Kontent qismiga oʻtish

Lavsha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lavsha (scorbutus), singa, skorbut, Barlou kasalligi — ovqat tarkibida S vitamin (askorbin kislota) yetishmasligidan yoki uni organizm yetarli oʻzlashtirmasligidan kelib chiqadigan kasallik. L.da, asosan, markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi: bemor boʻshashadi, tez toliqadi, uyquchan boʻlib qoladi. Boshi aylanadi, keyinroq borib quloq, burun, lab, barmoqlar hamda tirnoklar koʻkaradi; milk shishadi va qonaydi, ogʻizdan badboʻy hid keladi, tishlar liqillab tusha boshlaydi. Boldir, son va dumbada qizgʻish qoramtir toshmalar paydo boʻladi, keyinroq teri osti va muskul oralariga (kiyim tegib turadigan joylarda) qon quyiladi. Bulardan tashqari, aʼzolar, boʻgʻimlar va tana boʻshliqlari (plevra boʻshligʻi)ga qon quyiladi, meʼda-ichak, yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi, qon bosimi pasayadi, anemiya kuzatiladi. L.ning oldini olish uchun tarkibida S vitamin moʻl mahsulotlar, xususan sabzavot (sabzi, kartoshka, karam) va mevalar (qora smorodina, naʼmatak, qulupnay) yeb turiladi.

Davosi: askorbin kislota, S va R vitamin preparatlari buyuriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil