Oqbovur
Oqbovur | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Bulduruqlar |
Urugʻ: | Pterocles |
Turlari: | Oqbovur |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Pterocles alchata Linnaeus, 1766 |
Oqbovur (Pterocles alchata ) — bulduruqlar oilasiga mansub uchar qushlar turi sanaladi.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqbovurning uzunligi taxminan 37 sm, qanotlarini yoyganda 65 sm.gacha boradi, qorni va dumining uchi oq boʻladi.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqbovur Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va janubi-gʻarbiy Osiyoda tarqalgan. Yarim choʻl va quruq dashtlarda yashaydi. Qishlash uchun bu tur Saxaraning shimoliy oʻlkalariga uchadi.
Oʻzbekiston hududida: Ustyurt yassi tekisligi (uyalash), Qizilqum (uyalash, oʻtmishda qishlash); Qarshi, Sandiqli choʻllari, Nurota togʻ etaklari, Amudaryo, Surxondaryo, Zarafshon d. vohalari (uyalash); tekislik hududlari (uchib oʻtish). Oʻzbekistondan tashqarida: Shimoliy Afrika, Farbiy va Oʻrta Osiyo (uyalash); Eron, Iroq, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston (qishlash). Farbiy Yevropa janubida – boshqa kenja turi.
Ozuqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qushlar asosan yerda topilgan donlar bilan oziqlanadi. Oziq-ovqat juda quruq boʻlgani uchun, qushlar suvga muhtoj boʻladi, shuning uchun ular kuniga bir necha marta sugʻorish yerlariga uchib ketishadi. U uy qurish joyidan 50 km gacha boʻlgan masofada joylashgan boʻlishi mumkin. Ular patlarini suvga botirib, qaytib kelishadi. U yerda polaponlar tumshuqlari bilan ota-onalarining hoʻl patlaridan suv ichishadi.
Koʻpayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qushlar may oyining birinchi yarmidan iyulgacha uyalashadi. Butaning tagi soyasiga koʻpi bilan 3 ta, ozi bilan 2 ta tuxum qoʻyadi. Erkagi tunda, urgʻochisi esa ertalab yoki tushdan keyin tuxum bosib yotadi. Qushlar koʻpincha tuxum bosish davrida kichik koloniyalar hosil qiladi. Avvaliga polaponlar voyaga yetgan oqbovurlarga oʻxshaydi. Hayotining ilk kunidanoq polaponlar oʻz ozuqarini topa bilishadi, ammo suv bilan ularni voyaga yetgan oqbovurlar ta’minlaydi. 3-4 hafta oʻtgach esa polaponlar mustaqil boʻladi.
Soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtmishda uchrashi odatiy edi. 1960—1970-yillarda lokal populyasiyalarda har gektarda oʻrtacha 0,4-3 ta, suvloqlarda har soatda 200 tagacha uchragan. 1970-yillardan keskin kamayib ketdi, Hozirgi vaqtda Orol dengizining janubi-sharqida ularning soni bir necha oʻn mingdan koʻp emas, uyalashdan keyingi uchib-oʻtish paytida 5-7 mingtacha oqbovurlar galasini uchratish mumkin. Janadaryoning sobiq kanali boʻlgan Beltau viloyatida kuzgi soni 40 mingga yaqin. Bu turning global populyasiyasi turgʻun, oqbovurlar 153–1500 mingtani tashkil etadi.
Hayot tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahorgi uchib oʻtishi – mart-aprel oyida. May-iyun oyida koloniya, ba’zan guruh yoki alohida juft boʻlib yerga in quradi; 2-3 ta tuxum qoʻyadi va 19-25 kun bosib yotadi; poloponlari avgustdan ucha boshlaydi. Avgust-sentabrda koʻchib yuradi, kuzgi uchib oʻtishi – sentabr-noyabr oyida. Oʻsimliklarning bargi, urugʻlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Choʻl zonalarida qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi, brakonyerlik, suvloqlarda oʻq otib ovlash[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 94. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ Gill F., Donsker D. & Rasmussen P. (Eds.): Turacos, bustards, cuckoos, mesites, sandgrouse (англ.). IOC World Bird List (v11.2)
- ↑ ОҚБОВУР (Wayback Machine saytida 2022-08-18 sanasida arxivlangan) Redbook.uz