Antibiotiklar
Antibiotiklar (anti-qarshi va bios-hayot) — baʼzi mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha taʼsir etadi. Masalan; bir antibiotik maʼlum bir mikrobga kuchli taʼsir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz taʼsir qiladi yoki butunlay taʼsir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va oʻsimlikshunoslikda uning faqat zararli mikroblarni oʻldiradigan, ammo odam, hayvon va oʻsimlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotrisin)ni 1939-yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriya olishga Muyassar boʻldi. 1941-yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mogʻor zamburugʻi (Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova 1942-yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944-yilda Streptomyces griseus nomli zamburugʻdan streptomitsin olishga muyassar boʻldi. Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 — 20 tasi (penitsillin, streptomitsin, oksitetratsiklin, sefaloridin, eritromitsin, levomisetin va boshqalar) qoʻllanilmoqda. Antibiotiklar turli mikroorganizmlarga bir qadar oʻziga xos taʼsir koʻrsatadi. Masalan, penitsillin grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy mikroorganizmlarga kuchliroq taʼsir etadi. Taʼsir doirasi keng Antibiotiklar, mas, tetratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga qarshi taʼsir qiladi. Penitsillinning taʼsiri mikrob hujayrasi devorining sintezini tormoz qilishga bogʻliq ekanligi maʼlum. Boshka bir kagor Antibiotiklar mikrob hujayrasida oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi. Antibiotiklar stafilokokk va streptokokklar paydo qiladigan septik kasalliklar, zotiljam, ich terlama, toshmali terlama, vabo, sil kabi turli yukumli kasalliklarni davolash va oddini olish uchun kuchli vositadir. Ular ayniqsa nafas yoʻllari, meʼda, ichak, siydik yoʻli va jinsiy aʼzolar kasalliklarini davolashda yaxshi naf beradi. Baʼzi Antibiotiklar parranda, choʻchqa va buzoqlar oʻsishini tezlatish, ovqatning oʻzlashtirilishini orttirish maqsadida ularning asosiy ovqatiga qoʻshimcha qilib beriladi. Antibiotiklar hujayraga tanlab tormozlovchi taʼsir koʻrsatganidan biokimyoviy jarayonlarning ayrim bosqichlarini, hujayra oʻsishini taʼminlaydigan DNK, RNK, oqsillar va hujayra devori sintezi hamda funksiyasi orasidagi munosabatlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq-ovqat sanoatida (konservalash) ham keng foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligida — oʻsimliklarni zamburugʻli va bakterial kasalliklardan himoya qilish uchun ishlatiladi (qarang Mikrobiologik himoya usuli). Kasallik qoʻzgʻatuvchilarga taʼsir qilish tarziga qarab Antibiotiklar bevosita taʼsir etuvchi Antibiotiklar; kasallik qoʻzgʻatuvchilar ajratgan toksinlarni neytrallovchi Antibiotiklar; xoʻjayin oʻsimlikka taʼsir etuvchi Antibiotiklar; oʻsimlik tanasida yuqori faol moddalarga aylanadigan va oʻsimliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradigan (bilvosita taʼsirga ega) Antibiotiklarga boʻlinadi. Streptomitsin, terramitsin, digidrostreptomisin, grizeofulvin (grizovin), anizomitsin, omfoterpsin, filitsin va boshqa samarali Antibiotiklarga kiradi. Trixodermin gʻoʻzaning vertitsillyoz vilti va qishloq xoʻjaligi ekinlarining kasalliklari: himoyalangan tuproqsa bodring, pomidor ildiz chirishi, kartoshka rizoktoniozi, bugʻdoy gelmintosporiozi, makkajoʻxori qorakuyasi va boshqa qarshi kurashda ishlatiladi. Trixodermaning Toshkent shtammi asosida trixodermin olish texnologiya si ishlab chiqilgan. Adan dustlar bilan upalash va koʻchat materiallari (koʻchat, qalamcha, tuganak, urugʻ)ni eritmalarda hoʻllash bilan foydalaniladi. Antibiotiklar oʻsimlik tanasiga oson oʻtadi va tarqaladi, kuchsiz (0,1 — 0,01 — 0,001 va undan kam) konsentratsiyalarda taʼsir etadi. Antibiotiklar purkab ishlatilganda barglarga soʻrilishini kuchaytirish maqsadida eritmaga glitserin, sorbiton, dietilenglikol qoʻshiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Antibiotiki i antibioz v sel-skom xozyaystve, M., 1981.
Oʻzuv Zokirov, Abdurahim Hakimov.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |