Alpes-Maritimes
Alpes-Maritimes Dengiz Alplari | |
---|---|
Departament | |
![]() | |
43°50′0″N 7°10′0″E / 43.83333°N 7.16667°E | |
Mamlakat | Fransiya |
Aholisi | 1,094,283 |
Milliy tarkib | fransuzlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
Telefon kodi | 06 |
|
Dengiz Alplari (fransuzcha: Alpes-Maritimes; fransuzcha: [alp(ə)maʁitim]) — Fransiyaning janubi-sharqiy burchagida, Italiya chegarasida va Oʻrta yer dengizi sohilida joylashgan departament. Provans-Alp-Kot-d’Azur mintaqasining bir qismi. U qoʻshni Var bilan birga Moviy qirgʻoqni oʻz ichiga oladi. Dengiz Alplari 2019-yilda 1 094 283 aholiga ega edi[1]. Uning prefekturasi (va eng katta shahri) Nitsa boʻlib, Grass yagona subprefektura hisoblanadi.
Dengiz Alplari soʻnggi yillarda dunyoning eng jozibali sayyohlik yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Unda Nitsa, Grass, Kann, Antib, Menton, Eze, Rokebryun-Kap-Marten va Sent-Agnes kabi mashhur shahar va qishloqlar, shuningdek, koʻplab togʻ changʻi kurortlari mavjud[2]. Shuningdek, u butunlay Monako Knyazligini oʻrab oladi. Departament aholisi Maralpins (erkak) yoki Maralpines (ayol) deb ataladi. Uning bayrogʻi va qurollari Nitsa shahrinikidir. Siyosat nuqtai nazaridan, Dengiz Alplari Fransiyaning eng oʻng qanot departamentlaridan biri hisoblanadi. Chunki departament kengashidagi Respublikachilar 2021-yilgi saylovdan keyin koʻp oʻrinlarni egallagan.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dengiz Alplari departamenti janubi-gʻarbda Var, shimoli-gʻarbda Alp-de-Ot-Provans departamentlari bilan oʻralgan. Shunigdek, shimol va sharqda Italiya va janubda Oʻrta yer dengizi mavjud. U gʻarb, shimol va sharqda Monako knyazligi bilan chegaradosh.

Uning topografiyasi juda aralash. Nomidan koʻrinib turibdiki, departamentning koʻp qismi Alp togʻlarining tarkibiy qismidir. Shaharlashgan va aholi zich joylashgan qirgʻoqboʻyi hududi (xaritada qizil rang bilan qoplangan) Kanndan Mentongacha boʻlgan deyarli uzluksiz konurbatsiyadagi barcha shaharlarni oʻz ichiga oladi. Uchta yirik Valberg kurortlari (1936-yilda yaratilgan), Auron (1937-yilda yaratilgan) va Isola 2000 (1971-yilda yaratilgan) mavjud.
Landshaft va oʻrmon oʻsimliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alp togʻlarining Nitsaga yaqin joylashgan mintaqasida oʻrmonlar oʻsishi 60,9%ni tashkil qiladi, bu departamentning oʻrtacha koʻrsatkichidan biroz yuqori[3].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moviy qirgʻoq hududdagi eng mashhur joy va moʻtadil iqlimga ega. Shuningdek, departament yagona iqlimga ega emas. Murakkab relef va baland togʻlari bor.
Kichik hududlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dengiz Alplari ikkita okrugga boʻlingan: Grass va Nitsa, yigirma yetti kanton va 163 kommuna bor[1].
2014-yil 1-yanvar holatiga koʻra, yettita hududlararo tashkilot mavjud edi[4].
Asosiy kommunalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholi eng koʻp kommuna — Nitsa hisoblanadi. 2019-yil holatiga koʻra, aholisi 20 000 dan ortiq boʻlgan 10 ta kommuna mavjud.
Kommuna | Aholi (2019) |
---|---|
Nitsa | 342 669 |
Kann | 74 545 |
Antib | 73 438 |
Kan-syur-Mer | 52,178 |
Grass | 48 870 |
Le-Kanne | 41 887 |
Menton | 30 525 |
Sent-Loran-dyu-Var | 29,169 |
Valloris | 27 364 |
Mandelye-la-Napul | 21 998 |
Muzeylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Departamentda Picasso muzeyi faoliyat yuritadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Populations légales 2019: 06 Alpes-Maritimes, INSEE
- ↑ France Montagne: Alpes-Maritimes (in French).
- ↑ "[Forest Inventory for the department of Alpes-Maritimes: Third Inventory 2002]" (fr) Inventaire forestier départemental Alpes-Maritimes: IIIe inventaire 2002 (Report). Ministry of Agriculture, Food, Fisheries, Rural Affairs of France. 2004. https://inventaire-forestier.ign.fr/IMG/pdf/PubDep/06-alpes-maritimes/ifn_06_3_alpes_maritimes_2002.pdf.
- ↑ Huault. „L'intercommunalité en ordre de marche“ (fr). Nice-Matin (2013-yil 16-aprel).