Қазақ Советтік Социалистік Республикасы; ruscha: Казахская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Qozogʻistoni deb yuritiladi.
1920-yilning 26-avgustida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) tuzilgan. Respublika 1925-yilning 19-aprelida Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Казахская Автономная Социалистическая Советская Республика) deb qayta nomlangan. 1936-yilning 5-dekabrida Qozogʻiston SSR deb yana qayta nomlangan va toʻliq ittifoqdosh respublikaga aylangan.
Qozogʻiston SSR poytaxti Olmaota shahri boʻlgan. Respublika 222 rayonga boʻlingan, 83 shahar, 206 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
Qozogʻiston SSR 1991-yilning 10-dekabrida Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 16-dekabr kuni esa respublika Sovet Ittifoqidan oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan soʻnggi ittifoqdosh respublika boʻldi. Qozogʻiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozogʻistonda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 2–1-asrlarda shakllangan. 6-asr oʻrtasi – 8-asrda Turk xoqonligi, qarluqlar davlati, 9–12-asrlarda oʻgʻuzlar, Qoraxoniylar davlati boʻlgan. 11-asr – 13-asr boshida saljuqiylar, kidonlar, moʻgʻullar hujum qilgan. 15-asr oxirida Qozoq xonligi tuzilib, oʻz navbatida juzlarga boʻlingan. 16-asr boshiga kelib qozoq elati shakllangan.
19-asrning 60-yillarida Ulugʻ juzning Rossiyaga qoʻshilishi bilan butun qozoq yerlari (Semipalatinsk, Aqmolinsk, Toʻrgʻay, Uralsk, Yettisuv va Sirdaryo oblastlarining bir qismi) Rossiya tarkibiga oʻtdi.
Qozogʻistonda 19–20-asrlarda dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar tuzilgan. Qozogʻistonda Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralda oʻrnatilgan. 1920-yilning 26-avgustida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) tuzilgan. 1921-1922-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirilgan.
Qirgʻiziston ASSR 1925-yilning 19-aprelida Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (ruscha: Казахская Автономная Социалистическая Советская Республика) deb qayta nomlangan. 1924–1925-yillarda Oʻrta Osiyoning milliy-davlat chegaralanishi natijasida barcha qozoq yerlari birlashgan.
1936-yilning 5-dekabrida Qozogʻiston SSR tuzilgan va toʻliq ittifoqdosh respublikaga aylangan. 1937-yil Qozogʻiston SSR Kommunistik partiyasi tashkil topgan.
Qozogʻiston SSR 1991-yilning 10-dekabrida Qozogʻiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 16-dekabr kuni esa respublika Sovet Ittifoqidan oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan soʻnggi ittifoqdosh respublika boʻldi. Qozogʻiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Qozogʻiston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 491. 5-89890-018-7.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |