Kontent qismiga oʻtish

Savoie departamenti kommunalari

Koordinatalari: 45°35′0″N 6°20′0″E / 45.58333°N 6.33333°E / 45.58333; 6.33333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Savoie departamenti kommunalari

Savoie
Departament
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
45°35′0″N 6°20′0″E / 45.58333°N 6.33333°E / 45.58333; 6.33333
Mamlakat Fransiya
Aholisi
436,434
Milliy tarkib fransuzlar
Vaqt mintaqasi UTC+1
Telefon kodi 73
Savoie departamenti kommunalari xaritada

Savoie (talaffuzi: [savwa]; Arpitan: Savouè yoki Savouè-d’Aval) — Fransiyaning janubi-sharqiy qismidagi Auvergne-Rhône-Alpes mintaqasida joylashgan departament. Fransiya Alp togʻlarida joylashgan, uning tarkiniga Chambéry ham kiradi. 2019-yilda Savoie aholisi 436 434 kishidan iborat edi[1].

Departament Haute-Savoie bilan birgalikda Savoie tarixiy mintaqasining ikkita boʻlimidan biri. Savoyya gersogligi 1860-yilda Turin shartnomasi imzolangandan soʻng Fransiya tomonidan qoʻshib olindi. Bu hudud oʻzining koʻplab togʻ-changʻi kurortlari va fransuz oshxonasiga qoʻshgan hissasi bilan mashhur boʻlib. Fondu savoyarde, tartiflette, génépi kabi taomlari. Shuningdek, turli xil salatlari bilan mashhur.

Departamenda keng tarqalgan Savoie oʻz nomini lotincha Sapaudia yoki Sabaudiadan olgan, yaʼni archa. Savoie uzoq vaqtdan beri Savoy departamentining bir qismi. XVI asrdan ushbu hudud uchun kurashlar boshlangan boʻlsa-da, bir necha bor Fransiya tomonidan bosib olingan. U 1792-yildan 1815-yilgacha Mont-Blan boʻlimiga (va qisman 1798-yildan 1814-yilgacha Leman boʻlimiga) birlashtirilgan. Viloyat 1860-yilda Fransiya tomonidan qoʻshib olingan. Savoyyaning sobiq gersogligi Savoya va Yuqori Savoyaning ikkita departamentiga aylandi.

Sobiq Tarentaise vodiysining (fransuzcha: Vallée de la Tarentaise) poytaxti Moutiers 1926-yil 10-sentyabrdan boshlab kuchga kirgan qonunga ko‘ra markaz bo‘lishni to‘xtatdi.

1992-Qishki Olimpiya oʻyinlariga Savoie mezbonlik qilgan. Departament tarkibiga kiruvchi Tarentaise, Beaufortain, Albertvilleda changʻi bahslari boʻlib oʻtgan. Olimpiada vaqtida oʻziga xos gerbdan ham foydalanilgan[2].

Asosiy hududlardan biri Maurienna boʻlib, Tarentaise vodiysi bilan ikki dovon orqali bogʻlangan. Departament tarkibiga kiruvchi Madeleine Yevropadagi eng baland dovon hisoblanadi. Maurienne vodiysi Fransiya va Italiya oʻrtasidagi asosiy savdo yoʻli boʻlgan Col du Mont Cenis orqali oʻtgan. Bu Alp togʻlaridagi eng uzun ichki alp vodiylaridan biridir.

Savoie 2016-yil 1-yanvarda tashkil etilgan Auvergne-Rhône-Alpes mintaqasining bir qismidir. Ilgari u Rhone-Alpesning bir qismi edi. U Italiyaning Aosta vodiysi va Turin Metropolitan shahriga qoʻshimcha ravishda Yuqori Savoya, Ayn, Isère, Hautes-Alpes departamentlari bilan chegaradosh.

Savoiening katta qismi togʻlar bilan qoplangan:

  • Montblan massivi
  • Belledonne massivi
  • Lauzière massivi
  • Aiguilles d’Arves massivi
  • Massif des Cerces
  • Aravis oraligʻi
  • Mont Cenis massivi
  • Bauges massivi
  • Chartreuse massivi
  • Vanois massivi
  • Beaufortain massivi

Departamentni Iser daryosi kesib oʻtadi, uning manbai Iseran dovonidan oʻtgan. Uning ikkita asosiy koʻli — Lak du Burje (Fransiyadagi eng katta va eng chuqur koʻl) va Lac d’Aiguebelette. 1976-yilda koʻlda motorli qayiqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun tufayli Fransiyada eng kam ifloslanganlardan koʻllardan biri sanaladi.

Boʻlimning koʻp qismida alp yoki subalp iqlimi mavjud. Pastroq balandliklarda va vodiylarda iqlim nam kontinental.

Savdo palatasi maʼlumotlariga koʻra, departament boyligining 50% ga yaqini turizmdan keladi. Har yili Savoie 30 milliondan ortiq sayyohlarni qabul qiladi. Savoie, shuningdek, rudani qayta ishlash va gidroenergetikada alohida kuchli tomonlari bilan tabiiy resurslaridan foyda oladi.

2005-yilda Savoie 214% eksport/import nisbatini qayd etgan. Uning eksporti 1,768 milliard yevroga, importi esa 825 million yevroga yetdi. Uning eksporti poʻlat, alyuminiy, elektr va elektron komponentlarga toʻgʻri keladi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savoie koʻplab pishloqlar ishlab chiqaradigan fermalari bilan mashhur.

Savoieda koʻplab vino uzumlari ham yetishtiriladi. Eng mashhur vinolar Gamay, Pinot noir va Mondeuse uzumlaridan tayyorlanadi. Meva yetishtirish Savoie qishloq xoʻjaligining uchinchi yirik tarkibiy qismidir.

Viloyatda olma va nok ham yetishtirilib, sifati mashhur.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1861275,039—    
1872267,958−2.6%
1881266,438−0.6%
1891263,297−1.2%
1901254,781−3.2%
1911247,89−2.7%
1921225,034−9.2%
1931235,544+4.7%
1936239,115+1.5%
1946235,965−1.3%
1954252,192+6.9%
1962266,678+5.7%
1968288,921+8.3%
1975305,118+5.6%
1982323,675+6.1%
1990348,261+7.6%
1999373,258+7.2%
2006403,1+8.0%
2011418,949+3.9%
2016429,681+2.6%

Asosiy shaharlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi eng koʻp boʻlgan kommuna Chambéri hisoblanadi. 2019-yil holatiga koʻra, 7000 dan ortiq aholisi boʻlgan 8 ta kommuna mavjud[1].

Kommuna Aholi (2019)
Chambéry 58 917
Eks-le-Beyn 30 463
Albertvil 19 502
La Motte-Servolex 12 120
La Ravoire 8530
Sent-Jan-de-Mauryen 7621
Bur-Sent-Moris 7195
Ugine 7096
† Chambéry aglomeratsiyasining bir qismi

Savoiedagi katolik cherkovi uchta yeparxiyaga boʻlingan: Chambéry, Maurienne va Tarentaise. Birgalikda ular Chambéry arxiyepiskop tomonidan boshqariladi.

Savoya idoraviy kengashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savoie departamenti kengashi 38 oʻringa ega.

Savoie uchun juda muhim boʻlgan turizm XIX asrning oxiriga kelib changʻi sporti sohasida rivojlana boshlagan.

  1. 1,0 1,1 Populations légales 2019: 73 Savoie, INSEE
  2. „Albertville 1992 Winter Olympics - Emblem“ (en). Olympic Games. International Olympic Committee (2018-yil 3-oktyabr). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.