Semmanipatti
Semmanipatti | |
---|---|
qishloq | |
Hindiston Bayroq | |
10°8′0″N 78°29′0″E / 10.13333°N 78.48333°E | |
Mamlakat | Hindiston |
[[Shtat]] | [[Tamil Nadu]] |
{{{tuman_turi}}} | Madurai |
Telefon kodi | 91-4541 |
Pochta indeks(lar)i | 625218 |
|
Semmanipatti, Semminipatti yoki Chemminipatti deb ham ataladi. Hindistonning Tamil Nadu shtatidagi qishloqlardan biri. Maduraydan 29 kilometr(18mi) shimolda va Vadipattidan 3 kilometr janubda, Milliy avtomagistralda(NH 7) joylashgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semminipatti qishlogʻi vadipatti tehsil(taluk nomi bilan tanilgan) kabi oʻzining maʼmuriy idorasi nazorati ostida. Semminipatti qishlogʻida Sirumalai tepaliklarini nazorat qilish uchun Davlat oʻrmon idorasi mavjud. Tepaliklarda mashhur sharsharalar mavjud boʻlib, ular yaqin atrofdagi qishloq (Kutladampatti) maʼmuriyati tomonidan nazorat qilinadi. Qishloqda jami 600 ta oila boʻlib, ularning barchasi hind diniga eʼtiqod qiladi.
Semminipattida pochta boʻlimi yoki politsiya boʻlimi yoʻq. Qishloqqa yaqin atrofdagi Katchaikatti qishlogʻidagi pochta boʻlimi xizmat koʻrsatadi, Vadipatti politsiya boʻlimi esa Semmanipatti uchun ham javobgar hisoblanadi.
Yigirma yil oldin Semminipatti, odatda, Xap boshqaruvidagi panchayat sifatida mashhur edi. Har doim dehqonlar kun davomida mehnat qilib, kechasi yarim tungacha qishloqning markazida (asosan yigʻilish joyi deb ataladi) joylashgan chavadida dam olishardi. Oxirgi 10 yil davomida Hindiston Oliy sudi noqonuniy „xap panchayatlar“ koʻpincha turmush qurishni istagan yoki turmush qurgan turli kastalar va dinlarga mansub oʻgʻil-qizlarga nisbatan nomusga qarshi yoki boshqa institutsional zoʻravonliklarni qoʻllab-quvvatlaydi deb eʼlon qilganidan keyin bu qishloqda hech qanday panchayatlar oʻtkazilmaydi.
Iqtisodiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barcha oilalar asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Semminipatti — vadipatti haftalik bozori uchun eng yirik hindiston yongʻogʻi ishlab chiqaruvchisi (ilgari Chandhai deb atalgan) hisoblanadi. Dehqonlar sholi, yeryong‘oq, shakarqamish, banan, baqlajon, pomidor, piyoz, paxta, mango, sapota, qora uzum, shuningdek, yasemin va boshqa shu kabi gullar yetishtirmoqda.
Qishloqda 7 tacha g‘isht ishlab chiqarish sexi mavjud. Tamilnadu shtatining turli shaharlariga gʻisht eksport qiladi. Va ishlaydigan odamlarning bir qismi gʻisht ishlab chiqarish sexida ishlovchilar hisoblanadi. Qishloqda 2 ta Moviy metall karerasi mavjud.
Odamlarning baʼzi qismi Koimbatore va Tirupur paxta zavodlarida ishlasa, qolgan bir qismi Chennay va mamlakatning boshqa hududlarida ishlaydi.
Aksariyat yosh yigitlar oʻrta taʼlimni tugatgandan keyin Hindiston armiyasi va politsiya xizmatiga qoʻshilishni afzal koʻradi. Bu qishloqda 12 ga yaqin hind armiyasi askarlari va 10 nafar isteʼfodagi hind armiyasi xodimlari bor.
Semminipatti qishlogʻida 8 ta qahvaxona, 10 ta oziq-ovqat do‘koni, 1 ta tikuvchilik sexi va 1 ta sartaroshxona mavjud.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odamlar Semminipattiga faqat avtobus orqali borishlari mumkin. Semminipattida temir yoʻl stantsiyasi yoki aeroporti yoʻq.
Vadipattidan Semminipattigacha 20 daqiqalik mikroavtobus bor. Semminipatti Vadipatti shahridan 3 km masofada joylashgan. Milliy avtomagistral bilan yaxshi bogʻlangan. Shuningdek, odamlar Madurai va Dindiguldan Vadipatti orqali borishlari mumkin.
Poyezd orqali eng yaqin temir yoʻl stantsiyalari Kodaikanal yoʻli (15 km), Sholavandan (18 km), Madurai (27 km), dindigul (27 km)lar hisoblanadi.
Havo transporti orqali eng yaqin aeroport Madurai aeroporti (35 km).
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semminipattida bitta davlat oʻrta taʼlim maktabi bor(Tamil Medium) va Tamil Nadu shtat kengashi tomonidan nazorat qilinadi(1-bosqichdan 8-bosqichgacha). Qishloqda Anganvadi markazi ham mavjud boʻlib, Tamil Nadu Integratsiyalashgan bolalarni rivojlantirish xizmatlari markazi tomonidan nazorat qilinadi, shuningdek, qishloq hududida kutubxona ham bor. Ammo koʻpchilik bolalar boshlangʻich va oʻrta taʼlim uchun vadipattiga boradilar. Bu yerda oʻquvchilar oʻrtacha 10-bosqichgacha oʻqishadi.
Bayramlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semminipattining eng mashhur bayramlari — Thai pongal, Muthallamman Kovil bayrami, Kaliamman Kovil bayrami va Divali. Pongal(Hosil bayrami) yil davomida qattiq mehnat qiladigan buqalarni sharafiga nishonlanadi. Buqalar yuviladi, shoxlari boʻyaladi, baʼzi qishloqlarda ular ham yangi koʻylak kiyishadi. Pongal festivali 3 kun nishonlanadi, bu asosan 15-yanvar atroflariga toʻgʻri keladi. Bu 3 kun yosh bolalar turli sohalarda oʻz mahoratlarini namoyish etishlari uchun imkoniyatdir. Pongal festivalida yigitlar jamoa boʻlib, Kabbadi, velosport va turli sahna koʻrinishlari kabi tadbirlarni tashkil etishadi. 2018-yildan Muthallamman kabbadi sport klubi kabbadi turnirlarini oʻtkazmoqda. Turnirlarda har yili 50 ga yaqin jamoa qatnashadi.
Rivojlanish darajasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semminipattining sezilarli rivojlanishi faqat 1997-yildan keyin sodir boʻldi.
Qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan, 2001-yildan 2007-yilgacha yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha yogʻingarchilik darajasidan past edi. Bu qurgʻoqchilikni keltirib chiqaradi va qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadigan fermerlarga taʼsir qildi. Suv yetishmasligi sababli kokos daraxtlari nobud bo‘ldi. Dehqonlarning aksariyati Semminipatti va uning atrofida dehqonchilikni va boshqa ishlarni tashlab ketishdi. 2007-yildan keyin Semminipatti boʻylab oʻrtacha yogʻingarchilik tiklandi, bu fermerlarni qishloq xoʻjaligiga qaytishga sabab boʻldi. Bu iqtisodiyotni yuksaltirishga yordam beradi.
2009-yilda Hindiston hukumati Vadipatti shahrida MSTP(Maduray sanoat toʻqimachilik parki)ni ochdi. Semminipatti qishlogʻi ayollari MSTPda ishga joylashmoqda. Bu ayollardagi ishsizlik qoʻrquvini yoʻq qiladi. Ular oʻz oilaviy iqtisodini oshirish uchun pul topib, oila budjetiga hissa qoʻshadilar.
Gʻisht ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, Tamilnaduning turli burchaklaridan odamlar Semminipattiga gʻisht ishlab chiqarish boʻlimida kunlik maosh olish uchun ish izlab kelishadi. Milliy avtomagistrallar Semminipatti chegarasi yaqinida boʻlganligi sababli, gi’sht ishlab chiqaruvchilar oʻz biznesida ustunlik qiladi. Semminipatti aholisi ortib, gʻisht ishlab chiqarishda ishchi kuchi ham koʻpayib bormoqda.
Hozirda yerning qiymati (koʻchmas mulk biznesi) 2006-yildagi haqiqiy qiymatdan 4 baravar yuqori boʻladi.
Qarama-qarshiliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-2007-yillarda qishloqda yogʻingarchilik kam boʻlganligi sababli fermerlarning aksariyati oʻz ekin yerlaridagi qumni gʻisht ishlab chiqaruvchilarga sotgan (Qum gʻisht ishlab chiqarishda muhim xom ashyo hisoblanadi). Bu esa dehqonlarning bu yerlardan keyingi dehqonchilik uchun foydalana olmasligiga olib keldi.
Semminipatti boshqaruvchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shanti Kannadasan (2011 — Hozirgacha)
Shanti Kannadasan (2006-2011)
R.Nanappan (2001-2006)
P.Hari Krishnan (1996-2001).