Kontent qismiga oʻtish

Revmatizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Revmatizm (yun. rhevmatismos shilliq) — biriktiruvchi toʻqimaning keng tarqalgan yalligʻlanishi bilan tavsiflanadigan kasallik, bunda, asosan, yurak, boʻgʻimlar va boshqa aʼzolar yalligʻlanadi[1]. 1838-yilda russhifokori G.I. Sokolskiy va fransuz Buyo bo‘g‘in revmatizmi o‘tkir xurujining klinikasi bilan davosini birinchi marta tasvirlab, bu kasallikning yurak shikastlanishiga aloqador boʻlishini aniqlab berishgan. Revmatizm bilan bolalar va oʻsmirlar hammadan koʻproq kasallanadi. Bunday xastalik bilan ayollar erkaklarga

qaraganda 1,5—2 barobar koʻp og‘riydiIar[2].

Kasallikning keltirilgan bu taʼrifi uning rivojlanishida:

1) asosan yurak va qon-tomir tizimi shikastlanishini;

2) kasallik rivojlanishiga moyil irsiyatning o‘rnini;

3) streptokokk infeksiyasining ahamiyatini taʼkidlaydi. Kasallikning mohiyati yurakning hamma qavatlari, shu jumladan, asosan miokard va endokard shikastlanib yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradigan qopqoqlar shaklining buzilishi va yurak teshiklari torayishi — yurak illati rivojlanishidadir. Boshqa ichki aʼzolar va aʼzolar yig‘indisining revmatizm bilan shikastlanishi ikkinchi darajali ahamiyatga ega va kasallikning og‘ir-yengilligini, oqibatini aniqlashga yordam bermaydi. Revmatizm bilan hamma yoshdagi kishilar,

ko‘pincha bolalar, yoshlar shikastlanadi. Revmatizm yer yuzining turli iqlimiy-geografik mintaqalarida uchraydi. Revmatizm bilan shikastlanish va mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi maʼlum. Revmatizm bilan shikastlanishda uy-joy va maktab sharoitlarining taqchilligi, sifatsiz ovqatlanish, tibbiy yordam koʻrsatishning past

darajadaligi alohida ahamiyatga ega.

Etiologiyasi va patogenezi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fayl:Revmatizm.JPG

Revmatizm ning asosiy sababi streptokokk infeksiyasi boiib, uning kelib chiqishi va rivojlanishining ikkinchi asosiy omili tana reaktivligining o‘zgarishidir. Revmatizm bilan shikastlangan kasallarning kasallik boshlanishidan oidin angina yoki surunkali tonzillit bilan og‘riganligi aniqlangan. Streptokokk infeksiyasi bilan bogiiqlik bemorlar qonida streptokokk antigenlari va streptokokk antigenlariga qarshi „ antitanalar“ (ASL-O, ASG, antidezoksiribonukleaza B)ning katta miqdorda topilishi bilan tasdiqlanadi. Streptokokk virulentligi streptokokk hujayra devoridagi M-oqsilning miokardni shikastlantiruvchi xili, uni revmatizm keltirib chiqaradigan xillaridagina uchraydigan T-oqsil, streptokokk tashqi qobig‘ida joylashgan va neytrofíllarning fagositar faolligini yo‘qotuvchi gialuron kislota, endotoksik taʼsir ko‘rsatuvchi mukopeptid bolishi bilan bogʻliqdir. Streptokokk ekzoferm entlari toʻqimalarni bevosita shikastlantirishi, masalan, gialuronidaza gialuron kislotasi polimerligini buzishi, streptokinaza yalligianishda ishtirok etadigan kininlar tizimi faolligini oshirishi mumkin. Revmatizm rivojlanishida genetik moyillik (revmatizm bilan ko‘pchiligi kasallanadigan oilalar borligi m aium) va ijtimoiy sharoitlar (yoki turmush sharoitlari, yetarlicha ovqatlanmaslik) ahamiyatga ega. Oʻtkir streptokokk infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarning 0,3-3 % gina revmatizm bilan shikastlanadi. Tanaga streptokokk infeksiyasi kirishiga javoban unda qonda aylanib yurib, o‘ta kichik qon aylanish yoʻnalishlarida (mikrotsirkulyatsiyada) choʻkib, o‘tirib qoluvchi streptokokk antigenlariga qarshi antitanalar ishlanib

chiqadi va immunologik birikmalar (streptokokk antigeni+ularga qarshi antitanalar+komplement) paydo boʻladi.

Patomorfologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Revmatizmdagi tizimli yallig‘lanish biriktiruvchi to‘qimaning o‘ziga xos davriy o‘zgarishlari (mukoid bo‘kish — fibrinoid o‘zgarishlar — fibrinoid nekroz) va hujayralar reaksiyalari

(limfotsit va plazmotsitlar sizilishi, revmatik, yaʼni Ashof-Talalayev bo‘rtmachalari hosil bo‘lishi) bilan kechadi. Bu hujayralar reaksiyasi immunologik o ‘zgarishlarning m orfologik ko‘rinishi boʻladi. Yalligʻlanishning birinchi mukoid bo‘kish davrida biriktiruvchi to‘qimada asosan nordon mukopolisaxaridlar, gialuron kislota va xondroitin sulfat moddalari depolimerizatsiyasi sababli o‘rin almashish ro‘y beradi. Ikkinchi davrida biriktiruvchi to‘qimada fibrinoid o‘zgarishlarrndir boʻladi. Bunda plazma oqsillaridan hosil bo‘lgan fibrinoid biriktiruvchi to‘qimaning asosiy moddasi tom irlar devorida cho‘kadi. Shu o‘zgarishlarga javoban biriktiruvchi to ‘qim ada yichinchi davrda proliferatsiya yuz berib, revmatik (Ashof-Talalayev) bo‘rtmachalari va biriktiruvchi toʻqimaning parchalanishi sodir bo‘ladi. Patologik jarayonning to‘rtinchi davri skleroz hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi, Bu davr oʻrtacha 1-1,5 oy davom etib, butun patologik jarayon 4-6 oy bo‘ladi.

Hozirgi davrda revmatizm jarayonining kechish davri, klinikanatomik xususiyatlari, aʼzolar va aʼzolar guruhi shikastlanishi, kechish xususiyati va yurak-tom irlar tizim ining ish b ajarish faoliyati „Revmatizmning ishchi tasnifi va nomlari“ bo‘yicha oʻtkazilgan simpoziumda A.I.Nesterov maʼlumotida o‘z aksini topgan. Revmatizmda har xil aʼzolar va aʼzolar guruhining shikastlanishi, asosan yurak shikastlanishi, baʼzan bo‘g‘im shikastlanishi yuz beradi. Revmatik jarayon o‘ziga xos kechish xususiyatlari, klinik belgilariga ko‘ra asosan 5 xil ko‘rinishda boiadi. O‘tkir kechishi birdan boshlanib, kasallik bir qancha klinik belgilari yaqqol namoyon boʻligan holda, patologik jarayorming yuqori darajada faolligi bilan o‘tadi. Davolanish tez va natijali boiadi. O‘rtacha o ‘tkir kechishida xuruj 3-6 oy davom etadi, klinik belgilari kasallikning o‘tkir kechishiga qaraganda bir oz sustroq boladi. Patologik jarayon ham o‘rtacha faollikda kechadi. Davolanish natijasi ham o‘rtacha boʻladi. 

Klinik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼlumki, revmatizmda yurak va qon tomirlar tizimi jarohatlanadi. Shu sababli, revmatizmning hamma belgilarini yurak va yurakdan tashqari belgilarga boʻlish maqsadga muvofiq

bo‘lib, kasallikning klinik manzarasini shu nuqtai nazardan oʻrganish kerak. Revmatizmning klinik manzarasi kasallikning davri, yallig‘lanish jarayonining faollik darajasi, kechish xususiyati, tabiati, yurak illatlari va yetishmovchiligi mavjudligi va boshqalarga bogʻliq bo‘ladi. A.I.Nesterov fikricha, kasallikning rivojlanishi va klinik manzarasi shakllanishida uchta asosiy davmi farq qilish kerak. Birinchi (yashirin) davr, odatda streptokokk infeksiyasi tugab, revmatizm xuruji boshlanguncha 2-4 hafta davom qiladi. Bu davr tana sezuvchanligi

oshib, biriktiruvchi to‘qimaning toksik-infeksion shikastlanishi va streptokokk antigeniga javoban immun siljishlar ro‘y berishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu davr yo klinik belgilarsiz yoki choʻzilgan angina, surunkali tonzillitdan kechikib tuzalishga xos belgilar: o‘zni yomon his qilish, terlash, artralgiyalar, subfebrilitet bilan kechadi. Qonda streptokokk antigeni, antitanalar titri ko‘tarilishi, ECHTning o‘rtacha oshishi kuzatiladi.

Revmatizmni, ayniqsa, birinchi xurujida aniqlash ancha murakkab. Angina, surunkali tonzillit yoki yuqori nafas yoʻllari yalligianishidan 1-3 hafta o ‘tgandan yoki sovqotishdan keyin, yurak va bo‘g‘imlarni shikastlantiradigan kasallik paydo bo‘lsa revmatizm to‘g‘risida o‘ylash mumkin. Revmatizmning ko‘p belgili bo‘lishini nazarda tutib, uning tashxisini Amerika kardiologlari uyushmasi mukammallashtirgan va u A. I.N esterov tom onidan to‘ldirilgan A. A. Kisel mezonlari asosida aniqlanadi.

1. A sosiy mezoni: revmokardit, poliartrit, xoreya, teri osti revmatik tugunchalari, halqasimon eritema, revmatik anamnez, yex juvantibus davolash tasdig‘i.

2. Qo‘shimcha: a) klinik mezonlari: artralgiya, isitma, tez charchash, adinamiya, terining oqarishi, vazomotor labillik, kapillyarlar o‘tkazuvchanligining oshishi, burundan qon ketishi, b) laboratoriya belgilari: neytrofilli leykositoz, disproteinemiya (fibrinogen, alfa-2 va gammaglobulinlar), zardob mukoproteinlari va glikoprotein, sermukoid, neyramin kislotasi, oksiprolinlar miqdori, eritrotsitlar cho‘kish tezligining oshishi, C -reaktiv oqsil paydo b oʻlishi, streptokokk infeksiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar (streptokokk antigeni topilishi, antistreptolizin-O, (ASL-O) antistreptogialuronidaza (ASG), antidezoksiribonukleaza — B) titri ko‘tarilishi; d) asboblar yordamida tekshirishdagi o‘zgarishlar: EKG da atrioventrikulyar o ‘tkazuvchanlikning sekinlashishi.

Hozirgi davrda revmatizmni davolash 3 bosqichda olib boriladi:

1) kasallikning faol davrida kasalxonada davolash;

2) kasalxonadan chiqqandan keyin davolashni poliklinikaning kardiorevmatologik xonasida davom ettirish;

3) bemorlami ko‘p yillar davomida poliklinikada kasallik qaytalanishining oldini olish uchun davolash va nazorat qilish.

Davolash muolajalari quyidagilardan iborat:

a) streptokokk infeksiyasiga qarshi kurashish;

b) faol revmatik jarayonni davolash (immunologik yalligianishni);

d) immunologik o‘zgarishlami bartaraf qilish.

1. Revmatizmning faol davrida (birlamchi yoki qaytalagan revmatizmda) streptokokk infeksiyasini yo‘qotish uchun antibiotiklar, asosan penitsillin va yarim sunʼiy penitsillinlar (ampitsillin, oksatsillin, metitsillin va boshqalar) qoʻllanadi. Davolash 2 hafta davomida olib boriladi. Sulfanilamidlar va tetratsiklin guruhidagi antibiotiklami qoilash

maqsadga muvofíq emas, chunki bu dorilar bakteriostatik taʼsir koʻrsatib, streptokokklaming chidamli turlari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Faol revmatizmni davolashda yana yallig‘lanishga qarshi har xil nosteroid dorilar qoʻllanadi. Bulardan atsetilsalitsilat kislota 1 g dan 3-4 marta (1 kunda 3-4 g) beriladi. Bu dori bemorga foyda bermasa yoki yoqmasa, 0,4 g dan bir kunda 3 marta brufen yoki 0,15 g dan butadion berilishi mumkin. Qo‘shimcha salbiy taʼsiri kamroq bo‘lgan voltaren yoki indometatsin (0,05 g dan bir kunda 3 marta) ham berilishi mumkin. Bu dorilami ovqat yoki sut bilan bir vaqtda ichish kerak. Oshqozon-ichak yara kasalliklari bor bemorlarda bu dorilar qo‘llanilmaydi. Ular o‘rniga reopirin, pirabutol, natriy salitsilat eritmalarini mushak orasiga yuborish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan dorilar bo‘lmaganda ortofen, xlotazol, mefenamin kislotasi, perklyuzon berish mumkin. Ko‘rsatilgan dorilarni revmatik jarayonning faol davri to‘xtaguncha (1-1,5 oy davomida) beriladi[3].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Y. L. Arslonov , T. A Nazarov A. A. Bobomurodov. Ichki kasalliklar. ILM ZIYO - 2013. 
  3. Oʻ. Sharopov, F. Gʻafforova. Ichki kasalliklar. Yangi asr avlodi 2006.