Daraxt
Daraxt (lotincha: árbor) — tana va shoxlari yogʻochlangan koʻp yillik oʻsimlik. Daraxtlar boʻyiga qarab 3 guruhga: 1) 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qaragʻay); 2) 25–35 m (qayragʻoch, yongʻoq, oq qayin, tol, qatrangʻi); 3) 25 m gacha (zarang, chetan, shumurt) boʻlinadi. Mevali daraxtlar ham shakliga qarab 3 guruhga: 1) shoxshabbasi koʻp, baland boʻlib oʻsadigan (nok, gilos, yongʻoq, olmaning ayrim navlari); 2) tanasi koʻrimsiz, ildiz bachkilaridan ham koʻpayadigan boʻyi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxoʻrining ayrim turlari); 3) birinchi va ikkinchi guruh oraligʻidagi oʻrta boʻyli daraxtlar (olma va oʻrikning koʻpchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga boʻlinadi.
Daraxtlarning doim yashil va barglarini har yili kuzda toʻkadigan xillari ham bor. Doim yashil daraxt barglari vaqt-vaqti bilan toʻkilib, oʻrniga yangisi chiqaveradi.
Daraxtlar yoshi ularning kesilgan toʻnkasidan yoki oʻsib turgan ildiz boʻgʻzidan (parmalab olingan oʻzagigacha), yogʻochligidagi yillik halqalar soniga, shuningdek, daraxtlarning tashqi belgilari (bargining rangi, tanasining shakli, poʻstlogʻining tusi va tuzilishi)ga qarab aniqdanadi.
Masalan, katta yoshdagi igna bargli daraxtlar bargining rangi ochroq, oʻsishdan toʻxtagan daraxtning shoxshabbasi yumaloq telpak gumbaz shaklida, tanasining pastki qismi yorilgan, qalin, oʻlik poʻstloq toʻqimalari bilan qoplangan, baʼzan poyasi sirtida yashil, sariq va boshqa tusli buqoqlar paydo boʻladi. Yosh daraxtlar tik oʻsadi, shox-shabbasi choʻziq konussimon, poʻstlogʻi silliq, yaltiroq, igna bargli daraxtlar bargi sersuv, toʻq yashil. Daraxtlarni oʻgʻitlash yoki hosil berishini toʻxtatish bilan hayotini uzaytirish mumkin. Shaftoli daraxti 15—20, saksovul 50—60, terak 70—80, tok 100, tol 300, xandon pista 350, tut va yongʻoq 400, qaragʻay, shumtol, zarang 700—1000, chinor 1000, eman 2000, shamshod 3000, mamont daraxti 6000-yil yashaydi. Daraxt insonlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Masalan, daraxtlar karbonat angidrid (CO2)yutib kislorod chiqaradi, insonlar esa kislorod yutib karbonat angidrid chiqaradi. Mana shu tariqa tabiat va inson oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik shakllanadi.
Oila va turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng koʻp daraxt turlari boʻlgan oilalar va turlar 2017-yil holatiga koʻra shular ma'lum bo'ldiki, daraxtlarning 60065 ta turlari mavjud va ularning eng koʻp taksonlari quyidagilardir:[1]:
|
|
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Vikiomborda Daraxt haqida turkum mavjud |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Xato:
|sarlavha=
andozasida parametr koʻrsatilmagan {{publikatsiya}}. — Vol. 36, no. 5. — P. 454—489. — ISSN 1054-9811Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq.. — DOI:10.1080/10549811.2017.1310049.