Kontent qismiga oʻtish

CSKA Pomir (Dushanbe, futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
CSKA Pomir Dushanbe
Toʻliq nomi CSKA Pamir Dushanbe
ЦСКА-Помир Душанбе
Laqabi tojikcha: Дастаи Футболи Помир
Asos solingan 1950 (74 yil avval) (1950)
Tojikiston markaziy stadioni
Sigʻimi 20,000
Direktori Shamsiddin Kosimov
Liga Tojikiston Oliy ligasi
Oʻrni Tajikistan Higher League, 6th of 10

SSKA Pomir Dushanbe (tojikcha: Клуби футболи ЦСКА-Помир Душанбе; forscha: زسکا پامیر دوشنبه) – Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, hozirda Tojikiston oliy ligasida ishtirok etadi. 1997-yildan buyon klub Tojikiston Mudofa vazirligining homiyligida musoboqalarda ishtirok etadi.

Klub 1950-yilda tashkil etilgan. Jamoa o'zining dastlabki turnirlardagi ishtirokini „Bolshevik“ nomi bilan boshlagan. Debyut mavsumida jamoa Tojikiston SSR chempionati turnir jadvalida oxirgi oʻrinni egallagan va jamoa a'zolari tarqatib yuborilgan.

U 1956-yilda yana SSSR chempionatlarida ishtirok etad boshlagan. 1960-yilgacha asosan quyi o'rinlarni egallagan va yomon natijalar qayd etgan. Bu davrda jamoa bir necha bor o'z nomini oʻzgartirgan.

1960-yilda klub nomi „Energetik“ deb oʻzgartirilgan. Klub oʻz tarkibini mustahkamladi va asta-sekin ikkinchi liga zonasining oʻrtamiyona jamoalari qatoriga ko'tarilgan. 1964-yilda ittifoq respublikalari jamoalari tomonidan „A“ klassi kengaytirilganligi sababli klub asosiy ligada ishtirok eta boshlagan.

Dastlabki yillarda jamoaning natijalari qoniqarsiz bo'lgan, lekin 1960-yillarning oʻrtalaridan tarkibiga mamlakatdagi yaxshi futbolchilarni taklif etgan va liganing eng kuchli jamoalari bilan tengma-teng oʻynay boshlagan. Ushbu muvaffaqiyatlarning eʼtirofi 1967-yilda 11 nafar „Energetik“ oʻyinchisiga SSSR sport ustasi unvonlari berilishi edi.

1969-yilda Dushanbe jamoasi oʻz zonasida 4-oʻrinni egalladi. 1970-yilda futbol ligasi tizimi isloh qilingan. Jamoa nomini o'zgartirdi va „Pomir“ nomi ostida Birinchi ligada ishtirok eta boshlagan. Pomir nomi ostida jamoa koʻp mavsumlar davomida uzluksiz va juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

1973-yildan 1978-yilgacha jamoani Ishtvan Sekech boshqargan. „Pomir“ jamoasining 70-yillardagi shakllanishi va yuklsalishi uning nomi bilan bogʻliq. Oʻtgan yillar davomida Birinchi ligada klub kuchli raqobatdosh klub va ligada eski gvardiya sifatida obroʻ qozongan.

1983-yildan 1986-yilgacha jamoani Yuriy Syomin boshqargan va u „Pomir“ klubini Birinchi liga yetakchisiga aylantirgan. 1986-yilda uning oʻrnini Sharif Nazarov egallagan. 1989-yilda zambiyalik futbolchilar Derbi Makinka, Pirson Mvanza va Wisdom Chansa bir necha oyga jamoaga kelishdi. Bular SSSR futbol chempionatining elit divizioni tarixidagi birinchi xorijlik legionerlar edi.

1988-yil mavsum oxirida tarixda ilk bor Tojikiston SSRdan yagona vakil sifatida SSSR Oliy ligasiga yo'l olgan. SSSR parchalanishidan oldin liganing soʻnggi uch mavsumi davomida (1989, 1990 va 1991-yillar) ishtirok etgan. Ular soʻnggi Sovet Kubogining yarim finalida CSKA Moskvaga yutqazishdi. Tojikistonda davom etayotgan fuqarolar urushi tufayli klub tugatilib, uning futbolchilari Oʻzbekiston chempionatiga koʻchib oʻtishgan[1][2].

1992-yilning bahorida radikal islomchilar Tojikistonda fuqarolar urushini boshlab yubordilar, bu esa barcha rusiyzabon futbolchilarni jamoani tark etishga majbur qildi. Biroq, debyut mavsumidayoq klub Tojikiston chempioniga aylangan.

1995-yilda „Pomir“ ikkinchi va oxirgi marta oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1996-yil boshida Hamdoʻstlik kubogida ishtirok etganidan so'ng, bir necha yetakchi futbolchilar klubni tark etishgan. 1996-yildan keyin Dushanbedagi bir nechta klublar Tojikiston ligasidan chetlatilgan.

1996, 1997 va 1999-yilgi mavsumlarda jamoa moliyaviya qiyinchilikka uchragan Tojikiston chempionatida ishtirok etmagan. Shundan jamoaga mamlakat Mudofaa vazirligi yordam bera boshlagan. Xususan, mudofa vaziri Sherali Xayrulloyev jamoaga shaxsan o'zi qo'llab quvatlagan. 1997-yilda klub Tojikiston Mudofaa vazirligi qoshida qayta tashkil etilgan va Tojikistonning CSKA klubiga aylantirilgan. Bu davrda jamoaga Damir Kamaletdinov ustozlik qilgan.

Shundan soʻng klub SKA Havo Mudofaasi Pomiri, 1998-yildan esa SKA-Pomir nomi bilan turnirlarda ishtirok eta boshlagan. 2000 va 2002-yilgi mavsumlarda jamoa chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egallagan, 2001-yilda esa bronza medali sohibiga aylangan.

Keyingi mavsumlarda u 5-8-oʻrinlarni egallagan. 2008-yilgi mavsumda moliyaviya qiyinchilik sababli mavsumdagi chorak qism oʻyinlarni tugatmasdan turnirni tark etgan. Klubdagi barqarorlik faqat 2009-yilda paydo boʻla boshlagan. 2012-yilgi mavsumda Tojikiston chempionatida 13 nafar ishtirokchi orasida 7-oʻrinni egallagan.

2016-yilning iyulida CSKA jamoasi rahbarlari bosh murabbiy Rahmatullo Fuzaylovni ishdan boʻshatib[3], uning oʻrniga Tohirjon Moʻminov bilan shartnoma imzolagan[4].

2019-yilning 5-yanvarida Rustam Xoʻjayev CSKA jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan[5]. 2019-yil 23-iyun kuni Xoʻjayev bosh murabbiy lavozimini tark etgan[6]. 2019-yil 8-iyulda Sergey Jitskiy CSKAning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan[7].

Yillar davomida Pomir jamoasi tarbiyalanuvchilari Gʻulomxaydarov, Shirinbekov, Gess, Rahimov, Fuzaylov, Valeriy Sarychev, Oleg Malyukov va boshqalar Moskvaning eng yaxshi jamoalarida oʻynagan, SSSR terma jamoasida, shuningdek, Rossiya va Yevropaning boshqa klublarida toʻp surgan.

Klub ilgari „Pomir“ stadionida oʻynagan boʻlsa, bugun kichikroq CSKA stadionida oʻynamoqda.

Tashkil etilgan kundan boshlab, SSSR chempionatlari va kuboklarida klub oʻz uy uchrashuvlarini Tojikistonning oʻsha davrdagi eng yirik stadioni – M. V. Frunze nomidagi Respublika stadionida oʻtkazgan va stadion oʻsha paytda 21 000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdirgan.

SSSR parchalanganidan keyin stadion Respublika markaziy stadioni „Pomir“ nomini oldi. Ushbu stadionda 2000-yillarning oʻrtalarigacha CSKA-Pomir oʻz mehmonlarini qabul qilgan. Hozirda u uy uchrashuvlarini 7000 tomoshabinga moʻljallangan CSKA stadionida oʻtkazmoqda.

Mavsum Liga Tojikiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Pl. D M UG OʻG O Ism Liga
1992 1st 1 20 16 1 3 61 15 33 Gʻolib Tojikiston Umed Alidodov 11 Tojikiston Sharif Nazarov
1993 1st 2 30 25 2 3 93 21 52 Tojikiston Sharif Nazarov
1994 1st 2 30 20 5 5 75 28 45
1995 1st 1 28 22 1 5 81 32 67
1998 1st 7th 22 7 9 6 31 32 30 Tojikiston Damir Kamaletdinov
2000 1st 4th 34 15 7 12 54 51 52 Tojikiston Damir Kamaletdinov
2001 1st 3rd 18 9 5 4 29 19 32 Tojikiston Damir Kamaletdinov
2002 1st 4th 22 12 7 3 57 25 43 Tojikiston Damir Kamaletdinov
2003 1st 9th 30 15 3 12 61 41 48 Tojikiston Damir Kamaletdinov
2004 1st 7th 36 11 4 21 55 76 37 Tojikiston Damir Kamaletdinov
2005 1st 7th 18 5 4 9 30 36 19 Tojikiston Damir Kamaletdinov

Tojikiston Kenge Khaitov

2006 1st 8th 22 5 5 12 24 39 20
2007 1st 7th 20 7 1 12 34 44 22
2008 1st 11th 40 7 2 31 21 98 23
2009 1st 8th 18 2 2 14 16 42 8 Ikkinchi oʻrin Tojikiston Abdugaffor Sattorovich Yuldashev
2010 1st 6th 32 9 10 13 35 51 37
2011 1st 6th 40 16 4 20 65 69 52 Tojikiston Vladimir Utkin
2012 1st 7th 24 8 6 10 26 25 30 Chorak final Tojikiston Aliyor Ashurmamadov
2013 1st 9th 18 2 5 11 10 26 11 Tojikiston Hussein Shodiev

Tojikiston Abdugaffor Sattorovich Yuldashev

2014 1st 8th 18 3 6 9 14 27 15 Gvineya Alia Sylla 6 Tojikiston Abdugaffor Sattorovich Yuldashev
2015 1st 6 18 8 2 8 18 22 26 Yarim final Tojikiston Davronjon Tukhtasunov 8 Tojikiston Abdugaffor Sattorovich Yuldashev
2016 1st 6 18 8 3 7 23 16 27 1/8 fianl Tojikiston Davronjon Tukhtasunov 4
2019 1st 4 21 8 5 8 24 27 29 Chorak final Tojikiston Shodibek Gafforov 7 Tojikiston Rustam Khojayev

Ukraina Sergey Zhitsky

2020 1st 3 18 8 5 5 29 25 29 1/8 fianl Tojikiston Shodibek Gafforov

Tojikiston Shervoni Mabatshoev

7 Ukraina Sergey Zhitsky
2021 1st 3 27 12 8 7 37 29 44 Chorak final Tojikiston Fathullo Fathulloyev 9 Tojikiston Aliyor Ashurmamadov
2022 1st 5 22 7 4 11 30 34 25 Chorak final Tojikiston Sharafdzhon Solehov 5 Eron Amin Subhoni

Xalqaro musoboqalardagi tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Natijalar 2022-yil 30-iyungacha boʻlin oʻtgan oʻyinlarga oid
Musoboqa D M UG OʻG
Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2 0 0 2 2 8
AFC Kubogi 3 0 2 1 3 4
Jami 5 0 2 3 5 12
Natijalar 2022-yil 30-iyungacha boʻlin oʻtgan oʻyinlarga oid
Mavsum Musoboqa Bosqich Jamoa Uy Safar Umumiy
1996–97 Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati Birinchi bosqich Oʻzbekiston Neftchi 1–4 1–4 2–8
2022 AFC Kubogi E guruhi Turkmaniston Altyn Asyr 1–1 3-oʻrin
Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona Jizzax 2–3
Qirgʻiziston Neftchi Qoʻchqor-Ota 0–0
  • SSSR birinchi ligasi gʻolibi: 1988-yil.
  • SSSR-MDH kubogi yarim finalchisi: 1991/1992.
  • Tojikiston chempionatida 1-oʻrin (2): 1992, 1995.
  • Tojikiston chempionatida 2-oʻrin (2): 1993, 1994.
  • Tojikiston chempionatida 3-oʻrin (1): 2001.
  • Tojikiston kubogi sohibi (1): 1992.
  • Tojikiston kubogi finalchisi (1): 2009.

Quyida CSKA „Pomir“ jamoasi futbolchilarining 1988-1991-yillar oraligʻida SSSR oliy ligasidagi oʻyinlari haqidagi statistik maʼlumotlar keltirilgan[8].

SSSR oliy ligasidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Oʻyinlar
1 Tojikiston Yuriy Baturenko 80
1 Tojikiston Rossiya Andrey Manannikov 80
2 Tojikiston Rossiya Muhsin Muhammadiyev 78
3 Tojikiston Hakim Fuzaylov 75
4 Tojikiston Rossiya Rashid Rahimov 74
5 Tojikiston Alimjon Rafiqov 61
6 Turkmaniston Çaryýar Muhadow 54
6 Tojikiston Vasiliy Postnov 54
7 Tojikiston Anatoliy Volovodenko 50

SSSR oliy ligasidagi eng koʻp gol urganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Gollar
1 Tojikiston Rossiya Muhsin Muhammadiyev 22
2 Tojikiston Rossiya Rashid Rahimov 10
2 Turkmaniston Çaryýar Muhadow 10
3 Tojikiston Yuriy Baturenko 5
2024-yil 3-iyun[9]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Shoxrux Eshboʻtayev
2  TJK YH Sakhayli Mulloev
3  TJK HM Bakhtiyor Azimov
4  TJK HM Komroni Mirzokhon
6  TJK YH Sheroz Sharipov
7  TJK HJ Amin Ergashev
9  TJK HJ Shakhboz Khabibov
10  CMR HM Gerard Bakinde
11  UZB HJ Muhiddin Odilov
14  TJK HJ Saidmakhmud Gulomov
16  TJK DR Khusniddin Makhmadali
17  TJK HM Isroil Kholov
17  UZB YH Muhammad Isayev
Amplua Futbolchi
18  TJK YH Abdullo Sharipov
20  TJK HM Komron Ibrokhimov
21  TJK YH Vaisiddin Safarov
22  TJK HM Dzhonibek Sharipov
23  TJK HM Jafar Bokiev
26  TJK DR M Safaraliev
28  GHA YH Anani Kwasi
33  CMR HJ Jean Gaten
63  TJK YH Saydali Ibragimov
64  TJK HM Rustam Daviatov
66  TJK YH Mukhammadikbol Davlatov
77  TJK HJ Bakhodir Abduvaliev
77  UZB HJ Islom Isoqjonov

Mashhur futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz mamlakatlari uchun xalqaro musobaqalarda qatnashgan futbolchilar.

Tojikiston


Sobiq SSSR mamlakatlari
Afrika

Bosh murabbiylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Tajikistan 1996“. 2023-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
  2. Vsevolod Yureskul: „Pamir“ s molotka – optom i v roznitsu // Futbolniy kurer. – № 18. – s.12.
  3. „ru:ЦСКА Памир расстался с главным тренером Рахматулло Фузайловым“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  4. „ru:Тохир Муминов – новый главный тренер ЦСКА Памир“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2016-yil 19-iyul). 2016-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  5. „ru:РУСТАМ ХОДЖАЕВ СТАЛ НОВЫМ ГЛАВНЫМ ТРЕНЕРОМ ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj. Football Federation Tajikistan (2019-yil 5-yanvar). 2019-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
  6. „РУСТАМ ХОДЖАЕВ ПОДАЛ В ОТСТАВКУ С ПОСТА ГЛАВНОГО ТРЕНЕРА ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj/. Football Federation Tajikistan (2019-yil 23-iyun). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  7. „УКРАИНСКИЙ СПЕЦИАЛИСТ СЕРГЕЙ ЖИЦКИЙ НАЗНАЧЕН ГЛАВНЫМ ТРЕНЕРОМ ЦСКА ПАМИР“ (ru). fft.tj/. Football Federation Tajikistan (2019-yil 8-iyul). 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyul.
  8. „Таджикистан — Планета Футбол — Яндекс.Словари“. 2012-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-aprel.
  9. „44 ЛЕГИОНЕРА ИЗ 13 СТРАН ВЫСТУПЯТ В 1XBET-ЧЕМПИОНАТЕ ТАДЖИКИСТАНА-2023“ (Russian). fft.tj/. Tajikistan Football Federation (2023-yil 31-mart). 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  10. : FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki
  11. „Потапов Николай Гаврилович, 1926, футболист“. 2022-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  12. „«Памир» обрел нового тренера“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-sentyabr.
  13. Toxir Muminov – noviy glavniy trener TsSKA „Pamir“ – Pressa.tj
  14. Rustam Khodzhaev – Profil trenera | Transfermarkt
  15. „Тренер тренер ЦСКА Памир Алиер Ашурмамадов подал в отставку“. 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.