Rahim Axmedov
Rahim Axmedov | |
---|---|
Tavalludi |
26-iyul 1924-yil |
Vafoti |
9-iyul 2008-yil (86 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Rahim Ahmedovich Axmedov (1924-yil 26-iyul, Toshkent – 2008-yil 9-iyul, Toshkent) – rassom. Oʻzbekiston xalq rassomi (1961). Oʻzbekiston Badiiyot akademiyasi faxriy aʼzosi (1997).
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahim Ahmedovich 1924-yil 26-iyul (boshqa maʼlumotlarga koʻra – 28-iyul[1] 1921-yil[2]) Toshkentda[3], hunarmand oilasida tavallud topgan.
1932–1937-yillarda Oʻzbekiston SSR Maorif vazirligining Toshkent shahridagi bolalar uyida tarbiyalangan.
Rahim 1937–1941-yillarda Toshkent rassomlik bilim yurtida (hozirgi P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik bilim yurti) ustozlari A. N. Volkov, N. G. Qoraxon, B. Hamdamiylardan va 1947–1953-yillarda I. E. Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida Y. M. Neprintsev, V. M. Oreshnikov, I. A. Serebryaniylardan tahsil olgan.
1938-yildan koʻrgazmalarda ishtirok etgan. Rassomning asarlari xorijiy koʻrgazmalarda (Hindiston, Chexoslovakiya va boshqalar) namoyish etilgan va 1962-yilda Moskvada shaxsiy rasmlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan.
Rahim Ahmedovich 1941-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Urush faxriysi boʻlgan va Shimoliy Kavkaz frontida xizmat qilgan.
Ahmedov 1953-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1976-yildan professor Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1965–1984, 1992–1994). Rahim SSSR Rassomlar uyushmasida boshqaruvi kotib lavozimida faoliyat olib borgan (1968). Uning asarlari chukur psixologik ifodaliligi bilan ajralib turadi, ularda ichki kechinmalar, his-tuygʻular mohirona ifodalangan. Ijodini asosan portretlar chizish bilan boshlagan („Qahramon ona“, 1949, „Choʻpon“, 1952, „Student qiz portreti“, 1954 va boshqalar). Rassom yaratgan portretlar („Ona oʻylari“, „Keksa kolxozchi portreti“, 1956; „Oʻzbek qizi portreti“, 1958; „Qashqadaryolik ayol“, 1959; „Mehnatda ham soldat“, 1961; „Surxondaryolik ayol“, 1962; „Muqimiy“, 1968; „Nigora“, 1971; „U. Tansiqboyev“, 1972; „Lola portreti“, 1979; „Nabi Rahimov“, 1983; „Shuhrat Abbosov“, 1987 va boshqalar) oʻzbek tasviriy sanʼati portret janrining rivojiga katta hissa qoʻshgan. Manzaralar („Bahor“, 1964, „Nahor. Oqtosh bahori“, 1971 va boshqalar), natyurmortlar („Natyurmort“, 1954, „Natyurmort“, 1965 va boshqalar) ham chizgan. Ahmedovning turli sharoitlarda aks ettirilgan ayollar obrazlari („Qoʻshiq“, 1964; „Yanvar. 1924-yil“ va boshqalar) ham jozibalidir. Asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyi, Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, Sharq xalqlari sanʼati muzeyi va boshqalarda saqlanadi. Asarlari 1948-yildan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etiladi[4].
Rahim 1966-yildan KPSS aʻzosi boʻlgan. Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi aʻzoligiga nomzod boʻlgan (1970-yildan) hamda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashida deputat boʻlib ishlagan (1967—1971 va 1975-yildan).
Ahmedov 2008-yil 9-iyulda Toshkentda vafot etgan va Toshkentdagi Minor qabristoniga dafn etilgan[5].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahim 1961-yilda Oʻzbekiston SSR xalq artisti, 1981-yilda SSSR xalq artisti, 1967-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1959-yil „Hurmat belgisi“ ordeni, 1971-yil Mehnat Qizil Bayroq ordeni 1998-yil fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, maʻnaviyatni yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari, tinchlik va barqarorlikni saqlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[6].
Ahmedov 1994-yilda koʻp yillik vijdonan mehnati, iqtisodiyot, fan va madaniyatni rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik, respublika milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun „Shuhrat“ medali[7], 1965-yilda „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali, 1970-yilda „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali hamda 1974-yilda SSSR Badiiy akademiyasining kumush medali sohibi boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Рахим Ахмедов. Живопись, графика - Нигора Ахмедова - Google Книги“. 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
- ↑ „Рахим Ахмедов – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti“ (ru-RU) (2019-yil 2-aprel). Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „АХМЕДОВ Рахим Ахмедович (1924-2008)“. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-dekabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „ВСПОМИНАЯ РАХИМА АХМЕДОВА - Kultura.uz“. kultura.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1994 года № УП-939 «О награждении в связи с 3-ей годовщиной провозглашения независимости Республики Узбекистан
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 26-iyulda tugʻilganlar
- 1924-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 9-iyulda vafot etganlar
- 2008-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomlari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Shuhrat medali sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekistonlik rassomlar
- Rassomlar