Oq qaragʻay
Oq qaragʻay (Abies sibirica) — qaragʻaydoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt. Boʻyi 30 m cha. Tanasi toʻq kul-rang, silliq poʻstlokli. Igna barglari yumshoq, uchi toʻmtoq, xushboʻy. Gullari changchi va urugʻchilardan iborat. Urugʻi qoʻngʻir novdalarda, tuxumsimon gʻuddada rivojlanadi. Oq qaragʻay asosan, Sibirda (ayniqsa, Sayan va Oltoyda) va Rossiyaning Yevropa qismi shimoli-sharqida oʻrmon hosil qiladi. Bargi va yosh novdalarida 3,27% efir moyi, 0,32% cha S vitamini va boshqa moddalar bor. Efir moyi, asosan, bornilatsetat (30—60%), borneol kamfen (10—20%), pinen (10%) vab. birikmalardan iborat. Bornilatsetat va borneoldan kamfora sintez qilinadi. Smolasidan skipidar olinadi. Bargi va yosh novdalaridan tayyorlangan qaynatma S vitaminiga boy boʻlib, lavsha kasalligini davolash va oldini olish uchun qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |